Moslashuvchanlik
– ob’ektda sodir bo’ladigan holatlarga oson moslashishi
mumkin;
-
Kompaktlilik
– har qanday boshqariluvchi ob’ektga oson o’rnatilishi
mumkin;
Yuqori samaradorlilik
– bir vaqtda bir necha boshqaruv funktsiyalarini
yuqori tezlikda samarali bajarishi mumkin;
-
Dasturiy boshqaruvchanlik
–
MP
tizimlari dasturiy boshqariluvchan
va qayta dasturlanuvchanlikni ta’minlaydi;
-
Boshqaruv axborotlarining himoyalanganligi
.
MP da boshqaruvni amalga oshirish uchun va boshqariluvchi ob’ekt
bilan
aloqani ta’minlash uchun quyidagi qurilmalar qo’llaniladi:
5. Ma’lumotni kiritish-chiqarish va aloqa interfeyslari: UART, I
2
C, SPI, USB,
CAN, Ethernet;
6. Analog – raqamli, raqamli – anolog o’zgartirgichlar;
7. Solishtirgichlar(komparatorlar);
8. Keng – impulsi modulyatorlar.
9. Taymer – hisoblagichlar;
10. Taktli
chastota
generatorlari
– signal ishlab chiqaruvchilar;
11. Kontrollerlar;
12. Dasturlanuvchi o’rnatilgan flesh xotira.
Bugungi
kunda
boshqaruv
tizimlarida
qo’llaniladigan
protsessorlar
quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
- Umumiy foydalanish protsessorlari;
- Maxsus raqamli signal mikroprotsessorlari:
1. Mikrokontrollerlar:
8 razryadli;
-
16 razryadli;
32 razryadli;
2.
Raqamli signal protsessorlari:
-
16 razryadli;
-
24 razryadli;
-
32 razryadli;
-
64 razryadli.
Mikroprotsessorlar boshqaruv tizimlarida bugungi
kunda keng tarqalgan
elementgina bo’lib qolmasdan, mikrokontrollerlar va boshqa boshqarish
elementlarining asosi ham hisoblanadi.
Mikroprotsessorli boshqaruv tizimlarining eng ko’p tarqalgan na’munasi
sifatida mikrokontrollerli boshqaruv tizimlari ko’rsatiladi. Mikrokontrollerli
boshqaruv tizimlari o’zining boshqaruv elementiga ega bo’lgan, selekon
ko’rinishida tayyorlanuvchi mikrokprotsessor tizimi hisoblanadi.
Hozirgi kunda mikrokontrollerlardan quyidagi
sohalarda boshqaruv
tizimlarini loyihalashtirish uchun keng qo’llaniladi:
1.
Aviatsiya va harbiy texnika vositalarida;
2.
Avtomobilsozlik boshqaruv tizimlarni loyihalashtirishda;
3.
Kommunikatsiya tizimlarini loyihalashda;
4.
Sanoat tizimlarini va avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini loyihalashda
keng qo’llaniladi.
Mikrokontrollerlar ularga berilgan buyruqlar asosida ma’lum bir ob’ektni
boshqarish, monitoring qilish vazifasini bajaradi.
4.2-rasm. Mikrokontrollerlarning umumlashgan tuzilish sxemasi.
Mikrokontrollerlar bitta integral sxema ko’rinishida ishlab chiqilgan
hisoblash
tizimidan iborat va yadro, dastur xotirasi, ma’lumotlar xotirasi va
periferiya qurilmalari kabi asosiy bloklarni oladi.
Mikrokontroller yadrosi - dastur tomonidan beriladigan boshqaruv
jarayonini amalga oshiriladi. MK yadrosi negizida
integral sxemasini ishlab
chiqaruvchi zavod tomonidan modulli va periferiya qurilmalarining nom ro’yxati
bo’yicha turlicha bo’lgan, lekin komandalar tizimi hamda ma’lumotlar almashish
sikli bo’yicha o’zaro moslashadigan mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Dastur xotirasi - boshqaruv dasturini saqlash uchun mo’ljallangan xotiradir.
Boshqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar ma’lumotlar xotirasida
joylashadi.
Mikrokontrollerlarda dasturni saqlash uchun alohida, ma’lumotlarni
saqlash
uchun xotira qo’llaniladi. Mikrokontrollerlar ishchi dasturi flesh xotirasida
saqlanadi.
Periferiya qurilmalari MK ning tashqi ob’ektlar bilan qator boshqaruv
funktsiyalarini amalga oshiradigan apparat vositalari bilan birikishni ta’minlash
uchun mo’ljallangan.
MK lar hisoblash mashinalari kabi Garvard(Garvard) yoki Priston
arxitekturasi asosida amalga oshiriladi. Garvard arxitekturasi asosida bajariladigan
MK larda dasturlar va ma’lumotlar foydalana olishning
turli metodlaridagi
mantiqiy bog’liq bo’lmagan bloklarida joylashadi. Priston arxitekturasi asosida
bajariladigan MK larda dasturlar va ma’lumotlar xotiraning umumiy blokida
joylashishi mumkin, murojaat uchun foydalana olishning yagona metodidan
foydalaniladi.