300 guruh Matematika informatika Javlonova Go’zal
Natija biz kutgandek chiqdimi? Yo'q. Biz 6 va 7 sonlarini sonlar2 degan
ro'yxatga qo'shgan edik, lekin bu ikki son sonlar degan asl ro'yxatga ham
qo'shilib qoldi.
Demak yuqorida biz sonlar2=sonlar
deb yozgan komandamiz yangi
ro'yxat yaratish o'rniga, ikkala o'zgaruvchini ham bitta ro'yxatga bog'lab
(yo'naltirib) qo'ydi. Biz sonlar yoki sonlar2
ustida bajargan amallarimiz
aslida bitta ro'yxat ustida bajarilyapti.
Ikki o'zgaruvchi, bir ro'yxat
Unda, qanday qilib ro'yxatdan nusxa olamiz?
Buning uchun yuoqirdagi
ka'bi ro'yxatni kesish usulidan foydalanamiz.
Faqatgina,
kvadrat qavs
ichida ikkala indeksni ham ko'rsatmasdan, bo'sh qoldiramiz:
sonlar = [1, 2, 3, 4, 5] # donlar degan ro'yxat yaratamiz
sonlar2 = sonlar[:] # [:] ro'yxatni to'liq ko'chirib
oladi
sonlar2.append(6) # sonlar2 ga 6 sonini qo'shamiz
sonlar2.append(7) # sonlar2 ga 7 sonini qo'shamiz
print("Bu sonlar ro'yxati:", sonlar)
print("Bu sonlar2 ro'yxati:", sonlar2)
Natija:
Bu sonlar ro'yxati: [1, 2, 3, 4, 5]
Bu sonlar2 ro'yxati: [1, 2, 3, 4, 5, 6, 7]
TUPLES - O'ZGARMAS RO'YXAT
Dastur yaratish davomida o'zgarmas ro'yxat
tuzish talab qilinishi
mumkin. Pythonda bunday ro'yxatlar
tuples deb yuritiladi. Tuple ichidagi
qiymatlarni
bir marta, dastur boshida beriladi va so'ngra o'zgartirib
bo'lmaydi. List dan farqli ravishda, Tuple e'lon qilishda kvadrat qavslar []
o'rniga oddiy qavslar () ishlatiladi:
tomonlar = (20, 30, 55.2)
300 guruh Matematika informatika Javlonova Go’zal
print(tomonlar)
Natija: (20, 30, 55.2)
Tuple ichidagi elementlarga huddi ro'yxat elementlariga murojat qilingani
kabi murojat qilinaveradi:
toys = ('bus','car','bear','dino','snake','lizard')
print(toys[0])
print(toys[-1])
print(toys[2:5])
Natija:
bus
lizard
('bear', 'dino', 'snake')
Keling Tuple ichidagi biror elementning qiymatini o'zgartirib ko'ramiz:
toys = ('bus','car','bear','dino','snake','lizard')
toys[3] = 'dragon'
Natija: