|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, xarajat va foyda aloqadorligini tahlili (SVP tahlili)
|
bet | 12/23 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 137,95 Kb. | | #254341 |
Bog'liq 3-mavzu. Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili operatsion f-www.hozir.org2.Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, xarajat va foyda aloqadorligini tahlili (SVP tahlili)
Tushum = doimiy xarajatlar + o‘zgaruvchan xarajatlar + foyda
Tushum = doimiy xarajatlar + bir birlikka o‘zgaruvchan xarajatlar * mahsulot miqdori + foyda.
CVP tahlil- xarajat, tushum va foyda aloqadorligini tahlilidir.
CVP tahlilning asosiy vazifalari:
- xarajatlarni to‘liq qoplash imkonini beruvchi sotish hajmini –zararsizlik nuqtasini aniqlash;
- mahsulot ishlab chiqarish hajmining zararsizlik hajmini aniqlash;
- zarur bo‘lgan foyda miqdoriga ega bo‘lish yuzasidan sotish hajmini aniqlash;
- korxonaning raqobatdoshligini ta’minlovchi sotish hajmini baholash;
- rejalashtirilgan darajadagi talab va daromadni ta’minlashga imkon beradigan mahsulotlar narxini belgilash;
- eng samarali ishlab chiqarish texnologiyalarini tanlash;
- optimal ishlab chiqarish rejasini qabul qilishni amalga oshirish.
CVP tahlilida taxminlar:
- xarajatlarning o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibga bo‘linishi;
- doimiy xarajatlar mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lum darajaga qadar o‘zgarishsiz qolishi;
- o‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga mos ravishda, proporsiallikda o‘zgarib borishi;
- sotilgan mahsulotlar va ishlab chiqarish resurslarining doimiy narx birligi;
- mahsulot assortimentining doimiyligi;
- ishlab chiqarish va sotish hajmining tengligi;
- korxona faoliyat samaradorligi o‘zgarishsiz qolishi taxmin qilinadi.
CVP tahlilning asosiy elementlari:
- kritik hajm;
- qoplash koeffitsienti;
- xavfsizlik normasi;
- sotish tarkibi;
- xarajatlar tarkibi;
- operatsion richag;
- moliyaviy richag samarasi.
CVP tahlilning axborot manbalari:
- buxgalteriya hisobi va hisoboti;
- boshqaruv hisobi va hisoboti;
- statistika hisobi va hisoboti ma’lumotlari;
- hisobdan tashqari ma’lumotlar.
Iqtisodiy aktivlar harakatida foydani shakllantirishning eng muhim omili bu ishlab chiqarish xarajatlari va ular tufayli erishilgan iqtisodiy samarani (mahsulot chiqishi) tijorat faoliyatidan pul va pul ekvivalentlari shaklida tushumlarning ortishi shaklida (sotish jarayoni) aktivlarning ko‘payishi hisoblanadi. Bundan, foyda va unga daxldor bo‘lgan daromadlar va xarajatlar bog‘liqligi kelib chiqadi.
Foydaning to‘planishi korxonaning qaysi sohaga mansubligiga bog‘liq. Agar u ishlab chiqarish korxonasi bo‘lsa foydaning asosiy manbai ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hisoblanadi. Agar u xizmat ko‘rsatishga daxldor korxona bo‘lsa‚ foydaning asosiy qismi xizmat ko‘rsatish evaziga olingan tushumdan tashkil topadi va h.k. SHu tufayli tahlil jarayonida qaysi soha o‘rganilayotgan bo‘lsa uning faoliyatidan kelib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Biznesni harakatga keltiruvchi kuch faoliyatning (egaistik ko‘rinishdagi harakatlar) yakunida erishiladigan foyda hisoblanadi. SHu sababli, foyda mulk shaklidan qat’i nazar barcha korxonalarning faoliyatini baholashning yagona ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. SHuningdek, foyda bu – maqsadli harakatning rag‘bati hamdir. Tijorat faoliyati va uning davomiyligi ko‘pincha ushbu unsurning hajmiga, to‘g‘ri taqsimotiga va ishlatilishiga bog‘liq. Foyda o‘z-o‘zidan iqtisodiy aktivlarni oldingi harakatlarining mutanosibligidan kelib chiqadi.
11-jadval
|
| |