Mustaqil ishi-1
Mavzu:
Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi.
Ishning
Zamonaviy axborot texnologiyalarining o’quv-texnik vositalar:
maqsadi:
kompyuter
sinflari, multimedia proektorlari, elektron
doskalar va ulardan foydalanish imkoniyatlari bilan
tanishish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Zamonaviy kompyuterlarning barchasi Fon
Neyman tamoyillari asosida
yaratilgan, ya’ni ularning barchasi bir xil funksional tuzilmaga ega. Kompyuter
konfiguratsiyasi deb uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar ro’yxatiga va bu
qurilmalarning asosiy parametrlariga aytiladi.
Zamonaviy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan.
Reja:
1. Tizimli blok;
2. Monitor;
3. Klaviatura va sichqoncha.
Tizimli blok kompyuterning barcha ichki qurilmalarini o’zida jamlovchi va
barcha ichki qurilmalarni bir me’yorda ishlatib turuvchi qurilma xisoblanadi.
Monitor matnli va grafik ko’rinishdagi axborotlarni ko’rsatib beruvchi
qurilma. Kompyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, u ma’lumotlarni
foydalanuvchi
uchun qulay ko’rinishda tasvirlab bera olmasa, undan hech qanday foyda yo’q.
Foydalanuvchi kompyuterdagi ma’lumotlarni asosan, monitor orqali oladi. Monitor
ma’lumotlarni chiqarish qurilmasi hisoblanadi.
Hozirgi paytda sensorli (sezgir) ekranli monitorlar ham ishlab chiqarilsada,
ular shaxsiy kompyuterlarda hozircha keng tarqalmagan. Bunday sensorli
ekranlardan
telefonlarda, bookreader (elektron kitoblarni o’qish uchun
mo’ljallangan qurilmalar), sotuv avtomatlarida va ba’zi noutbuklarda foydalaniladi.
Sensorli ekranlarda sichqoncha vazifasini foydalanuvchi barmoqlari bajaradi.
Ularda biron ob’ektni sichqoncha yordamida chertish o’rniga ekrandagi shu ob’ektni
barmoq bilan chertish etarli.
Monitorlar birinchi navbatda ularda ekran sifatida nima ishlatilishi bilan
farqlanadi. Dastlab monitorlar elektron nurli trubkalardan foydalanganlar. Ular CRT
(Color Ray Tube – rangli nur trubkalari) deb nomlanadi. Ularda ekrandagi tasvir
elektron nur yordamida yaratiladi. Rangli tasvir yaratish uchun bunday trubkalarda
bir vaqtda uchta nurdan foydalaniladi. Bu nurlar asosiy ranglar deb ataluvchi: Red
(qizil), Green (yashil) va Blue (ko’k) ranglarga mos keladi. Uchta asosiy ranglarni
qo’shib, tabiatda uchraydigan deyarli barcha ranglarni yaratish mumkin. Shu sababli,
monitorlarda rang hosil qilish va rangli tasvirlarni saqlashning ba’zi sistemalari RGB
qo’shiluvchi ranglar sistemasi deb ataladi. CRT monitorlari hozircha keng tarqalgan
bo’lsa-da, bugungi kunda deyarli ishlab chiqarilmaydi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan monitorlarning deyarli barchasi suyuq
kristalli monitorlardir. Dastlab, bundan qirq yil
oldin elektron soatlar va
kalkulyatorlarda foydalanilgan suyuq kristallar hozir deyarli barcha tasvirlarni aks
ettiruvchi qurilmalarda ishlatiladi. LCD (Liquid Crystal Display – cuyuq kristalli
displey) deb ataluvchi bu monitorlar foydalanuvchilar orasida o’zining tashqi
o’lchamlari sababli yassi monitor deb ham ataladi. Bu monitorlarda odatda suyuq
holda bo’ladigan, lekin elektr toki ta’sirida kristallana oladigan va rangini
o’zgartiradigan moddalardan foydalaniladi.
