• Tayanch so‘z va iboralar
  • 4-ma’ruza: Mahsulot sifati. Uning ta’minoti va boshqarish uslublari. Mahsulotni sertifikatsiyalash. R e ja




    Download 409,05 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana08.01.2024
    Hajmi409,05 Kb.
    #132380
      1   2
    Bog'liq
    4 Mavzu 4



    4-ma’ruza: Mahsulot sifati. Uning ta’minoti va boshqarish uslublari. 
    Mahsulotni sertifikatsiyalash. 
     
    R e ja:
    1. Mahsulot sifati. 
    2. Sifat ko’rsatkichlari. 
    3. Mashinalar sifatini baxolash usullari. 
    4. Sifatning statistik ko’rsatkichlari. 
    5. Mahsulot sifatini statistik ta’minlash usuli.
    6. Ob’ekt parametrlarini optimallashning matematik modeli. 
    Tayanch so‘z va iboralar: mahsulot, sifat, baholash, optimallash, xatolik, 
    statistika, ko’rsatkich. 
    Mahsulotning o’z vazifasi bo’yicha qo’yiladigan ma’lum talablarni 
    bajarishga yo’naltirilgan hususiyatlarning extiyojga moslik darajasi, uning sifatini 
    belgilaydi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki, mahsulotning xar qanday hususiyati ham 
    sifat tushunchasiga ta’lluqli bo’levermaydi. Mahsulotning faqat vazifasidan kelib 
    chiqib aniqlangan hususiyatlarigina sifat ko’rsatkichi bo’ladi. 
    Mahsulot sifat ko’rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: 
    - vazifa ko’rsatkichlari, mahsulotning foydalanish sohasiga qarab 
    belgilanadi; 
    - ishonchlilik 
    ko’rsatkichlari buzilmasdan ishlash, uzoq abadlik, 
    ta’mirlanuvchanlik, saqlanuvchanlik kabi xususiyatlar bilan baholanadi;
    - tayyorlanuvchanlik (texnologik) ko’rsatkichlari mahsulotning ishlab 
    chiqishga 
    qulayligini 
    xarakterlab 
    loyiha-texnologik 
    yechimlar 
    asosida 
    ta’minlanadi; 
    - ergonomik ko’rsatkichlari ishchining mashina va ishlash muhiti bilan 
    bo’lgan munosabatini baxolashda ko’llaniladi; 
    - standartlash va yagonalik ko’rsatkichlari, mahsulotni tayyorlashda standart 
    qismlar qo’llanilish va yagonalanish darajasini ko’rsatadi; 
    - patent - huquq ko’rsatkichlari, mahsulotning patent tozaligini ko’rsatadi; 
    - xavfsizlik ko’rsatkichlari foydalanish sharoitida mahsulot xavfsizligini
    baxolash uchun xizmat qiladi. 
    Mashinasozlik mahsulotlari uchun eng samarador sifat ko’rsatkichlari 
    ekspluatatsion (foydalanish) ko’rsatkichlaridir. Bu ko’rsatkichlar mahsulotning 
    qo’yilgan vazifani bajarish sifatini ko’rsatadi. Uzoq muddat foydalaniladigan 
    mahsulotlarning ko’pi uchun ishonchlilik, ergonomik va iqtisodiy ko’rsatkichlar 
    shular jumlasidandir. Ishonchlilik yuqorida ta’uidlanganidek buzilmasdan ishlash, 
    uzoqabadlik, ta’mirlanuvchanlik, saqlanuvchanlik kabi hususiyatlar bilan 
    baholanadi. Mahsulotning ergonomik ko’rsatkichlari ishchining mashina va ishlash 
    muhiti bilan bo’lgan munosabatini optimallik darajasini baxolash uchun xizmat 
    qiladi. Ergonomikaning asosiy vazifasi gigienik, fiziologik, psixologik, texnik va 
    tashkidiy sharoitlarning ish unumdorligi, mahsulot sifati yuqori bo’lishini 
    ta’minlaydigan, ishchi uchun optimal bo’ladigan xolatni yaratishdir. Bularga 


    mashinadan foydalanishning qo’layligi, boshqarish soddaligi, silkinish va shovqin 
    pastligi va shu singani boshqa muhim ko’rsatkichlar kiradi. 
    Kompleks usuldan foydalanilganda, 
    mahsulot sifati barcha sifat 
    ko’rsatkichlari bog’lanishlarini hisobga olgan xolda keltirib chikarilgan yagona 
    integral ko’rsatkich yordamida aniklanadi va uning nisbiy miqdori quyidagi 
    bog’lanishdan topiladi: 
    i
    т
    P
    q
    P


