Klaviatura matnli axborotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilma.
Sichqoncha ham kirituvchi va buyruqlarni tasdiqlovchi qurilma.
Boshqacha qilib aytganda klaviatura kompyuterga harf va raqam
ko’rinishidagi ma’lumotlar va buyruqlarni kiritish uchun ishlatiladigan tashqi
qurilmadir. U yozuv mashinasining klaviaturasiga o’xshab ketadi, lekin unga
nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega. Uning tugmalarini quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin.
1. Harf va raqamlarni kiritish tugmalari.
2. Boshqarish tugmalari
3. Funktsional tugmalar.
4. Kursorni boshqarish tugmalari.
5. Qo’shimcha klaviatura tugmalari.
6. Multimedia bilan ishlash uchun qo’shimcha tugmalar.
Barcha klaviaturalarda tugmalar to’plami deyarli bir xil. Ular odatda
birbiridan faqat multimedia bilan ishlash uchun mo’ljallangan qo’shimcha
tugmalarining soni va joylashishi bilan farq qiladilar. Oxirgi paytda tugmalarining
joylashishi biroz o’zgartirilgan ergonomic (foydalanuvchi uchun qulay va bezarar)
klaviaturalar urf bo’lmoqda.
Klaviaturalarni kompyuterga ulash uchun hozirgi paytda maxsus raz’em
OS/2 dan foydalaniladi. Bu raz’emni 25 yil avval IBM kompaniyasi birinchi marta
qo’llagan edi.
Kompyuterga standart USB port orqali ulanadigan klaviaturalar ham ko’payib
bormoqda. Bundan tashqari kompyuterga infraqizil nurlar yordamida ulanadigan
simsiz klaviaturalar ham bor.
Sichqonchasiz kompyuter bilan ishlashning deyarli iloji yo’q. Grafik
interfeysli dasturlar bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan sichqoncha, ayniqsa
kompyuterda ishlashni endi boshlaganlar uchun juda qulay. Sichqonchaning ekranda
kursor deb ataluvchi ko’rsatkichi bo’lib, sichqonchani joyidan qimirlatsak, kursor
ham unga mos ravishda harakatga keladi.
Sichqoncha yordamida bir necha amalni bajarish mumkin xolos, lekin bu
amallardan barcha dasturlarda keng foydalaniladi. Bular uning chap tugmasini bir
yoki ikki marta chertish, o’ng tugmasini bir marta chertish, uning g’ildiragini
aylantirish va chap tugmasini bosib turib sichqonchani yurgizishdir.
Hozirgi paytda sichqonchaning lazerli deb ataluvchi turi ishlab chiqariladi.
Bunday sichqonchaning harakati lazer nuri yordamida aniqlanadi. Avvallari
sichqoncha sharikli mexanik qurilmaga ega bo’lib, uning yordamida harakat
yo’nalishi aniqlanar edi.
Sichqonchalar ham klaviaturalar kabi kompyuterga OS/2, USB portlari orqali
yoki infra qizil nurlar yordamida simsiz ulanishi mumkin. Tizimli blok tarkibiga
quyidagi kiradi.