|
4. Algoritm mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish
|
bet | 5/11 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 201,51 Kb. | | #121356 |
Bog'liq 4. Algoritm mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish-fayllar.orgChiziqli algoritmlar. Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
2-rasm. Chiziqli algoritmlar blok - sxemasining umumiy strukturasi
Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.
3-rasm. Tarmoqlanishning umumiy ko‘rinishi
Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, r-berilgan shart. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha a amal, shart bajarilmasa "yo‘q" tarmoq bo‘yicha b amal bajariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmga tipik misol sifatida quyidagi sodda misolni qaraylik.
1- Misol:
Berilgan x ning qiytmatiga bog‘lik holda, agar u musbat bo‘lsa «ha» tarmoq bo‘yicha y=x2 funksiyaning qiymati, aks holda
y=-x2 funksiyaning qiymati hisoblanadi.
4-rasm. Interval ko‘rinishidagi funksiya qiymatini hisoblash algoritmi
Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog‘idan bittasining, ya’ni yoki «ha» yoki «yo‘q» ning bajarilishi yetarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin. Aylanish strukturasi quyidagi ko‘rinishga ega:
5-rasm. Aylanish strukturasining umumiy ko‘rinishi
|
| |