Video karta zamonaviy kompyuterlar uch o’lchovli grafika, yuqori sifatli
video bilan ishlaydi. Bu ulardan ekranga chiqariladigan murakkab axborotni tezda
qayta ishlay olishini talab qiladi. Shu sababli, videoprotsessorlar hisoblash ishlarini
bajara olish quvvati bo’yicha allaqachon markaziy mikroprotsessorlardan o’zib
ketdilar. Ulardagi tranzistorlar soni mikroprotsessordagidan bir necha barobar ko’p
bo’lishi mumkin. Hozirgi videoprotsessorlarning razryadlari soni 128 dan kam
emas, 256 va xatto 384 razryadli videoprotsessorlar ham mavjud.
Videoprotsessorlar o’z tezkor xotiralariga ham ega bo’ladilar. Bu videoxotira sig’imi
256 MB dan 2 GB gacha bo’lishi mumkin.
Videoprotsessorlarning bu quvvatidan oddiy-hisob kitoblarda ham
foydalanish mumkin. Maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot yordamida
videoprotsessorda 80 xonali (o’nli sanoq sistemasida) aniqlikda matematik hisob
ishlari bajariladi.
Hozirgi paytda videoprotsessor o’rniga PCI Express slotiga o’rnatiladigan, 32
yadroli mikroprotsessorga ega va sekundiga yarim trilliongacha amal bajara
oladigan bloklar ishlab chiqarilmoqda. Bu bloklar yordamida oddiy kompyuterni
superkompyuterga aylantirish mumkin. Videoprotsessorlarning asosiy parametrlari
bu uning razryadlari soni, videoxotirasi sig’imi va bir sekundda nechta triangel (uch
o’lchovli tasvirning eng kichik bo’lagi)ni qayta ishlay olishidir. Amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari. Berilgan nazariy
ma’lumot bilan tanishib chiqiladi va topshiriqlar variantlari ketma-ket bajariladi va
natijalar olinadi.
Kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena
talablariga amal qilinadi.
Mustaqil ishi-2 Mavzu:UltraSPARC protsessori