• Mahsulot turlari Rejada Haqiqatda
  • Umumiy reja bajarilishi, %
  • (ming so‘mda)
  • Assortiment rejasining bajarilishi tahlili (qiymat ifodasida)




    Download 137,95 Kb.
    bet20/23
    Sana26.05.2024
    Hajmi137,95 Kb.
    #254341
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    3-mavzu. Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili operatsion f-www.hozir.org

    Assortiment rejasining bajarilishi tahlili (qiymat ifodasida)




    Mahsulot turlari


    Rejada


    Haqiqatda


    Assortimentga qabul qilingan mahsulot hajmi


    Assortiment bo‘yicha reja bajarilishi,
    %


    Umumiy reja bajarilishi,
    %

    1

    A

    12000

    15000

    12000

    100

    125

    2

    B

    25000

    30000

    25000

    100

    120

    3

    S

    10000

    9000

    9000

    90

    90

    4

    D

    40000

    35000

    35000

    87.5

    87.5



    5


    Jami


    87000


    89000


    71000


    81.6


    103

    Korxonada mahsulot ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan, ya’ni 103 foizga bajarilgan. Ammo ayrim tur mahsulotlar bo‘yicha reja bajarilishi buzilgan. Buning natijasida assortiment rejasi bor yo‘g‘i 81.6 foizga bajarilgan. Bunga “S” va “D” mahsulotlar turi bo‘yicha rejada belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilmasligi sabab bo‘lgan. Ahamiyatli jihati shundaki, assortiment bo‘yicha reja bajarilishida ayrim tur mahsulotlar bo‘yicha rejaning ortig‘i bilan bajarilishi boshqa tur mahsulotlar bo‘yicha reja topshiriqlarini bajarilmasligini qoplamaydi.

    Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot strukturasining o‘zgarishi firmaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho mahsulot turlari ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida ortadi va buning aksicha bo‘lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi, rentabelligi past turlarini pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.
    Mahsulot assortimentini ishlab chiqarish maromiyligi bilan kompleks o‘rganish operatsion faoliyatga to‘liq baho berishga, o‘zgarishlarni makon va zamonda aniq tasniflash imkonini beradi. SHu sababli, assortiment rejaining bajarilishi bilan bir qatorda ularni ishlab chiqarishng maromiyligiga ham baho beriladi.
    Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig‘i bilan bajarishi, ammo, ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmaslik natijasida erishilgan samara va natijaviylik ko‘zda tutilgan yoki rejalashtirilgan yutuqni ta’minlay olmaydi. SHu bilan birga mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo‘lishiga, uning oqibatida jarimalar to‘lanilishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga ham olib keladi.
    22-jadval

    Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili


    (ming so‘mda)




    Download 137,95 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 137,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Assortiment rejasining bajarilishi tahlili (qiymat ifodasida)

    Download 137,95 Kb.