Takrorlanuvchi algoritmlar




Download 201,51 Kb.
bet6/11
Sana17.12.2023
Hajmi201,51 Kb.
#121356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Algoritm mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish-fayllar.org

Takrorlanuvchi algoritmlar .Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog‘liq ko‘p marta qayta bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga tipik misol sifatida odatda qatorlarning yig‘indisi yoki ko‘patmasini hisoblash jarayonlarini qarash mumkin. Quyidagi yig‘indini hisoblash algoritmini tuzaylik.


Bu yig‘indini hisoblash uchun i=0 da S=0 deb olamiz va i=i+1 da S=S+i ni hisoblaymiz. Bu yerda birinchi va ikkinchi qadamlar uchun yig‘indi hisoblandi va keyingi qadamda i parametr yana bittaga orttiriladi va navbatdagi raqam avvalgi yig‘indi S ning ustiga qo‘shiladi va bu jarayon shu tartibda to i sharti bajarilmaguncha davom ettiriladi va natijada izlangan yig‘indiga ega bo‘lamiz. Bu fikrlarni quyidagi algoritm sifatida ifodalash mumkin:

N –berilgan bo‘lsin,
i=0 berilsin,
S=0 berilsin,
i=i+1 hisoblansin,
S=S+i hisoblansin,
i tekshirilsin va bu shart bajarilsa, 4-satrga qaytilsin, aks holda keyingi qatorga o‘tilsin, S ning qiymati chop etilsin.

6-rasm. 1 dan n gacha bo‘lgan sonlar yig‘indisini hisoblash algoritmi

Yuqorida keltirilgan algoritm va blok sxemadan ko‘rinib turibdiki amallar ketma-ketligining ma’lum qismi parametr i ga nisbatan N marta takrorlanayapti.


Yuqorida ko‘rilgan yig‘indi blok sxemalaridagi takrorlanuvchi qismlariga (aylana ichiga olingan) quyidagi sharti keyin berilgan siklik struktura mos kelishini ko‘rish mumkin. Yuqoridagi blok sxemalarda shartni oldin tekshiriladigan holatda chizish mumkin edi. Masalan, yig‘indining algoritmini qaraylik. Bu blok sxemaning takrorlanuvchi qismiga quyidagi, sharti oldin berilgan siklik strukturaning mos kelishini ko‘rish mumkin.


7-rasm. 1 dan n gacha bo‘lgan sonlar yig‘indisini hisoblash algoritmi

Blok sxemalarining takrorlanuvchi qismlarini, quyidagi parametrli takrorlash strukturasi ko‘rinishida ham ifodalash mumkin.




8-rasm. Parametrli takrorlash operatorining umumiy ko‘rinishi

Parametrli takrorlash operatoriga misol sifatida berilgan x=1,2,3,.....10 larda  funksiyasining qiymatlarini hisoblash blok sxemasini qarash mumkin.




9-rasm. Parametrli takrorlash operatoriga doir algoritm



Download 201,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 201,51 Kb.