    bu yerda, R va R
    t - 
    baholanuvchi va tayanch mahsulotlarning kompleks sifat 
    ko’rsatkichlari. 
    Aralash usuldan foydalanilganda mahsulot sifatini baholashda qisman 
    diffferentsial va qisman kompleks usullar qo’llaniladi. Amalda ko’pchilik 
    xolatlarda aralash usul keng qo’llaniladi. 
    Sifatning statistik ko’rsatkichlari biror turdagi mahsulot to’g’risida yuqori 
    ishonch bilan to’g’ri baho berish imkoniyatini yaratadi. 
    Mahsulotni tayyorlash va o’lchash jarayonlarida parametrlar shakllanishida 
    ikki turdagi xatoliklar sodir bo’ladi. Bular, tizimli va tasodifiy xatoliklardir. 
    Tizimli xatoliklar jarayon davomida doimiy yoki biror ma’lum qonuniyat asosida 
    o’zgaruvchi bo’ladi. Doimiy xatoliklar masalan, jixoz nuqsonlaridan, o’lchash 
    asbobi noto’g’ri sozlanishidan kelib chiqsa, o’zgaruvchi xatolik xarorat o’zgarishi, 
    ishlov berish asbobi eyilishi va boshqa shu singari sabablar asosida kelib chiqadi. 
    Tasodifiy xatolik qiymat va ishorasi jihatidan turlicha bo’lib, tasodifiy sabablar 
    ta’sirida paydo bo’ladi. Bu xatoliklar detalga ishlov berish jarayonida materil 
    tarkibi o’zgarishi, qirqish kuchi, detalni dastgohga o’rnatish aniqligining o’zgarishi 
    va boshqa sabablar ta’sirida kelib chiqadi. 
    Tizimli xatoliklarning doimiy qiymatini yoki o’zgarish qonuniyatini, 
    tasodifiy xatoliklarning tarqalish konuniyatlarini aniqlash mahsulot sifatining talab 
    darajasida bo’lishini ta’minlashning asosiy imkoniyatlaridan biridir. Tizimli 
    xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish texnologik jihatdan sodda amalga 
    oshuvchi jarayondir. 
    Empirik ma’lumotlar asosida xatoliklarni baholash, bu ma’lu-motlarning 
    qaysi bir mavjud nazariy taqsimlanish konuniyatiga mos kelishini aniqlash va 
    mumkin bo’lgan ishonchlilik darajasida qonuniyat ko’rsatkichlarini tahlil qilish 
    bilan yakunlanishi kerak. 
    Mahsulot sifatinii statistik ta’minlash usuli uni ishlab chiqarish jarayonida 
    mahsulot parametrlarini nazorat qilish va mahsulot sifatining jarayon davomida 
    o’zgarish qonuniyatiga asoslangan holda ishga yaroqsiz mahsulot chiqishidan ogoh 
    bo’lish talabiga asoslangan. Bu jarayonda nazorat kartasi to’ldirib borilib, xohlagan 
    daqiqada sifat o’zgarishini yaqin kelajak fursat uchun bashorat qilish, zarur 
    bo’lganda boshqarish chorasini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. 
    Statistik usuldan foydalanib sifatni ta’minlash bu jarayonni boshqarishda 
    zamonaviy komiyuterlardan keng foydalanish imkoniyatini yaratadi. Usul ish 
    jarayonida doimo texnologiyaning zaxira anikligini saqlab turishiga imkon 
    yaratadi, ya’ni texnologik joizlik T
    g
    doirasidan chiqmasligini ta’minlaydi. 


    Texnologik joizlik deb, tanlab olingan texnolgik jarayonda iqtisodiy erishish 
    mumkin bo’lgan tayyorlash aniqtigiga aytiladi 
    lim
    r
    imиз
    T





    bu yerda, 
    lim

    - nazorat qilinayotgan parametrning amaldagi tarqalish 
    maydoni kattaligi; 
    imиз


    - yo’qotib bo’lmaydigan tizimli xatoliklarning algebraik yig’inlisi. 
    Ishlov berish texnolgiyasi tanlab olinishida aniqlikning texnologik zaxirasini
    hosil qilish maksadga muvofiqdir. Odatda texnologik aniklik zaxirasi, zaxira 
    koeffitsienti bilan baholanadi: 
    K
    tz
    =T
    f
    /Tr 
    bu yerda T
    f
    - mahsulotning berilgan parametr bo’yicha funktsional joizligi.
    T
    f
    va T
    r
    - o’rtasidagi musbat farq texnologik zaxira deb atalib, mahsulotning 
    ishga yaroqli bo’lishini kafolatlovchi kщrsatkichdir. 
    Muhim detallarning funktsional o’lchamlari uchun K
    tz
    >1,2 nisbat saqlanishi 
    kerak. 

    Download 409,05 Kb.
      1   2




    Download 409,05 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma’ruza: Mahsulot sifati. Uning ta’minoti va boshqarish uslublari. Mahsulotni sertifikatsiyalash. R e ja

    Download 409,05 Kb.
    Pdf ko'rish