4-Ma'ruza. Mikrokontrollerni tashkillashtirish
Reja:
1.
Mikrokontrollerning
umumiy tarkibi
2.
O’rnatiladigan tizim protsessorlarining turlari
3.
Mikrokontrollerning umumiy xotirasi
4.
Kesh-xotiraning tashkillanishi
Tayanch iboralar:
mikrokontrollerlar,
raqamli signal protsessorlari, MP
tizimlari, ko’p funktsiyalilik, dasturiy boshqaruvchanlik, boshqariluvchi ob’ekt.
Bugungi
kunda
boshqaruv tizimlari turli
raqamli
qurilmalar
va
dasturlanuvchi apparat ta’minotlari asosida loyihalashtiriladi va ishlab chiqariladi.
Shu sababli, xalq xo’jaligida keng tarqalgan boshqaruv tizimlari
mikroprotsessorli
boshqaruv tizimlari, mikrokontrollerli boshqaruv tizimlari, o’rnatilgan va real vaqt
rejimidagi boshqaruv tizimlari deb nomlanadi.
Mikroprotsessorlar dasturiy boshqariluvchi raqamli qurilmalar hisoblanib,
raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni boshqarishni amalga oshiradi.
Mikroprotsessorlar integral sxemalar hamda integral mikrosxemalar(IMS)
ko’rinishida boshqaruv shinalari bilan ishlab chiqariladi.
MP raqamli signallarni
va komandalarni boshqaruvchi asosiy protsessor vazifasini bajaradi.
4.1-rasm. Mikroprotsessor asosidagi boshqaruv tizimining tuzilishi
MP tizimlarining alohida xususiyati boshqaruvni va MP ishini dasturlash
imkoniyati hisoblanadi.
MP tizimlari alohida vazifani bajarishga mo’ljallangan
bir yoki bir nechta
qurilmalardan va dasturiy ta’minotlardan tashkil topgan boshqaruv tizimi
hisoblanadi.
MP tizimlarining boshqaruv tizimlarida qo’llashning asosiy afzalliklari
-
Ko’p funktsiyalilik
– MP boshqaruv komandalari soniga bog’liq
ravishda,
dasturlanuvchi
xotiraning
hajmiga
bog’liq
ravishda
va
aloqa
interfeyslarining turlariga bog’liq ravishda bir vaqtda ko’plab boshqaruv
funktsiyalarini bajarish mumkin;
-