• Iqtisodiy tahlilni tashkil etish bosqichlari
  • 3-mavzu. Iqtisоdiy tаhlilning turlаri O’rganiladigan savollar: Iqtisodiy tahlil turlari




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana18.03.2023
    Hajmi1.89 Mb.
    #45949
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-мавзу
    Nomonjonov Axrorbek
    Ko’rsatkichlar
    Nomi
    Birlamchi:
    Ikkilamchi:
    Mosligi
    shakl 
    raqa
    mi
    satri
    summa, 
    ming 
    so’m
    shakl 
    raqami
    satri
    summa, 
    ming 
    so’m
    Ustav kapitali
    1
    320
    280000
    5
    080
    280000
    mos
    Taqsimlanmagan
    foyda
    (qoplanmagan
    zarar)
    1
    350
    45000
    5
    080
    45000
    mos
    ....
    Jadval ma’lumotlariga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitali va
    taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) ko’rsatkichlarining (1-va
    5-moliyaviy
    hisobot shakllariga asosan) bir xilligi aniqlandi. Bu, iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan
    1-va 5-moliyaviy hisobot shakllarini ishonchli, aniq va to’g’ri to’ldirilganini bildiradi.


    Iqtisodiy tahlilni tashkil etish bosqichlari
    Iqtisodiy tahlilning muvaffaqiyati ko’p jihatdan uni qanday tashkil etilganligi va rejalashtirilganiga 
    bog’liqdir. Iqtisodiy tahlilni tashkil etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
    Birinchi - iqtisodiy tahlil o’tkazishning rejasi va dasturini tuzish bosqichi. 
    Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlarini nimadan boshlanishi, tahlil o’tkazuvchi komissiyaga kimlar
    kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko’rsatib o’tiladi. Bundan tashqari iqtisodiy tahlil 
    o’tkazish dasturida quyidagilar aniq ko’rsatilgan va belgilagan bo’lishi kerak:
    - iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifalarini aniqlash;
    - iqtisodiy tahlil ob’ektini aniqlash;
    - iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
    - iqtisodiy tahlil mazmunini izohlash;
    - ijrochilarni tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;
    - iqtisodiy tahlil o’tkazish muddatini belgilab olish;
    - iqtisodiy tahlil manbalari hamda ularni natijalarini rasmiylashtirish tartibini aniqlab olish va h.k..
    Ikkinchi – iqtisodiy tahlil uchun kerakli bo’lgan manbalarni aniqlash, yig’ish hamda hisoblanadigan 
    ko’rsatkichlarni belgilash bosqichi. 
    Ushbu bosqichda iqtisodiy tahlil uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash, manbalarini to’plash, qo’shimcha 
    ma’lumotlarni jalb etish ishlari amalga oshiriladi:
    Uchinchi - to’plangan ma’lumotlarning qo’g’riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. 
    To’plangan ma’lumotlar to’g’riligi, ilmiy asoslanganligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan 
    iborat bo’ladi va ushbu axborot manbalari iqtisodiy tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu 
    bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:
    - iqtisodiy tahlil usullarini aniqlab olish;
    - ma’lumotlarni soddalashtirish;
    - jadval, sxema va maketlarni tuzish;
    - ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
    - mavjud imkoniyatlarni aniqlash.


    To’rtinchi - bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha jarayonlarini belgilangan
    tartibda iqtisodiy tahlil etish bosqichi.
    Bu bosqichda bevosita iqtisodiy tahlil ishlari bajariladi, ko’rsatkichlar hisoblanadi,
    o’zgarish sabablari va farqlari aniqlanadi. Shuningdek, ushbu bosqichda quyidagi ishlar
    amalga oshiriladi:
    - mezon ko’rsatkichlari aniqlanadi;
    - ko’rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalari baholanadi;
    - baholashda ekspertizadan foydalaniladi;
    - natijalar umumlashtiriladi;
    - iqtisodiy tahlil natijalari bo’yicha xulosaga tayyorlanadi.
    Beshinchi – iqtisodiy tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi.
    Bu bosqichda o’rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir
    o’zgarishlarga baho beriladi hamda iqtisodiy tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari
    ushbu bosqichda ham quyidagi ishlarni amalga oshirilishiga e’tibor qaratish zarur:
    - xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati natijalarini o’zgarish sabablari aniqlanadi;
    - xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini yaxshilash imkoniyatlarini jamlash;
    - aniqlangan imkoniyatlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
    - iqtisodiy tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
    Oltinchi – ilg’or g’oya va tajribalarni xo’jalik hayotida qo’llash shart-sharoitlarini
    ko’rsatib berish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bosqichi.



    Download 1.89 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu. Iqtisоdiy tаhlilning turlаri O’rganiladigan savollar: Iqtisodiy tahlil turlari

    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish