Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot . Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot
o’zida aniq bir vazifani bajaruvchi amaliy dasturlar majmuini mujassamlashtiradi.
Tabiiyki amaliy darajadagi dasturiy ta’minotlar va tizimli dasturiy ta’minotlar
orasida bevosita o’zaroaloqa mavjud bo’ladi.
Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy mahsulotlarni
ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Dunyoda kompyuterlarni
ommaviylashuvini dasturiy ta’minotlarsiz tassavur qilib bo’lmay qoldi.
Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta’minoti (hardware) va
dasturiy ta’minoti soft (software) kabi ikkita katta qismlarga ajratilishiga olib keldi.
Dunyoda
Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi.
Hisoblash
texnika
vositalarini
tezkorlik
bilan
rivojlanishi
va
kompyuterlarning qo’llanish sohalarini tobora kengayib borishi dasturiy
ta’minotlar evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi.
Agar oldin dasturiy ta’minotlarning asosiy kategoriyalari (operatsion
tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi) barmoq bilan sanarli bo’lsa, hozirgi
vaqtga kelib u tugal bir rivojlanish tomoniga o’zgardi. Yangi dasturiy ta’minotlarni
ishlab chiqishda tugal bir yangi bo’lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon
talab qilinadigan dasturiy mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy
mahsulotlarning nisbatini keskin o’zgarishiga olib keldi.
4.Urdushev X. Informatika va axborot texnoljgiyalari. SamQXI.uz 6
Kompyuterning uchta asosiy sinfga ajratish qabul qilingan, bular:
tizimli dasturlar; amaliy dasturlar va instrumental (uskunaviy) dasturlar.