• ROYXATNI KESISH
  • SONLI RO'YXAT USTIDA SODDA AMALLAR




    Download 459,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana11.02.2024
    Hajmi459,53 Kb.
    #154622
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    amaliy mashg\'ulot dasturlash tillari 5

    SONLI RO'YXAT USTIDA SODDA AMALLAR 
    Pythonda ro'yxatlar ustida ba'zi sodda amallarni ham bajarish mumkin. 
    Misol uchun ro'yxatdagi eng kichik sonni topish uchun min() 
    funktsiyasidan, eng katta sonni topish uchun esa max() funktsiyasidan, 
    sonlarning yig'indisini topish uchun esa sum() funktsyasidan foydalansak 
    bo'ladi: 
    narhlar = [12000, 22500, 23456, 9800, 5600, 9934, 32874] 
    arzon = min(narhlar) 
    qimmat = max(narhlar) 
    jami = sum(narhlar) 
    print("Eng arzon narh ", arzon, ". Eng qimmati ", qimmat, ". Jami: ", 
    jami) 
    Natija: Eng arzon narh 5600 . Eng qimmati 32874 . Jami: 116164 


    300 guruh Matematika informatika Javlonova Go’zal 
    RO'YXATNI KESISH 
    Ba'zida ro'yxatning ma'lum bir bo'lagini ajratib olish talab qilinishi 
    mumkin, deylik biz quyidagi cars degan ro'yxatdan birinchi 3 ta 
    elementni ajratib olmoqchimiz, buning uchun biz boshlang'ich va oxirgi 
    indekslarni beramiz: 
    cars = ['bmw','mercedes benz', 'volvo', 'general motors', 'tesla', 'audi'] 
    my_cars = cars[0:3] # 0-indeskdan boshlab 3 ta element ajratib olamiz 
    print(my_cars)
    Natija: ['bmw', 'mercedes benz', 'volvo'] 
    Diqqat! Python 2-indeksdan bitta avval to'xtaydi. Yuqoridagi misolda 
    ham 0,1,2-elementlar ajratib olindi. 
    Bu usul bilan ro'yxatning istalgan joyidan bo'lishimiz mumkin: 
    print(cars[2:5]) # 2-3-4-elementlarni ajratib olamiz (5 kirmaydi) 
    Natija: ['volvo', 'general motors', 'tesla'] 
    Agar boshlang'ich indeksni bermasangiz, Python avtomat ravishda 0 
    indeksdan boshlab kesadi. Agar 2-indeksni kiritmasangiz, ro'yxat 
    oxirigacha kesadi: 
    print(cars[:4]) # Ro'yxat boshidan 4-gacha kesadi (0,1,2,3) 
    print(cars[2:]) # 2-elementdan boshlab ro'yxat oxirigacha kesib oladi 
    Natija: 
    ['bmw', 'mercedes benz', 'volvo', 'general motors']
    ['volvo', 'general motors', 'tesla', 'audi'] 

    Download 459,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 459,53 Kb.
    Pdf ko'rish