• 1.4. Optimal ishlab chiqarish xajmi va sotish 1.5. Mahsulot sifati 3.1.Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari
  • 3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/15
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.68 Mb.
    #172514
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    resources-20
    Инновацион педагогик технологияларнинг мустақил таълимдаги аҳамияти, шпоры на госник сбор и подготовка, 632235-results-karakalpakstan-grade-6-1, Slayd Abdurahimova.N, 0202, -5307951, Abdunazarov Abdurashid 2F1 Optika, Moliya HUQUQIDAN USLUBIY MAJMUA, Xosmas integral, audit kurs ishi norbek, Rustamova Z, 12 tajriba ishi, 1 ПАТОК 2 СЕМЕСТР BOLALAR PSIXOLOGIYASI ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ, vazifa 1 , Uskunaviy dasturlar


    3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni 
    Reja 
    1.1. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari 
    1.2. Korxonada ishlab chiqarishni tshkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari 
    1.3. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli 
    1.4. Optimal ishlab chiqarish xajmi va sotish 
    1.5. Mahsulot sifati 
    3.1.Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari 
    Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik faoliyati texnika bazasining o’sishi va ishlab 
    chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi. 
    Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uning asosiy 
    vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish soha ida – mineral xom ashyolarni va 
    yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash soha ida – xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni 
    iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan 
    chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik 
    jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik 
    holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda 
    jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki 
    detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada 
    kishilar nazorati ostida olib boriladi. 
    Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati 
    yaratishga qaratilgandir. 
    Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning 
    yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyo 
    va materiallarning tarkibi, me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart). 
    Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun, ishlab 
    chiqarish va mehnat vositalaridan tashqari, moddiy sharoit (ishlab chiqarish binosi, yoritish 
    qurilmalari, omborlar va h.k.) amal qiladi. Bu sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi yo 
    mutlaqo mumkin emas yoki faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi. 
    Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiy-iqtisodiy (kishilar munosabati) va 
    moddiy-texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi. 
    Bu omillarning ta’siri natijasida har qaysi korxonada ishlab chiqarish jarayoni tashkil topadi. 
    Hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni ichki tuzilishi 
    jihatdan bir xil emas: u mustaqil jarayonlardan tashkil topgan bo’lib, turli shakllarga va o’ziga xos 
    xususiyatga ega. Bu ayrim mustaqil jarayonlar, odatda, asosiy va yordamchi jarayonlarga 
    bo’linadi. SHuningdek, har qanday asosiy jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin 
    (mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketma-ket olib boriladi). Bunday 
    qismlar asosiy mahsulotni tayyorlash bosqichi yoki bosqichsi deyiladi (har qaysi bosqich yoki 
    bosqichsi texnologik jihatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil etadi). 
    Ishlab chiqarish jarayonining bosqichsi bir-biridan qo’llaniladigan texnologik usullar
    uskunalarning xarakteri va kadrlarning ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, mashinasozlik 
    korxonalarining asosiy jarayoni uchta bosqichdan iborat: tayyorlash, qayta ishlash va yig’uv. 
    Bosqichlar ayrim operatsiyalardan tashkil topadi. Operatsiya o’zgarmas ishlab chiqarish qurollari, 
    mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi. 
    Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyoviy tarkibi bir necha o’rinlarda 
    ishchilar nazorati ostida o’zgarishiga operatsiya deyiladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining 
    bir qismidir. 
    Materiallarni qayta ishlashda va operatsiyalarni vaqt bo’yicha bajarishda, tayyorlashda 
    oldingi hamda keyingi operatsiyalar soni va sifati bilan bog’lanadi. 


    Operatsiyalar ish harakatlari (priyomlar)ga bo’linadi. Priyom – bu ish harakatining berk 
    jarayoni bo’lib, bir ishlovchi tamom qilgan ish elementidan iboratdir. Har qaysi ish priyomini 
    bajarish uchun, bajaruvchi ma’lum darajada mehnat harakatini amalga oshiradi (ma’lum detalni 
    olish, burash, tortish va h.k.lar mehnat harakati priyomining bir qismi bo’lib, ishchining biror 
    buyumga ta’siri yoki ishchining buyum bilan yoxud buyumsiz bir joyga siljishi tushuniladi). 
    Ishlab chiqarish jarayonini bo’lishdan maqsad ish kuchini ratsional joylashtirish, malakali 
    ishchilarga bo’lgan talabni aniqlash, ular ishining aniq hisobini olib borish, ya’ni mehnat 
    unumdorligining o’sishini, rezervlarini aniqlashdan iborat. 
    Ishlab chiqarish jarayonlarining yuqorida qayd qilingan elementlarga bo’linishi ishlab 
    chiqarish jarayonining strukturasini tashkil qiladi. 
    Ishlab chiqarish jarayoni soha mahsulotini tayyorlashdagi roliga qarab, asosiy, yordamchi 
    va xizmat qiluvchi jarayonlarga bo’linadi. 
    Mehnat buyumlarining asosiy mahsulotga aylantirilishi asosiy jarayon deb ataladi. Bunday 
    jarayonlarga mashinasozlik zavodlarida quyidagilar kiradi: tayyorlov bosqichsida – cho’yanni 
    vanrankalarda eritish, detallar quyish uchun qum qoliplarni tayyorlash; ishlov beradigan bosqichda 
    – u mexanizmga asoslangan yoki issiqlik yo’li bilan detallarga o’ziga xos xususiyat, o’lchov va 
    sirtqi tomonga sifatli ishlov berish; payvandlashda – detallarni bir tugunga (uzelga) yig’ish yoki 
    tamomlangan buyumlar – mashinalar va ularning qismlarini va komplekt buyumlarni 
    (podshipniklar, elektromotorlar, asboblar) yig’ish. 
    Yordamchi jarayonlar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi va mahsulot ishlab chiqarishning 
    asosiy jarayonini uzluksiz ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarishni asbob-
    uskuna bilan ta’minlash (shtamplar, modellar tayyorlash va bularni ta’mirlash, charxlar va tiklash), 
    ta’mir bo’yicha xizmat qilish (uskunalarni ta’mirlash, modernizatsiya va turli xil uskunalarga joriy 
    xizmat qilish), turli xil energiya (elektr energiya, bug’, havo va h.k.)lar bilan ishlab chiqarish uchun 
    xizmat qilish. 
    Xizmat qilish jarayoniga korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti, tayyor mahsulotni 
    sotish, transport bilan xizmat qilish va hokazolar kiradi. 
    Mehnat qurollariga ta’sir qilishning usullariga va xarakteriga qarab asosiy va yordamchi 
    jarayonlar: qo’l bilan, mashina-qo’l bilan, mashina bilan, avtomatlashtirilgan va apparat bilan 
    bajariladigan jarayonlarga bo’linadi. 
    Qo’l bilan bajariladigan jarayon asosan mehnat predmetlari shaklining o’zgarishiga 
    qaratilgan bo’ladi. 
    Mashina va qo’l yordami bilan bajariladigan jarayonga faqat mashina bilan bajariladigan ish 
    elementlarigina emas, balki qo’l mehnati bilan bajariladigan ish ham kiradi. Masalan, detallarni 
    qo’l bilan olib turish usulida stanokda ishlov berish. 
    Mashina va mexanizmlar yordami bilan bajariladigan jarayonda materiallarning shakli, 
    katta-kichikligi, ko’rinishi, holati o’zgaradi va ishchilarning qatnashishi chegaralangan bo’ladi. 
    Avtomatlashtirilgan jaryonlar ishchilar qatnashmagan holda yoki faqat ularning kuzatuvi 
    yordamida amalga oshiriladi. 
    Apparatli jarayon fizikaviy, kimyoviy va issiqlik jarayonlariga aloqador bo’lib, bu maxsus 
    agregatlarda texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan xarkterlanadi. 
    Ishlab chiqarish jarayonlari vaqt bo’yicha davom etish xususiyatlariga qarab, takrorlanib 
    turadigan va uzluksizlarga bo’linadi. 
    Takrorlanib turadigan jarayonlarda boshlang’ich xom ashyo va materiallar uskunalar 
    yordamida uzluksiz ravishda qayta ishlanadi va natijada tayyor mahsulotga aylantiriladi. 
    Har qanday soha korxonalarida va Sexlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonining 
    asosida jonli mehnat predmetlari va mehnat vositalaridan vaqt va fazoda ratsional ravishda 
    foydalanish yotadi. Bu esa uskunalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, elektr energiya va boshqa 
    ishlab chiqarish vositalari hamda mehnat resurslaridan foydalanishda yuqori samaradorlikka 
    erishishni taqozo etadi.
    Ishlab chiqarish jarayonini ratsional tashkil qilish ishlab chiqarishni takomillashtirishning 
    rejali va mutanosib bo’lishini ta’minlaydi. 



    Download 0.68 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja

    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish