4-amaliy mashgulot. Mavzu: Adobe Photoshop dasturida ranglar va qatlamlar bilan ishlash va maxsus effektlar yaratish
4-amaliy mashgulot.
Mavzu: Adobe Photoshop dasturida ranglar va qatlamlar bilan ishlash va maxsus effektlar yaratish.
Reja:
1. Grafik ob’ektlarda ranglar va qatlam (слой) lar bilan ishlash.
2. Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratishnig yo‘llari.
1. Grafik ob’ektlarda ranglar va qatlam (слой) lar bilan ishlash.
Qatlam deganimizda obyektlar joylashtir-iladigan plyonkasimon tekislikni tushunamiz. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan siljitish, o'chirish, ekranda ko'rsatish va bosmadan chiqarishga bog'liq bo'ladi. CorelDraw dasturida hujjat yaratilganda to'rtta qatlam bo'ladi: birinchi qatlam - tasvir tushadigan (Layer 1), ikkinchisi - (Master Grid) tori (setka) uchun, uchinchisi - (Master Guides) yo'nalish uchun va to'rtinchi - «ish stoli» (Master Desktops) uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Yangi qatlamlarni qo'shish obyektlar bilan ishlashda qiyinchilik tug'dirmaydi. Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomda bo'ladi. Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko'rinmas holga kelib qolsa, boshqa sahifalardagi qatlamlar ham ko'rinmas holda bo'ladi. Shu bilan birga barcha sahifada qatlarmarning joylashish tartibi ham birdan o'zgaradi.
Layers – Qatlam (Слой) paneli, faylda mavjud barcha qatlamlar xaqida ma`lumot beradi, ularni uchirish, nusxa olish va xususiyatlarini uzgartirish imkonini yaratadi. Har safar yangi faylni yaratish jarayonida muloqot oynasi ochilib foydalanuvchidan quyidagi parametrlarni kiritish talab qilinadi:
Yangi tasvir yaratganda tasvir foni tiniq rangda bo'lmaydi. Layers (Слои) palitrasi qatlamlarni qo'shish, o'chirish, ko'rinadigan/ ko'rinmas holga olib kelish, nusxalash, guruhlash, bog'lash va forming yuqori qismida joylashgan qatlamlarni joylashish tartibini o'zgartirishi kerak. Har bir qatlamga o'zining aralashtirish rejimi va tiniqlilik rejimlari mos kelib va har bir qatlamni boshqa qatlamlarga to'liqsiz turda muharrirlash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Shu bilan birga qatlamlarni maskaga (mask) bog'lasa ham bo'ladi. Standart turdagi qatlamlardan tashqari, Photoshop dasturida ikki xil turdagi qatlamlarni ham yaratsa bo'ladi: korrektirovkalanadigan qatlam (adjustment layer), bu vaqtincha ranglardan foydalanishda yoki qatlamdagi rangni korrektirov-kalaganda ishlatiladi; va muharrirlanadigan matn qatlami (editable type layer), bu Type (Tekst) yoki Vertical Type (Vertikalnыy tekst) instrumentlarini ishga tushirganda avtomatik ravishda paydo bo'ladi. Agarda qatlamga qandaydir effekt ishlatilsa (masalan, Inner Glow(Vnutrennee svechenie), Drop Shadow (Otbrosit ten)), qatlam nomi enida effekt piktogrammasi va uchib chiquvchi menyudan chaqirish tugmasi chiqadi.
Faqat joriy qatlamnigina muharrirlasa bo'ladi (tanlangan yoki joriy). Qatlamni tanlash uchun Layers palitrasidan qatlam nomiga sichqoncha yordamida chertish
kerak.
Yangi qatlamdagi eng pastki qatlam foni tiniq bo'lmagan holatidan tiniq holatiga o'tkazish uchun Contents (Содержание) guruhidagi muloqot oynasidan, Transparent (Прозрачный) ga bayroqcha qo'yish kerak. Bu menyuning File - New (Файл - Новый) buyrug'i yordamida chaqiriladi.
|