Bitiruv ishining maqsad va vazifalari




Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana17.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#73792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Bitiruv ishi
037, Singapur ta\'lim tizimi, Elektron tijorat, GFVHJiZ40P7kyPnn2VthG5MF7aOiesruESEvpCi5 (7), 11-sinf-informatika-testlar-3, Metodbirlashma ish rejasi 2022, Pedagogika fanidan test nazorat savollari, Bolalar-psixologiyasi-oraliq-oddiy-sirtqi, Yong’indan himoyalanishning zamonaviy texnik vositalari, elektr o\'tkazuv, yo-l-harakati-xavfsizligi-tushunchasi, 4-sinf ona tili 3-choralk yillik ishlanma, Тармоқ хавфсизлиги узб, Bekchanov
Bitiruv ishining maqsad va vazifalari: Mazkur bitiruv ishining maqsad va 
vazifasi kompyuter grafikasi fanining ba`zi e`lementlarini o`qitishda 3Ds Max 
dasturidan foydalanib elektron didaktik ishlanmalar tayyorlash va ularning amaliy 
hamda uslubiy ahamiyatini ko`rsatishdan iborat. 
3D modellashtirishning xususiyatlari va ularda animasiya harakatlarni qo`shish 
imkoniyati ularga bo`lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi. Ularni: 
 namoyish effektlarini kino va videoindustriyada;
 televizion tijoratda (reklamada);
 interaktiv o`yinlarda;
 sano`t va arxitektura dizaynida (bezashda);
 ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida;
 o`rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin.



Shuni ta`kidlash lozimki uch o`lchovli grafika dasturlari kompyuter quril-
malari, uning dasturiy ta`minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda 
yuqori talablar qo`yadi. 
Uch o`lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alo-
hida e`tibor berish kerak. Bu holda an`anaviy 2D - tekislik uch o`lchovli grafika 
maqsadlariga to`g`ri keltiriladi. 3D - grafikada ishchi fazoni shunday ifodalash 
kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o`lchovli geometrik shaklni, balki 
uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch o`lchovli 
grafikada Dekart, silindrik va sferik koordirata sistemalari ishlatiladi. 
Qurilgan barcha uch o`lchovli ob`ektlarni geometrik va nogeometrik ob`ekt-
larga bo`lish mumkin. Geometrik ob`ektga asosan sahna tashkil etuvchilarini 
qurishda ishlatiladi: personajlar, jismlar, boshqa so`z bilan aytganda - mavjud 
borliq ob`ektlari. 
Nogeometrik ob`ektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish uchun (to`g`ri 
yoritish), ob`ektlarga ta`sir etuvchi kuchlarni modellashtirishda (masalan gravi-
tasiya yoki shamol esishi) va hokazolar. 
Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geometrik ob`ektlar aynan 
(chiziqlar va sirtlar ko`rinishda), nogeometrik ob`ektlar esa oraliq (soyalar, tezla-
nish va hokazo ) ko`rinishda namoyon bo`ladi. 

Download 1.52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish