|
To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
|
bet | 7/8 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 86,44 Kb. | | #119155 |
Bog'liq 3 mavzu5. To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:
tartibga solish;
masshtablashtirish;
umumlashtirish va tahlil qilish.
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo‘yicha, ularni tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bo‘yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko‘rinishga ega bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tushuniladi. Ko‘rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval ko‘rinishila ko‘rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi.
SHkalalashtirish aniq o‘lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qo‘llaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko‘proq: trend tizimi, regressiya va korrelyasiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo‘llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qo‘yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko‘ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.
6. Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari va uslublari
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng o‘rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan yo‘nalishga va maqsadga bo‘lgan marketing tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi.
Har bir tashkilot, firma o‘z bozori va xaridori ko‘lamini saqlash, ular salmog‘ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog‘i lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf xarajatlarni talab etadi. Asosan yirik firmalar o‘z tarkibiy tuzilmalari miqyosida marketing tadqiqotlarini o‘tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo‘lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda axborot olib turadilar.
AQSHda eng yirik va mashhur firmalar o‘z marketing tadqiqotlarini asosan besh sohada amalga oshiradilar:
Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar.
Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar.
Tashkilotning ichki va tashqi ma’suliyatini baholashga oid tadqiqotlar.
Bozordagi holat tahlili.
Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar.
Mavzu jihatdan marketing tadqiqotlari bir-birini to‘ldiruvchi bo‘lishi bilan birga, bir-biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv shahobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hokazolar. Ushbu mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qo‘llanishi, axborot ko‘lamining qayta ishlanishi, boshqa ko‘rsatkichlarning inobatga olinishi, bir necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu mavzular bo‘yicha so‘nggi paytlarda ishlab chiqarilgan umumiy va maxsus kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Umuman olganda, marketing dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:
demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;
aholi va korxonalarning daromadi, harajati, iste’mol jamg‘armalarining tarkibi;
baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;
soliqlar tizimi;
raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar jumlasiga kiradi.
Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari, albatta bozorning rivojlangan darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg‘ul bo‘lgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma tizimlarining shakllanish sur’ati va boshqa omillarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. SHu, jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning marketing tadqiqotlari yo‘nalishlari, uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va tashkilotlari uchun o‘zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo‘rin bo‘ladi.
Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini uyushtirishda ham sezilarli tarzda o‘z aksini topmoqda. Hususan, firmalarning raqobatbardosh quvvati, bozordagi o‘rni, lozim strategik maqsadlari, diversifikatsiya sari yo‘l tutish taktikasi ko‘pgina hollarda tadqiqotlarning yo‘nalishi va ko‘lamini belgilaydi.
Hozirgi kunda YAponiyaning Toyota, Nissan, Mitsibushi, Xonda, Janubiy Koreyaning Xunday, Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida peshqadamlikka erishish strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar.
|
| |