• Elektron
  • Moodle
  • 3-Mavzu: raqamli elеktron ta’lim platformalari va ularning qo`llanilishi




    Download 67,08 Kb.
    bet1/8
    Sana04.12.2023
    Hajmi67,08 Kb.
    #110726
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    3-mavzu RT SI taqdimoti
    badi-adi, 2-MAVZU ma\'ruzasi

    3-Mavzu: RAQAMLI ELЕKTRON TA’LIM PLATFORMALARI VA ULARNING QO`LLANILISHI




    Kalit so‘zlar: elektron ta’lim tizimi, elektron ta’lim, o‘quv jarayoni, elektron ta’lim vositalari, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, kurs mazmuni, Moodle platformasi, elektron ta’limni shakllantirish, o‘qitish texnologiyasi, ta’lim tizimi arxitekturasi, kurs strukturasi, elektron ta’lim metodikasi.


    Elektron ta'lim - bu platformalar yoki raqamli muhitlar orqali bilimlarga kirishni targ'ib qiluvchi ta'lim modeli
    Elektron ta’lim tizimi - ma’lum platformadagi kurslarning yig`indisidan iborat bo`ladi. Elektron ta’limda masofali kursning muvaffaqiyati ko‘p hollarda o‘quv materialini to‘g‘ri tashkillashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Agar masofali kurs o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, u holda kurs uchun zarur bo‘lgan materiallarni to‘plash, saralash va joylashtirish ko‘p hollarda o‘qituvchi va talaba hamkorligi asosida tashkillashtiriladi va bu kurs tarkibiy qismining didaktik xususiyatlari bilan belgilanadi. Masofali kursni yaratish talabalarda mustaqil ravishda bilim olish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Bunday holda, o‘qituvchi o‘quv jarayonini boshqarishi va olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilishi kerak.
    Moodle platformasi uchun kurs strukturasi quyidagi elementlardan iborat bo‘lishi kerak:

    1. Motivatsiya bloki samarali kognitiv faoliyatga, asosiy tarkibni faol o‘zlashtirishga qiziqishni rag‘batlantiradi. Motivatsiya – masofali kursning zarur qismi bo‘lib, butun ta’lim jarayoni davomida saqlanib turishi kerak. Bu yerda katta e’tibor talabalarga qo‘yilgan aniq maqsadga qaratiladi. Agar qo‘yilgan masala darajasi talaba tayyorgarligi darajasiga mos kelmasa, motivatsiya yo‘qoladi.

    2. Yo‘riqnoma bloki o‘quv jarayoni qatnashchilari uchun muhim bo‘lgan yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalar, normativ hujjatlar, anketa natijalari, masofali kurs jadvalidan (kurs bo‘limlari, topshiriqlar, testlar, mustaqil ishlar) iborat bo‘lib, aniq, tushunarli tarzda berilishi kerak.

    3. Axborot bloki o‘z ichiga bosma darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, elektron darsliklar va uslubiy ko‘rsatmalar, laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish uchun topshiriqlar, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, kurs bo‘yicha qo‘shimcha materiallarni oladi. Moodle platformasida bu blokda ma’lumotlarni joylashtirish uchun ma’ruza, glossariy, Flash Video, Scorm paketi kabi elementlar va veb-sahifa, giperhavola kabi resurslar mavjud.

    4. Nazorat bloki o‘quv jarayonini nazorat qiluvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: joriy, oraliq va yakuniy nazorat testlari, mustaqil ishlash uchun savollar, mavzular yuzasidan nazorat topshiriqlari. Bunda nazorat ishlari talabaning masofali kursdagi ta’lim resurslarini o‘zlashtirishini nazorat qilish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim omil hisoblanadi.

    5. Kommunikativ va konsultatsiya bloki o‘zida masofali kurs talabalarining o‘qituvchi bilan interaktiv muloqotini tasvirlaydi. Moodle platformasida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida interaktiv aloqani amalga oshirish uchun ma’ruza, forum, chat kabi vositalar mavjud. Konsultatsiya individual yoki guruh tarzida amalga oshirilishi mumkin (bir vaqtning o‘zida 5-7 kishi). Ular real tarzda (chat, ICQ, Skype, vebinar) va asinxron tarzda (elektron pochta, forum, e’lonlar) bo‘lishi mumkin [3].

    Yuqoridagilarga ko‘ra, masofali kursni tushunarli va tizimli tarzda shakllanishi birinchi navbatda, o‘qituvchining pedagogik va kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Masofali kurs uchun o‘quv materialini tayyorlash vositalari o‘quv rejaga muvofiq ravishda tanlanadi. Buni quyidagi sxemada ko‘rish mumkin:


    Download 67,08 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 67,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: raqamli elеktron ta’lim platformalari va ularning qo`llanilishi

    Download 67,08 Kb.