Mustaqil ishi-1 Mavzu: Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana25.11.2023
Hajmi0,78 Mb.
#105542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ishilar

1. Ovoz platasi;
2. Videoplata;
3. Mahalliy tarmoqqa kartasi (LAN card).
Bu qurilmalar asosiy plataga joylangan deyiladi, bu va boshqa qurilmalarini 
asosiy plataning slotlariga ham o’rnatish mumkin. Bunday qurilmalar ichki 
qurilmalar (korpus ichidagi) deb ataladi. Bundan tashqari, qurilmalarni asosiy 
plataning korpus tashqarisiga chiqarilgan raz’emlariga ham ulash mumkin. Bunday 
qurilmalar, masalan flesh xotira tashqi qurilmalar deb ataladi. Asosiy plataning 
tashqi ko’rinishi va uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar quyidagi rasmda keltirilgan. 
Rasmdan ko’rinib turibdi-ki, asosiy plata kompyuterning eng murakkab qismlaridan 
biri.
Asosiy plataning murakkab qismlaridan biri uning shinasidir. Dastlabki 
kompyuterlarda barcha ichki va tashqi qurilmalarni ulash uchun bitta shinadan 
foydalanilar edi.
Hozirgi paytda shinalar tashqi qurilmalarning ishlash tezligiga qarab turli 
toifalarga ajratiladi va ular uchun turli tezliklardagi shinalar ishlab chiqilgan.


Asosiy plataning ikkita katta mikrosxemasi aynan shinalar uchun 
mo’ljallangan. Ular ko’priklar deb ataladi. Shimoliy ko’prik o’ta tezkor qurilmalar: 
tezkor xotira va videoprotsessorni ulash uchun ishlatiladi. Janubiy ko’prik nisbatan 
sekin ishlaydigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, PCI, SATA, USB 
slotlarga ulanadigan qurilmalarga xizmat ko’rsatadi.
Shinalar haqida gap ketganda mikroprotsessorlarning bir jihatiga alohida 
to’xtalish lozim. Mikroprotsessorlar kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalarni 
boshqarish uchun vaqti-vaqti bilan o’z ishini to’xtatib turadi. Bu to’xtashlar 
uzilishlar deb ataladi. Uzilishlar ikki turga bo’linadi. Birinchilari davriy uzilishlar 
deb ataladi va ular ma’lum vaqtdan keyin takrorlana beradi. Ikkinchilari talabga 
ko’ra uzilishlar deb ataladi.
Davriy uzilishlar mikroprotsessor e’tiborini doimiy talab qiladigan qurilmalar 
uchun mo’ljallangan. Masalan, klaviaturadan ma’lumot doimiy ravishda kiritiladi. 
Shu sababli, mikroprotsessorlar har sekundda 50 marta (har 20 millisekundda) 
klaviaturada biron tugma bosilganligini tekshirish uchun o’z ishini to’xtatadi. 
Bundan tashqari, har sekundda 18900 marta (har 21 mikrosekundda) protsessor o’z 
ishini to’xtatib tezkor xotiraga murojaat qiladi. Tezkor xotira shunday tuzilgan-ki, 
unga 50 mikrosekund davomida murojaat qilinmasa, uning yacheykalaridagi zaryad 
so’nadi va undagi ma’lumot o’chib ketadi.
Hozirgi paytda klaviatura va tezkor xotiraga ko’priklar orqali xizmat 
ko’rsatilsa-da, doimiy uzilishlar eski dasturlarning to’g’ri ishlashi uchun saqlab 
qolingan va ulardan dastur yaratishda foydalanish mumkin.


Biron bir qurilma o’ziga xizmat ko’rsatilishini hoxlasa, u boshqarish shinasiga 
talabga ko’ra uzilish signalini jo’natadi. Bu signalni olgan mikroprotsessor o’z ishini 
to’xtatib unga xizmat ko’rsatadi. Har bir qurilmaning o’z drayveri (unga xizmat 
ko’rsatuvchi dasturi) bo’lib, uzilish paytida shu drayver ishga tushadi.
Talabga ko’ra uzilishlardan mikroprotsessorlar bir vaqtda ko’p masalalar bilan 
shug’ullanishda foydalanadilar. Bir vaqtda o’nlab jarayonlar bilan ishlayotgan 
mikroprotsessor bir jarayon bilan ishlashni uzib, ikkinchisi bilan ishlay boshlaydi, 
keyin ikkinchisini ham vaqtincha to’xtatib uchinchisiga o’tadi. Bu o’tishlar tez-tez 
bajarilgani uchun foydalanuvchiga barcha jarayonlar parallel ravishda (bir vaqtda) 
bajarilayotgandek tuyuladi.
Zamonaviy kompyuterlarning bir vaqtda bir necha masalalar bilan shug’ullana 
olishi ularning ishlashlarini juda barqarorlashtirishi bilan birga, foydalanuvchilarga 
ham bir qator qulayliklar tug’diradi. Kompyuterda xujjat yarata turib, bir vaqtda 
musiqa eshitish, internetdan yangi kitobni yuklash va boshqa ishlarni bajarish 
mumkin.
FSB (Face Side Bus – old tomon shinasi) shimoliy ko’prik shinasi bo’lib, 
tezkor xotira uchun mo’ljallangan. U kompyuterning takt chastotasini ikkilantirish 
asosida vujudga keladi.
Shimoliy ko’prik mikroprotsessor uchun ham takt chastotasini ishlab 
chiqaradi. U kompyuter chastotasini biron songa ko’paytirish asosida yaratiladi. 
Masalan, mikroprotsessorning chastotasi 1,8 GigaGerts, kompyuterning takt 
chastotasi 100 MegaGerts bo’lsa, u 18 ga ko’paytiriladi. Agar mikroprotsessor 
chastotasi 2,4 GG bo’lsa, kompyuterning takt chastotasi 24 ga ko’paytiriladi. 
Shimoliy ko’prik videokarta ulanadigan PCI E (Peripheral Components Interface 
Express – tezkor tashqi qurilmalar interfeysi) shinasiga ham xizmat ko’rsatadi. Bu 
shina chastotasi 16 martagacha ko’paytirilishi mumkin.
Janubiy ko’prik USB (User’s Serial Bus – Foydalanuvchi uchun ketma-ket 
shina), IDE (Interface for Data Exchance – axborot almashuvi uchun interfeys), P
CI va SATA shinalari uchun ham xizmat ko’rsatadi.
Kompyuter texnikasini ishlab chiqishdagi raqobat uning konfiguratsiyasida 
ham bir qator o’zgarishlar bo’lishiga olib kelmoqda. Ilgari tashqi yoki ichki qurilma 
sifatida ishlab chiqilgan bir qator qurilmalar asosiy plataga joylana boshlagan bo’lsa, 
endi asosiy plataning bir necha vazifalari protsessor zimmasiga yuklanishi 
kutilmoqda. 32 nanometrli (mikrosxemadagi tranzistorlarning o’lchami) 
texnologiya asosida yaratilgan mikroprotsessorlar grafik videoprotsessor vazifasini 
bajaruvchi grafik yadro(lar)ga ega bo’lishi bilan birga, shimoliy ko’prik vazifasini 
bajaruvchi mikrosxemani ham o’z ichiga oladi. Janubiy ko’prik ham tez orada 
mikroprotsessor tarkibiga kirishi kutilmoqda. Bunday mikroprotsessorlar 2011 yilda 
ishlab chiqariladigan kompyuterlarda keng qo’llanilishi ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan ta’kidlanmoqda.

Download 0,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishi-1 Mavzu: Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi

Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish