|
Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar
|
bet | 7/11 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 201,51 Kb. | | #121356 |
Bog'liq 4. Algoritm mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish-fayllar.orgIchma-ich joylashgan siklik algoritmlar . Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi.
Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.
Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.
4. Algoritm mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish;
ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o’rganilishi;
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Algortim mavzularini o’tayotganda xoxlagan interfaol metoddan foydalanish mumkin. Ko’proq masalalarga algoritm tuzayotganda hamjihatlikda, bir nechta javob variantlaridan to’g’risi tanlab bilishi uchun qo’l keladigan metodlardan foydalansa yaxshi bo’lardi.
Bunday metodlardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz:
G`oyaviy charxpalak
Ta’rifi
Kichik guruhning (4-5 kishidan iborat) har bir ishtirokchisiga toza oq varaq beriladi va bir xil savol beriladi (zarur bo`lganda o`qituvchi guruhning har bir ishtirokchisi uchun turli savollarni tayyorlashi va taklif qilishi mumkin). Barcha ishtirokchilar og`zaki fikr almashmasdan, o`zlarining varaqlarida savollarga bo`lgan javoblarning o`z-o`zidan aqlga kelib qoladigan ifodalarini yozadilar.
Ifodalar yozilgan varaqlar vaqt tanqisligi sababli soat millarining harakatlanishi bo`yicha kichik guruhdagi qo`shnilarga uzatiladi. Bunday varaqni olgandan so`ng har bir ishtirokchi varaqda mavjud yozuvlarni takrorlamasdan, yangi yozuv kiritishi lozim. Har bir ishtirokchining varag`i yana o`ziga qaytib kelgandan so`ng ish yakunlanadi. Ushbu bosqichda yozuvlar tahlil qilinmaydi, baholanmaydi va tanlab olinmaydi (ushbu uslubiyatning «aqliy hujum» bilan ayrim o`xshashligi ana shunda namoyon bo`ladi).
Kichik guruhlarda ishtirokchilar tomonidan ifodalangan javoblar va takliflarning muhokamasi o`tkazilib, ularning eng muhimlari va dolzarblari yakuniy ro`yxatga kiritiladi.
Kichik guruhlar ishlanmalarining natijalari bilan almashish. Barcha kichik guruhlar navbatma-navbat yakuniy ro`yxatdan o`z ifodalarini taklif etadilar. Agar bu ifoda yuzasidan boshqa guruhlar e’tiroz bildirmasalar u oxirgi ro`yxatga kiritiladi.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari
Taklif etilgan masalalarni izchil muhokama qilishni tashkil etish, so`ng jamoa bo`lib qarorni qabul qilish; bilimlarni dolzarblashtirish va mavjud tajribani aniqlash.
Idrok xaritasi metodi
Idrok xaritasi adabiyotda turli nomlar bilan uchraydi. “Idrok xaritasi”, “Konsetul xarita”, “Kartografiya kontseptsiyasi”, “Intellekt-xarita”-fikrlarni taqdim qilish va bog’lash usuli.
Idrok xaritasi o’quvchilarda tasavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, o’tilayotgan mavzudagi bosh g’oyalar yoki asosiy tushunchalarni, birlamchi tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi va uchlamchi g’oyalar yoki tushunchalarni ajratish ko’nikma va malakalarini shakllantirish qaratilgan.
Taklif etilayotgan usul yangi bilim va axborotlarni konspektlashtirishning standart chizmasini ishlashga xizmat qiladi va darsning uzundan uzoq konspektini yozish yukidan xalos etadi. Xaritani tuzish o’quvchiga:
Asosiy, ikkilamchi, uchlamchi (va h.k.) shoxchalar (chiziqlar) ni ishlatish hisobidan tartibda mazuning asosiy g’oyalarni strukturalashga;
Ravshan va rangli obrazlar orqali g’oyani kuchaytirishga;
Ular orasidagi bog’liqlikni namoyish etishga;
Rang,shrift razmeri, bo’rtirish va h.k.lar bilan kontseptsiyalarni ajratishga;
Maxsus belgilar yordamida g’oyalarni baholash va izohlashga imkon beradi.
Uchta to`g`ri va bitta noto`g`ri
Ta’rifi
Har bir ishtirokchi bir varaq qog`ozda o`rganilayotgan yoki o`rganilgan mavzu bo`yicha uchta to`g`ri fikr va bitta noto`g`ri fikrni yozadi. Ishtirokchilar juftliklarga to`planadilar, varaqlar bilan almashadilar va qaysi fikr noto`g`ri bo`lgan ekanligini aniqlaydilar.
Foydalanish doiralari
Uy ishini tekshirish vaqtida, tabiiy va aniq fanlarda mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
Afzalliklari
Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish ko`nikmasini ishlab chiqadi, bolalarni xato topish va fikrlarni ifodalashga o`rgatadi, o`qituvchiga o`quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.
Impuls – plakat
Ta’rifi
Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», Biz bu yerda oxiriga yetkazilmagan masalaning yechimini topishni berishimiz mumkin. Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, o`quvchilarning bilimlari, qiziqishlarini tekshirish va aniqlash uchun.
Afzalliklari
Anonimlik o`quvchilar boshqa vaziyatda sukut saqlashni afzal ko`rib aytmagan fikrlarini bayon etishga yordam beradi. Bu mashqda bayon etilgan umidlar va istaklar o`qituvchiga kelgusida mashg`ulotlarni rejalashtirish va o`tkazish vaqtida o`z harakatlarini to`g`rilashga imkon beradi.
|
| |