4. Algoritm mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish




Download 201,51 Kb.
bet2/11
Sana17.12.2023
Hajmi201,51 Kb.
#121356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Algoritm mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish-fayllar.org

3. Algoritm tushunchasi.

Hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga ilob keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so’zi bilan ifodalanadi.

Algoritm so’zi IX asrda yashab o’z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Muso Al Xorazmiz (783-850) nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag’ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda k’chirilgan yagona qo’lyozma nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola lotin tilida “Dixit Algoritmi”, ya’ni “Dediki al-Xorazmiy” iborasi bilan bashlanadi.

…Yevropada bunday qoidalar uning tug’ilgan yurtiga nisbatan lotinlashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida “algoritzm” deyilgan) keyinchalik “algoritm”ga aylangan. (akademik A.N.Kolmogorov).

Fanga “Yevklid algoritmi”, “G’iyosiddin Koshiy algoritmi”, “Laure algoritmi”, “Markov algoritmi” deb ataluvchi algoritmlar ma’lum. Algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan Algoritmlar nazariyasi paydo bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasida bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash markazlarida Algoritmdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Masalan, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O’zbekistondagi barcha universitetlarda, Toshkent davlat texnika institutida, O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo’ladi.



Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

Download 201,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 201,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4. Algoritm mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish

Download 201,51 Kb.