Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining muhim masalalari
Tahlil mavzulari
|
O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi
|
Tahlil mazmuni
|
Tahlil natijasi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining mazmuni vazifalari va axborot manbalari
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining nazariy, metodologik asoslari tasniflanadi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim ko‘rsatikichlar tizimi va ularning tasnifi, tahlil vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi
|
Mahsulot ishlab chiqarish‚ sotishni tahlil etish mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi tahlili
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi
|
Ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishiga, dinamikasiga, qiyosiy o‘zgarishlariga baho beriladi
|
Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining istiqboldagi rejasi, byudjeti, prognoz ko‘rsatkichlari belgilanadi
|
Mahsulot ishlab chiqarish nomenklaturasi va assortimenti tahlili
|
Nomenklatura va assortiment rejasining bajarilishi
|
Nomenklatura va assortiment rejasininng bajarilishiga, reja bajarilishining korxona moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’siri o‘rganiladi
|
Nomenklatura va asoosrtimentni to‘g‘ri belgilash va ularni maqsadli boshqarish imkoniyatlari aniqlanadi hamda chora-tadbirlari belgilanadi
|
Mahsulot sifatining tahlili: ishlab chiqarishdagi brak
|
Oliy va birinchi kategoriyadagi mahsulot hajmi.
Mahsulotning sortlilik koeffitsienti.
|
Mahsulotning sifatligiga, uning pul tushumlari, moliyaviy natijaga ta’siriga baho beriladi
|
Mahsulotning sifatligini oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi
|
Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
|
Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi koeffitsienti.
|
Ishlab chiqarish maromiyligining uzluksiz va barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyatiga baho beriladi
|
Maromiylik va uning buzilishlarini oldini olish choralari ko‘riladi
|
Innovatsion mahsulotlar tahlili
|
Innvovatsion mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘i
|
Innovatsion mahsulotlar ularning raqobatdoshlikni ta’minlashdagi o‘rniga baho beriladi
|
Innvoatsion mahsulotlar hajmini oshirish, ilmiy, texnikaviy yangiliklarni amaliyotga keng joriy etish choralari ko‘riladi
|
Xorijga sotilgan mahsulotlar tahlili
|
Eksport qilingan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘i
|
Eksport qilingan mahsulotlar hajmi, valyuta tushumlari va jahon bozoriga chiqish imkoniyatlariga baho beriladi
|
Eksport hajmini oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
|
Mahsulotning mehnat vositalari, mehnat predmetlari, mehnat omillari bilan bog‘liq samaradorligi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillariga baho beriladi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini o‘stirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash chora- tadbirlari ko‘riladi
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar tizimiga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:
YAlpi mahsulot – bu korxonaning ma’lum bir davrda (kun, oy, chorak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko‘rsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o‘lchangan hajmi.
Tovar mahsulot –ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlaridan o‘tgan va tayyor holatga kelgan, iste’molchilarga etkazib berish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar.
Sotilgan mahsulot – iste’molchilarga ortib jo‘natilgan yoki hisob hujjatlari taqdim etilgan mahsulotlar.
Mahsulotlar nomenklaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro‘yxatidir.
Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o‘lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.
Korxona uchun ko‘proq foyda keltiruvchi, kam xarajat talab etadigan tovarlarni ishlab chiqarish manfaatlidir. SHu sababli, tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o‘zgarishlarni tahlil etishga alohida ahamiyat qaratiladi.
Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zgarishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak.
Ishlab chiqarish maromiyligi - bir maromda mahsulot ishlab chiqarishni tasniflaydi.
Ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etilishi resurslardan foydalanish darajasiga, mahsulot sifatini yaxshilanishiga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishiga ta’sir etadi.
Mahsulot sifati. Tahlilda muhim e’tibor ishlab chiqarishga va sotilgan mahsulotlar sifatiga qaratiladi. Mahsulot sifati deganda - uning tovarlilik darajasi, xaridorlar didiga mosligi, xalqaro va mamlakat standart meyorlariga javob berishidagi ijobiy tasnifiy jihatlari nazarda tutiladi.
Xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi yuzasidan mahsulotlarning oliy va birinchi kategoriyalar tarikblanadi.
10-jadval
|