|
Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar
|
bet | 13/27 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 180,53 Kb. | | #261840 |
Bog'liq 3-mavzu Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Reja2. Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar
Din – jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki dunyosini shakllantirishning eng ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo, bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo'lida foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din birlamchi vosita bo'lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu – diniy g'oya va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o'rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi demakdir. Bu jrayonda asosiy ob'yekt inson ongi hisoblanib, unga ta'sir etish yo'nalishlari turli tumandir.
Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko’ra turli ko’rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo'lib, ularning umumiy soni ikki yuzga yaqindir. Ular bir xudoli va ko'p xudoli, urug'-qabilaviy, milliy va jahon dinlari bo'lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e'tiqodiy bo'linishida bo'lib qolmoqda. Aynan mana shu bo'linish sabab turli-xil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga kelib, inson ruhiyatiga sokinlik, xotirjamlik, ma'naviy madad berish uchun asrlar osha shakllanib kelgan «din» – azob beruvchi, ma'naviy qashshoqlik sari harakatlantiruvchi vosita bo'lib qolmoqda.
Savol: insonni ma'naviy kamolot sari yetaklovchi, uning qalbida yaxshi va yomon (savob va gunoh, halol va harom) tushunchalarini uyg'otish uchun asrlar osha shakllanib kelgan bu fenomenga nisbatan bunday (salbiy) tamg'alarning bosilishiga kim yoki nima sabab bo'lmoqda?
Albatta javoblar turli tuman bo'lishi tabiiy, ammo quyida asosiy sabablarni keltirib o'tamiz:
Birinchidan, diniy qarashlar o'rtasidagi bo'linishning kelib chiqishi. Umuman, har qanday dinda bo'linish sabablari o'zaro bog'liq bo'lgan turli jarayonlar ta'sirida paydo bo'ladi. Masalan, diniy aqidalarning barqarorligi yoki kam o'zgaruvchanligi sababli diniy aqida va jamiyatdagi ijtimoiy taraqqiyot (inson dunyoqarashidagi o'zgarish) o'rtasidagi tafovut sabab bo'lmoqda. Bundan tashqari, diniy ta'limotning turli millatlar va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va an'analariga moslashishi natijasida diniy ta'limotga bo'lgan munosabat jarayonida ham bo'linish yuzaga keladi. Natijada turli-xil kuchlar o'rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi yuzaga kelib, jamiyatning faol sub'yekti hisoblangan inson va uning qalbi zarar ko’radi.
|
| |