Yana bir monitorlarning
turi bu plazmali
monitorlardir. Ularning ishlash tamoyili shimoliy qutb
yog’dusiga o’xshab ketadi. Bu monitorlarda gaz yuqori
haroratli plazma ko’rinishida bo’ladi va ulardan elektr
toki o’tganda o’zidan yorug’lik nuri chiqaradi. Bu
monitorlarda
tasvir
elementlari
(piksellarning)
o’lchamlari
ancha
katta
bo’lib,
ularni
kichiklashtirishning deyarli iloji yo’q. Shu sababli,
bunday monitorlarning o’lchamlari bir necha metr bo’lib, ular shaxsiy
kompyuterlarda deyarli foydalanilmaydi.
So’nggi paytda yarim o’tkazgichli fotodiodlardan foydalanadigan monitorlar
keng ishlab chiqarila va narxlarning pasayishi sababli ommaviylasha boshlandi.
Bunday monitorlar LED (Light Electronic Diode – yarim o’tkazgichli fotodiod) deb
nom olgan. Suyuq kristallar yorug’lik manbasidan chiqayotgan nurlarni o’tkazsa,
fotodiodlarning o’zi yorug’lik manbasidir. Shuning
uchun bu monitorlarning bir
qator parametrlari, birinchi navbatda tasvirning kontrastligi boshqa turdagi
monitorlarga nisbatan juda yuqori.
Ular LCD va plazmali monitorlarning kamchiliklari: ko’rinish burchagining
kichikligi,
ekrandagi tasvir kontrastligi va yorqinligining nisbatan pastligi kabi kamchiliklardan
holi.
Fotodiodli (boshqacha nomi nurli diodli) monitorlarning o’lchami 12
dyuymdan 200 dyuymgacha bo’lishi mumkin. Katta o’lchamli (masalan, 4X3m2)
monitorlar hozirgi kunda ko’chalarda ko’plab uchraydi. Ular, xattoki, quyosh nurlari
ostida ham yaqqol ko’rinadigan tasvirlar yarata oladilar.
Monitorlar o’lchamlarining nisbati bilan ham farqlanadi. CRT monitorlarning
o’lchamlari nisbati 4X3 kabi. Dastlab LCD monitorlarning nisbati 4X3 kabi bo’lgan
bo’lsa, keyinchalik maishiy kinoteatrlarining keng tarqalishi sababli, 5X3
nisbatdagi, so’ngra 16X9 nisbatdagi monitorlar ommaviylashib ketdi.
Monitorlarning yana bir muhim parametri ularning o’lchamlaridir.
Monitorlarning o’lchamlari televizorlardagi kabi ularning diagonali uzunligi bilan
o’lchanadi, bunda o’lchov birligi sifatida dyuymdan foydalaniladi. Bir dyuym 2,56
smga teng. Dastlab 12 va 14 dyuymli monitorlar ishlab chiqilgan bo’lsa, keyinchalik
15 va 17 dyuymli, oxirgi paytda 19 va 22 dyuymli monitorlar urf bo’ldi. Hozirgi
paytda 32 va 42 dyuymli monitorlar ham ishlab chiqariladi.
Monitorlarning yana bir muhim parametri undagi piksellar sonidir.
Bu son
undagi ustunlar va satrlar soni orqali aniqlanadi, masalan 640X480. 4X3 nisbatdagi
monitorlar uchun piksellar soni 800X600, 1024X768, 1280X960, 1600X1200
bo’lishi mumkin.
Keng formatli (16X9 o’lchamli) monitorlar uchun piksellar soni 1280X720 ga (HD
– High Definition – yuqori aniqlikdagi) teng. Hozirgi paytda piksellari soni
1920X1080 ga teng (Full HD – to’liq HD) monitorlar ham ko’plab
ishlab
chiqarilmoqda.