Bunday mikrosxemalardan yasalgan tezkor xotira nisbatan sekin ishlaydi va
ulardagi ma’lumot o’chib ketmasligi uchun ularni bir sekundda bir neche o’n ming
marta zaryadlab turish kerak bo’ladi.
Bu kamchiliklariga qaramay, ularning sig’imi kattaroq va ularning narxi ancha
arzon. Hozirgi paytda tezkor xotiralarning deyarli barchasi dinamik mikrosxemalar
asosida ishlab chiqiladi.
Tezkor xotiraning asosiy parametrlari ularning sig’imi va tezligi (takt
chastotasi) dir.
Tezkor xotiraning sig’imi har doim ikkining darajasi ko’rinishidagi songa teng
bo’ladi. Bu ularning manzilini aniqlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda DIMM, DDR,
DDR II va DDR III rusumli tezkor xotiralardan foydalaniladi.
DIMM xotiralarning sig’imi 32, 64, 128, 256, 512 MB bo’lishi mumkin,
ularning takt chastotasi 66, 100, 133, 166, 200 MGts lardan biriga teng.
DDR xotiralarning sig’imi 128, 256, 512, 1024 MB, takt chastotasi 266, 333,
400 MGts
bo’lishi mumkin. DDR xotiralarda takt chastota bilan birga ma’lumot uzatish
tezligidan ham foydalanila boshlandi. Masalan, DDR 2100 deb takt chastotasi 266
MGts bo’lgan xotira belgilangan. Bu chastotada ishlaydigan xotira bir sekundda 266
MGts * 8 bit q 2100 Megabit axborot uzata oladi. Shu kabi DDR 2700 va DDR 3200
rusumli xotiralar ham bor.
DDR II turidagi xotiralar 512, 1024, 2048 MB sig’imli va 4200, 5300, 6400
Mb tezlikda, DDR III turdagi mikrosxemalar 1, 2, 4 GB sig’imli va 11000, 13000,
16000 va 20 000 Mb tezlikda bo’lishi mumkin. DIMM va DDR rusumidagi tezkor
xotiralar hozir ishlab chiqarilmaydi.