Seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish




Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana14.03.2024
Hajmi0.68 Mb.
#172514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
resources-20
Инновацион педагогик технологияларнинг мустақил таълимдаги аҳамияти, шпоры на госник сбор и подготовка, 632235-results-karakalpakstan-grade-6-1, Slayd Abdurahimova.N, 0202, -5307951, Abdunazarov Abdurashid 2F1 Optika, Moliya HUQUQIDAN USLUBIY MAJMUA, Xosmas integral, audit kurs ishi norbek, Rustamova Z, 12 tajriba ishi, 1 ПАТОК 2 СЕМЕСТР BOLALAR PSIXOLOGIYASI ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ, vazifa 1 , Uskunaviy dasturlar
Seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish. Mahsulotni seriyalab ishlab chiqaruvchi 
korxonalarda nisbatan ko’proq qaytariladigan mahsulot tayyorlanadi, lekin donalab ishlab 
chiqarishga qaraganda mahsulot nomenklaturasi birmuncha chegaralangan bo’ladi. Seriyali ishlab 
chiqarish jarayonining tuzilishi har bir yangi seriyada o’zgarishi mumkin. 
Seriya deganda ishlab chiqarishga bir vaqtning o’zida va ketma-ket tushiriladigan konstruktiv 
bir xildagi buyumlarning bir nechtasi tushuniladi. 
Seriyali ishlab chiqarishda har qaysi ixtisoslashtirilgan uchastkada, birinchi navbatda, 
mexanika Sexlarida bir xildagi guruh detallarni ishlov berish ta’minlanadi. Ishlov berish usullarini 
ixtisoslash texnologik jarayonlarni tezlashtirishga sharoit yaratadi. Seriyali ishlab chiqarishning 
xususiyati Sex va butun korxonani tashkil qilish shakliga hamda boshqarish tizimiga va 
rejalashtirishga ta’sir qiladi. Ayrim korxonalarda ishlab chiqarish uchastkalari asosiy texnologik 
belgilarga asosan tashkil qilinsa, seriyali ishlab chiqarishda esa, ular buyumning texnologik belgilari 
bo’yicha tashkil etiladi. 
Mahsulot nomenklaturasining xilma-xilligi va ishlab chiqarishning miqyosiga qarab (ya’ni 
korxonalarni ixtisoslashtirish darajasiga qarab) seriyali ishlab chiqarish quyidagi seriyalarga 
bo’linadi: 
a) mayda seriyali ishlab chiqarish o’z xususiyati bilan donalab ishlab chiqarishga yaqin turadi 
va bunda mahsulot mayda seriyalab, ya’ni bir necha donalab, o’nlab yoki yuzlab dona ishlab 
chiqariladi; 
b) o’rtacha seriyali ishlab chiqarishda mahsulot ishlab chiqarish seriyalab (o’nlab va yuzlab 
nomda) ishlab chiqariladigan mashinalar quvvatining katta-kichikligiga bog’liq; 
v) yirik seriyali ishlab chiqarish esa nisbatan oz nomenklaturada ko’plab mahsulot ishlab 
chiqarish bilan xarakterlanadi. 
Seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 


 ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining ko’pligi va doimiyligi; 
 ixtisoslashtirilgan ish joyiga doimiy ravishda bog’langan operatsiyalarni bajarish; 
 mahsulotni seriyalab ishlab chiqarish va detallarni partiyalab, oldindan belgilangan 
tartibda navbatma-navbat ishlab chiqarish; 
 ixtisoslashgan va maxsus uskunalar bilan birga universal asbob-uskunalar qo’llash; 
 mahsulot ishlab chiqarishda ko’p mehnat talab qiladigan va qo’l yordami bilan 
bajariladigan ishning ulushini kamaytirish; 
 ishlab chiqarish jarayonining nisbatan qisqarishi (ayrim ishlab chiqarishga nisbatan). 
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan 
rahbarlik,tashkilotchilik va ma’muriy xarakterdagi alohida faoliyat tushuniladi.Bunday boshqarishda 
ikki tomon: 

ijtimoiy-iqtisodiy; 

tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi.Bu har ikkala tomonlar o’zaro bog’liqdir, lekin 
ishlab chiqarishning borishiga ijtimoiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi, chunki ishlab 
chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning mehnatini boshqarishdir. 
Ishlab chiqarishni operativ(tezkor) boshqarishni markazlashtirish. Seriyali ishlab 
chiqarishning u yoki bu turdagi ko’rinishini aniqlaydigan ob’ektiv ko’rsatkich uskunalarning 
seriyali yuklanish koeffitsienti (K
ser
) hisoblanadi. 
Ксеp
Ос
Ус


Bu yerda: O
s
—bir Sexda ishlanadigan detallar operatsiyalarining soni;
U
s
— Sexdagi o’rnatilgan uskunalar soni. 
Amalda quyidagi seriyalash koeffitsientlari qo’llaniladi: 

mayda seriyalab ishlab chiqarishda 20-40; 

o’rtacha seriyalab ishlab chiqarishda 5-20; 

yirik seriyalab ishlab chiqarishda 3-5. 

Download 0.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish