|
3-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
|
bet | 14/18 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 209,65 Kb. | | #264591 |
Bog'liq v4zvfAAF7wTAhSWCEHnIKVsS3UtrJqz82hUkh0Xn3.3-jadval.
O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish tizimidagi o‘zgarishlar1
Oldin
|
Hozir
|
Xususiylashtirish dasturlari yilda bir marta qabul qilingan.
|
Xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlash cheklanmagan, hatto har bir hudud (viloyat, tuman) yoki iqtisodiyotning alohida tarmog‘i kesimida ham xususiylashtirish dasturlari qabul qilinmoqda.
|
Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar faqat markazlashgan holda qabul qilingan.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, xalq deputatlari kengashlariga vakolatlar berildi.
|
Davlat mulki obyektlari auksion savdolarda faqat baholangan qiymatlarda sotilgan.
|
Davlat mulki obyektlari baholanmasdan 1 so‘m boshlang‘ich qiymatda auksion savdolarga qo‘yilmoqda.
|
Savdolarni tashkil etish va uni o‘tkazishda shaxslar aralashuvi yuqori darajada bo‘lgan.
|
Davlat mulki obyektlarini (bundan aksiyalar istisno) sotish bo‘yicha savdolarning barchasi “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi, tizim to‘liq avtomatlashtirilgan va shaxs aralashuvi bartaraf etilgan.
|
Keng jamoatchilikni xabardor qilishda internet vositalari (online tizim)dan deyarli foydalanilmagan.
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb sayti (davaktiv.uz), telegram-bot kanali (https://t.me/DAVAKTIVUZ), facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon va ma’lumotlar berib borilmoqda.
|
O‘ta byurokratlashtirilgan, murakkab, shaffofligi past va uzoq vaqt talab etadigan tizim paydo qilingan.
|
Qarorlar tez va shaffof qabul qilinadigan, markazlashmagan, shaxslar aralashuvidan xoli tizim yaratildi.
|
Ushbu yaratilayotgan qulayliklar tadbirkorlarning nafaqat mahalliy, balki tashqi bozorlarni ham puxta o‘rganayotgani inobatga olinsa, auksion savdolarning elektron onlayn tizimga o‘tkazilishi ham qulaylik, ham kamxarjlilik jihati bilan barcha manfaatdor tomonlarga mos keladi.
|
| |