• 1. Marketing tadqiqotlari va marketing tadqiqotlari tizimi
  • 3-mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi




    Download 86,44 Kb.
    bet1/8
    Sana15.12.2023
    Hajmi86,44 Kb.
    #119155
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    3 mavzu


    3-MAVZU. MARKETING TADQIQOTLARI VA AXBOROTLAR TIZIMI

    1. Marketing tadqiqotlari va marketing tadqiqotlari tizimi.


    2. Marketingda axborotni o‘rni. Axborot tizimi.
    3. Axborot turlari va ularni turkumlash.
    4. Axborotlarni to‘plash uslublari.
    5. To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash.
    6. Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari va uslublari.


    1. Marketing tadqiqotlari va marketing tadqiqotlari tizimi

    Zamonaviy marketing asoslaridan biri F.Kotlerning ta’rifi bo‘yicha: “Marketing tadqiqotlari deb, turli yo‘nalishlarni tizimli ravishda tayyorlash va o‘tkazish, kompaniya oldiga qo‘yilgan aniq marketing vazifasiga mos bo‘lgan natija va xulosalarga ega bo‘lish uchun olingan ma’lumotlarni tahlil etish jarayoni” tushuniladi.


    O‘rganilayotgan fanning asosiy amerikalik olimlaridan Neresh K.Malxotra “Marketing tadqiqotlari” amaliy qo‘llanmasida quyidagi yondashuvni keltirgan: “Marketing tadqiqotlari deb, marketing muammolari(imkoniyatlari)ni moslashtirish va echimlarining samaradorligini oshirish uchun axborotlarni tizimli va ob’ektiv ravishda aniqlash, to‘plash, tahlil qilish, tarqatish va foydalanish”, deb e’tirof etilgan.
    Rossiya olimlaridan E.P.Golubkov quyidagi yondashuvni ta’kidlab o‘tgan: “Marketing tadqiqotlari – marketing faoliyatining turli ko‘rinishlaridagi ma’lumotlarni tizimli ravishda to‘plash, aks ettirish va tahlil etib, marketologlarni bozorlar, iste’molchilar, raqobatchilar, marketingning boshqa tashqi muhit elementlari bilan axborot orqali bog‘lashdan iboratdir”.
    Marketing tadqiqotlari – marketing faoliyatini tizimli to‘plash, qayta ishlash, izohlash va turli jihatlar bo‘yicha ma’lumotlarni tahlilidir.
    Marketing tadqiqotlarining vazifalari quyidagilardan iborat(3.1-rasm):
    Marketing tadqiqotlarining ob’ekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
    -bozorni rivojlanish tendensiyasi va holati;
    -raqobat muhitini o‘zgarishi tendensiyasi va holati;
    -talabni rivojlanish tendensiyasi va holati;
    -firma imkoniyatlari;
    -tashqi muhit tahdidlari.
    Kabinet tadqiqotining maqsadi ikkilamchi axborotlarni to‘plash va qayta ishlash bo‘lib hisoblanadi.
    Dala tadqiqoti – “axborotni topish joyi bo‘yicha” axborotlarni to‘plash va qayta ishlash usulini o‘zida mujassamlashtiradi.
    To‘liq tadqiqotlarda bozor to‘liq qamrab olinadi.
    Tanlanma tadqiqotlar ayrim tovarlar, bozorlar yoki hududlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
    Qidiruv tadqiqotlari marketing faoliyatini amalga oshirishda muammoni eng yaxshisini aniqlashda o‘tkaziladi.


    Download 86,44 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 86,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi

    Download 86,44 Kb.