Mustaqil ishi-1 Mavzu: Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana25.11.2023
Hajmi0,78 Mb.
#105542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ishilar

1. 
Keys;
2. 
Elektr ta’minoti bloki;
3. 
Asosiy plata;
4. 
Mikroprotsessor;
5. 
Mikroprotsessor sovutuvchi;
6. 
Tezkor xotira;
7. 
Vinchestr;
8. 
Video karta;
9. 
Tarmoq karta. Korpus keys kompyuterning ichki qurilmalarini o’zida 
jamlovchi va ximoya korpusidir. Kompyuter korpuslari odatda tik va yotiq 
ko’rinishda bo’ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta 
turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o’rta, 16 dyuym), mini (kichik, 
13 dyuym). Ulardan birinchisi odatda serverlar va o’ta kuchli kompyuterlar, 
ikkinchisi ommaviy kompyuterlar, uchinchisi arzon kompyuterlar uchun 
mo’ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past bo’lib, ular odatda ustiga 
monitor qo’yishga mo’ljallangan.
Keyingi paytda super mini tower va monoblok deb ataluvchi korpuslar 
ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan 
ular kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi 
dizaynidir. Super mini tower korpuslarining balandligi boshqa korpuslarning 
balandligidan 2-3 marta kam. Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz 
kechilgan. Unda barcha qurilmalar monitor korpusiga joylanadi. Kompyuter korpusi 
mustahkam bo’lishi kerak. Unga bir necha ventilyatorlar o’rnatiladi va ular kuchli 
tebranishlarga sabab bo’ladi. Bu tebranishlar vinchester turidagi disklar uchun juda 
xavfli. Korpus karkasi kuchli bo’lsa, ventilyatorlarning tebranishi korpusning 
tebranishiga olib kelmaydi. Korpusning yana bir muhim jihati uning qanday asosiy 
platalarga mo’ljallanganligidir. Korpuslarning bu jihati form faktor deb ataladi. AT 
deb atalgan korpuslar o’z o’rnini AT-X deb nom olgan korpuslarga bo’shatib berdi.
Korpuslar ularga o’rnatilgan elektr ta’minoti blokining quvvati bilan ham 
farqlanadi. AT korpuslaridagi ta’minot bloki quvvati 100 – 300 Vatt bo’lsa, AT-X 
korpuslarida bu ko’rsatkich 350 – 500 Vattga teng. Ta’minot bloklari 5 va 12 Volt 
kuchlanishli elektr toklarini ishlab chiqaradilar. Ilgarilari mikroprotsessorlarga ham 
5 voltli kuchlanishli elektr toki berilardi. Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni 


oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 volt 
kuchlanish avval 3 voltgacha, so’ng 1,1 voltgacha kamaydi.

Download 0,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishi-1 Mavzu: Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi

Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish