-rasm . Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari




Download 209,65 Kb.
bet12/18
Sana20.06.2024
Hajmi209,65 Kb.
#264591
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
v4zvfAAF7wTAhSWCEHnIKVsS3UtrJqz82hUkh0Xn

3.3-rasm . Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari


O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me’yorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichmabosqich amalga oshirishdan iborat.
Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil dasturlari budjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
O‘zbekistonda mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning birinchi bosqichini (1992-1993 yillar) o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi (3.4-rasm).

  1. bosqich Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat

(1992-1993 ko‘rsatish korxonalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yillar) qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish


  1. bosqich Ko‘plab o‘rta va yirik korxonalarni hissadorlik jamiyatlariga

(1994-1995 aylantirish hamda ularning aktsiyalarini rеspublika qimmatli yillar) qog‘ozlar bozorida sotish

  1. bosqich Aktsiyalarining nazorat pakеti davlat mulkida bo‘lgan yirik

(1996-1998 korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish yillar)
Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy invеstitsiyalarni

  1. bosqich jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va

(1998-2002 mulkchilikning yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi yillar) uchun sharoitlar yaratish


  1. bosqich Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va

(2003 yildan jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sеktorning ishtirokini boshlab) faollashtirish va salmog‘ini oshirish

3.4-rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari


Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aksiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obyektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha obyekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning shaxsiy mulki bo‘lib qoldi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi (1998-2003 yillar)ning asosiy vazifalari sifatida davlat budjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. Xususiylashtirishning to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish mobaynida 1998-2003 yillarda 17836 ta davlat obyektlari xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aksiyadorlik jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hajmi 167,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining – beshinchi bosqichi (2004-2016 yillar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilash mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli obyektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi1.
Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichmabosqich davom ettirilmoqda. Ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, 2004-2016 yillar davomida 6140 ta davlat obyekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag‘larning jami hajmi 1001,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan (3.2-jadval).

Download 209,65 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Download 209,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm . Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari

Download 209,65 Kb.