• Dalani mashina terimiga tayyorlashda
  • A-rasm. Paxtani vertikal (a) va gorizontal shpindelli (b), valikli (v), rolikli (e) terish apparatli mashinalarda terib olish
  • B-rasm. Paxtani vertikal (a) va gorizontal (v) shpindelli terish apparati bilan terib olish jarayonlari
  • Mashina terimi uchun paxta dalalarini tanlashda




    Download 1,53 Mb.
    bet4/5
    Sana18.02.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #158506
    1   2   3   4   5
    Mashina terimi uchun paxta dalalarini tanlashda quyidagilarga alohida e‘tibor qaratiladi: paxta dalalarining o‘rtacha hosildorligi 25-30 s/ga dan kam bo‘lmasligi, tuproq unumdorligi yuqori va tekislangan bo‘lishi; begona o‘tlar, ayniqsa, o‘ralib o‘suvchi o‘simliklardan toza bo‘lishi, shakli to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida, maydoni kamida mashinaning bir kunlik ish unumiga (4-6 ga) teng bo‘lishi, uzunligi 500 metrdan kam bo‘lmasligi lozim.
    Dalani mashina terimiga tayyorlashda quyidagi tadbirlarni, ya‘ni, oxirgi kultivatsiyada olingan egatlar qator oralarining o‘rtasidan olinishi, bunda tuproq g‘o‘za tuplari tagiga surilib, uning yotib qolishiga yo‘l qo‘yilmaslik; g‘o‘za tuplarining qalinligi 1 gektarda 90-100 ming dona, har bir tupda 14-16 ta hosil shohi va 2-3 ta bo‘liq ko‘raklar paydo bo‘lganda chilpish o‘tkazish; defoliatsiya ishlarini ko‘saklarning ochilish darajasiga qarab havo harorati 14-15 dan yuqori bo‘lganda tabaqalashgan holda o‘tkazish; defoliatsiyadan 6-8 kun o‘tgach dalaning boshi va oxirida 10-12 m kenglikdagi qayrilish maydonchasidagi ochilgan paxtni qo’lda terib olish, g‘o‘zapoyadan tozalash va tekislash ishlarini sifatli qilib bajarilishi ta‘minlashdan iborat.





    A-rasm. Paxtani vertikal (a) va gorizontal shpindelli (b), valikli (v), rolikli (e) terish apparatli mashinalarda terib olish

    Paxta hosilini terib olishda asosan vertikal - tik (MX-1,8) va gorizontal (Keys-2022) shpindelli paxta terish mashinalaridan foydalaniladi.


    Ushbu mashinalar ishchi qismlarini asoslashda paxta tolasini mexanik ishchi qismga (shpindelga) o‘rab olish mumkinligi hisoblanadi.

    1- vertikal shpindellar; 2-gorizontal shpindellar; 3-qisuvchi to‘sqich; 4-vertikal
    o‘q; 5-shesternyali uzatma
    B-rasm. Paxtani vertikal (a) va gorizontal (v) shpindelli terish apparati bilan terib olish jarayonlari
    Bunda terish apparatining ishchi qismi hisoblangan vertikal shpindellar g‘o‘za poyasiga parallel holda Harakatlanib (A-rasm) paxtani o‘ziga o‘rab teradigan bo‘lsa, gorizontal shpindellar (B-rasm) esa g‘o‘za poyasiga perpendikulyar holda Harakatlanib, paxtani terib oladi.
    Paxta hosili asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan MX-1,8 rusumli tik shpindelli paxta terish mashinasi bilan terib olinadi. Paxtani terib olish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Mashina oldinga Harakatlanganda g‘o‘zapoya ko‘targich yotib qolgan g‘o‘zalarni erdan ko‘tarib terish apparati 3 ning oldingi shpindellar juftligining orasidagi tirqishga uzatib beradi.

    Download 1,53 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashina terimi uchun paxta dalalarini tanlashda

    Download 1,53 Mb.