|
Tashkilot ichki hisoboti tizimi
|
bet | 4/8 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 86,44 Kb. | | #119155 |
Bog'liq 3 mavzu1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig‘i, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ko‘lami va boshqa marketing faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan axborotning o‘z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun so‘ngida firma do‘konidagi savdo zalida har bir tovar guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga o‘xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu erda muhim o‘rinni ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig‘ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z o‘rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.
2. Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi.
Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo‘lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bo‘lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga ixtisoslashadilar. Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muhitdagi o‘zgarishlar va holatlar xususida to‘plangan axborot manbai bo‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo‘sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi.
3. Marketing xususida to‘plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan bo‘lishi tabiiydir.
|
| |