• C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o’lchamli massiv ko’rinishda amalga oshirishga misol
  • Masala. Butun sonlardan iborat navbatning juft elementlarini o’chirish dasturini keltiramiz. Algoritm
  • 3-mavzu: Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi Reja: To’plam tushunchasi




    Download 75.76 Kb.
    bet3/6
    Sana18.02.2023
    Hajmi75.76 Kb.
    #42730
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), Elektron talim muhitida videokontentlarn (1), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 10, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot
    Navbat bu FIFO (First In - First Out - "birinchi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o’zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro’yhatki, unda tuzilmaga elementlar faqat bir tomondan, ya’ni navbatning oxiridan qo’shiladi va elementlarni tuzilmadan chiqarish boshqa tomondan, ya’ni navbat boshidan amalga oshiriladi. Navbat ustida bajariladigan asosiy amallar

      • yangi elementni qo’shish,

      • elementni chiqarib tashlash,

      • uzunligini aniqlash,

      • navbatni tozalash.

    Navbatni statik xotirada vektor ko’rinishida ifodalashda 2 ta parametr, ya’ni navbat boshini (navbatning 1-elementini) va oxirini (navbatning oxirgi elementini) ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar olinadi


    Navbatga yangi element kiritilayotganda navbat oxiri ko’rsatkichi ko’rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin navbat oxiri ko’rsatkichi bittaga oshiriladi. Navbatdan elementni o’chirishda navbat boshi ko’rsatkichi ko’rsatayotgan adresdagi element o’chiriladi va shundan keyin bu ko’rsatkichning qiymati bittaga oshiriladi. Navbatga elementlar kiritilganda navbat oxiri ko’rsatkichi shu navbat uchun ajratilgan xotira sohasining oxiriga yetib qoladi. Bunda navbat to’lgan hisoblanadi.


    C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o’lchamli massiv ko’rinishda amalga oshirishga misol:
    Navbat uchun 10 ta joy ajratilgan bo’lsin, navbatni butun sonlardan iborat massiv shaklida ifodalaymiz. Bunda navbat dastlab bo’shligi sababli, navbat oxiri ko’rsatkichi R=0 bo’ladi. Navbatga yangi element qo’shish va navbatdan elementni chiqarib olish algoritmi, navbat bo’shligini va to’laligini tekshirish algoritmlari quyidagi dasturda keltirilgan.
    Masala. Butun sonlardan iborat navbatning juft elementlarini o’chirish dasturini keltiramiz.
    Algoritm
    1. Agar navbat to’lmagan bo’lsa unga element kiritamiz, kiritib bo’lgach keyingi 2-qadamga o’tish, aks holda navbat to’lganligini xabar berib, keyingi 2-qadamga o’tish.
    2. Agar navbat bo’sh bo’lmasa 3-qadamga o’tamiz, aks holda 4-qadamga o’tamiz.
    3. Navbatning chiqishiga kelib turgan elementni olib, juftlikka tekshiramiz. Agar element toq bo’lsa, uni navbatga kiritamiz. 2-qadamga o’tish.
    4. Navbat bo’sh bo’lsa, bu haqda xabar berib keyingi 5-qadamga o’tamiz.
    5. Navbat tarkibini ekranga chiqaramiz.



    Download 75.76 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 75.76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi Reja: To’plam tushunchasi

    Download 75.76 Kb.