Mustaqil ishi-1 Mavzu: Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana25.11.2023
Hajmi0,78 Mb.
#105542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ishilar

DDR  
CDRAM  
Standart  
Internal 
rate  
(MHz)  
Bus click 
(MHz)  
Prefetch  
Date rate 
(MT/s)  
Transfer 
rate  
(GB/s)  
Voltage 
(V)  


CDRAM 100-166 100-166
1n
100-166
0.8-1.3
3.3
DDR
133-200 133-200
2n
266-400
2.1-3.2
2.5/2.6
DDR2
133-200 266-400
4n
533-800
4.2-6.4
1.8
DDR3
133-200 533-800
8n
1066- 
1600
8.5-14.9 1.35/1.5
DDR4
133-200
1066- 
1600
8n
2133- 
3200
17-21.3
1.2
Vinchestr o’zbek tilida qattiq disk yurituvchi, rus tilida жёсткой диск, ingliz 
tilida HDD Hard Disk Drive. Qattiq disk kompyuter xotirasiga kiritilgan matnli, 
ovozli, grafik va video ko’rinishidagi axborotlarni o’zida saqlovchi qurilma. Tezkor 
xotiraning bitta kamchiligi kompyuter o’chirilganda undagi barcha ma’lumotning 
o’chib ketishidir. Shuning uchun barcha kompyuterlar boshqa turdagi xotira bilan 
ham ta’minlanadi. Bu xotira tezkor xotiradan ko’ra sekinroq ishlasa ham, ko’proq 
sig’imga ega bo’lishi va elektr ta’minotiga bog’liq bo’lmasligi kerak. Bunday tashqi 
xotiralarning barchasi disklar deb ataladi. Ularning bir necha turlari yaratilgan 
bo’lsada, ulardan eng ommaviysi vinchester rusumidagi tashqi xotiradir.
Vinchesterlar germetik (butunlay havo o’tkazmaydigan) yopiq korpusga 
joylangan, magnitlana oladigan qatlamga ega disklardir. Bitta korpusga bitta yoki 
bir nechta bunday disklar o’rnatilsa-da, ular foydalanuvchi uchun bitta disk bo’lib 
ko’rinadi. Vinchester jismonan yaxlit disk deb qaraladi, undagi disklar esa tsilindr 
yoki kallaklar deyiladi, tsilindr halqasimon yo’lchalardan tashkil topadi, yo’lchalar 
esa o’z navbatida sektorlarga ajratiladi.
Mantiqan vinchester ixtiyoriy sig’imli bo’limlarga ajratiladi va bu 
bo’limlarning har birida bittadan mantiqiy disk joylashadi. Disklarda ma’lumotlar 
fayl ko’rinishida saqlanadi. Fayllar esa klasterlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Klaster bir necha sektorlardan iborat bo’ladi. Klasterdagi sektorlar soni barcha 
klasterlar uchun bir xil bo’ladi. Faylning hajmiga qarab unga kerakli sondagi 
klasterlar ajratiladi. Faylning oxirgi klasterida qolgan bo’sh joy boshqa fayllarga 
berilmaydi.
Hozirgi paytda sig’imi 80, 120, 160, 250, 320, 500, 640, 750, 1000, 1500, 
2000 GB bo’lgan vinchesterlar sotuvda bor. Vinchesterlarning korpusi eni 3,5 
dyuymga teng bo’lib, ularni joylash uchun kompyuter korpusida maxsus joy 


ajratilgan. Noutbuk kompyuterlari uchun ishlab chiqariladigan vinchesterlarning eni 
2,5 dyuymga teng bo’ladi.
Vinchesterlar bilan ma’lumot almashishni tezlashtirish maqsadida ularda 
electron mikrosxemalarga joylangan bufer (oraliq) xotiralar bo’ladi. Bu xotira tezkor 
xotira kabi tez ishlaydi, uning sig’imi unchalik katta bo’lmay, 8, 16, 32 MB bo’lishi 
mumkin.
Vinchesterlarning tezligi uning disklarining aylanish tezligiga ham bog’liq. Disklar 
minutiga 5400, 7200 yoki 10000 marta aylanishi mumkin. Hozirgi paytda vinchester 
disklarining aylanish tezligi asosan 7200 ayl/min ga teng. 5400 ayl/min tezlikdan 
faqat noutbuk kompyuterlari uchun mo’ljallangan ba’zi vinchesterlarda 
foydalaniladi. 10000 ayl/min tezlik esa server kompyuterlar uchun mo’ljallangan 
vinchesterlarda ishlatiladi.
Vinchesterlarni kompyuterning asosiy platasiga ulash uchun bir necha 
standartlardan foydalaniladi. IDE (Imbedded Drive Electronics – ulanadigan va 
boshqariladigan electron qurilmalar) shinasi 15 yil xizmat qildi va bu shina uchun 
mo’ljallangan vinchesterlar hozirgi paytda deyarli ishlab chiqarilmayapti. SATA, 
ya’ni Serial ATA (ketma-ket ATA) oxirgi paytda ommaviylashib ketgan shina bo’lib, 
unda ma’lumotlar ketma-ket, ya’ni bitma-bit uzatiladi. SATA shinasiga 
vinchesterlardan tashqari optik disk yurituvchilarni ham ulash mumkin.
Avvallari optik disk yurituvchilar ham IDE shinaga ulanar edi. Hozir IDE 
shinasi PATA – Parallel ATA (Advanced Technologies Attachment – ilg’or 
texnologiyali ulanish) deb atala boshlandi. Bu shinada bir vaqtda baytning sakkizta 
biti parallel ravishda sakkizta sim orqali uzatiladi.
Hozirgi paytda multimediali axborot: qo’shiqlar, kliplar, kinofilmlarning 
ommaviylashuvi, televidenie va videoning yangi standartlari vujudga kelishi bilan 
katta sig’imli axborot tashuvchilarga ehtiyoj oshib bormoqda. Bu o’z navbatida 
portativ (olib yuriladigan) vinchesterlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu 
qurilmalarni nafaqat kompyuterga, balki video pleerlar, musiqa va media markazlari, 
sun’iy yo’ldosh televideniesini qabul qiluvchi tyunerlar, video va fototexnikaga 
ulash mumkin.
Texnologiyalarning rivojlanishi bilan vinchesterlar o’rnini bosuvchi SSD


(Solid State Disc – qattiq holatdagi disklar) paydo bo’ldi va ommaviylashib 
bormoqda. Ularda axborot electron mikrosxemalarda saqlanadi. Bu mikrosxemalar 
tezkor xotira mikrosxemalari kabi bo’lib, ulardan farqli ravishda elektr ta’minotidan 
uzilganda ham o’zidagi axborotni saqlab qola oladi.
Ishlash tamoyiliga ko’ra bu disklar quyida ko’rib chiqilgan flesh xotira 
qurilmalariga o’xshab ketadi. Lekin ularning kamchiliklari bartaraf qilingan: xotira 
sig’imi va o’qish-yozish tezliklari ancha katta. Bu disklar vinchesterlardan farqli 
ravishda mexanik qurilmalar: motor, aylanuvchi disk va harakatlanuvchi 
kallaklardan holi. Bu esa ularning ishonchliligini oshiradi, o’lchamlarini 
kichiklashtirish va energiyani kamroq iste’mol qilish imkonini yaratadi. Yaqin orada 
bunday qurilmalarning vinchesterlar o’rnini to’liq egallashi kutilmoqda.

Download 0,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishi-1 Mavzu: Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi

Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish