• Mulkchilik shakllari
  • Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk obyektlaridan iborat.
  • Yakka tartibdagi Korporativ xususiy mulk – xususiy mulk –




    Download 209,65 Kb.
    bet9/18
    Sana20.06.2024
    Hajmi209,65 Kb.
    #264591
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    v4zvfAAF7wTAhSWCEHnIKVsS3UtrJqz82hUkh0Xn

    Yakka tartibdagi Korporativ xususiy mulk – xususiy mulk – ma'lum maqsad yo‘lida o‘zaro alohida olingan birlashgan mulkdorlar
    mulkdor tomonidan mablag‘iga asoslangan
    o‘zlashtiriluvchi korxonalar tashkil etish orqali
    vosita va nе'matlar o‘zlashtiriluvchi vosita va nе'matlar


    Mulkchilik shakllari
    Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
    Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk obyektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:

    1. xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o‘tkazilishi;

    2. davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.

    Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.
    O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi.
    Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari molmulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, budjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
    Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo‘ladi.
    Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksiyadorlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

    Download 209,65 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 209,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yakka tartibdagi Korporativ xususiy mulk – xususiy mulk –

    Download 209,65 Kb.