4-ma’ruza Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha




Download 243.41 Kb.
bet3/5
Sana27.10.2022
Hajmi243.41 Kb.
#28357
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma’ruza Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha

Mualliflik dasturlari


Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta`lim tizimlarida turli o`rgatuvchi dasturiy vosi­talardan keng foydalanilmoqda. O`rgatuvchi ko`rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida yaratiladi. Ta`lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda o`quvchi bir vaqtning o`zida eshitib, ko`rib, o`zlashtiradi. Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vosi­tasi sifatida qo`llaniladi. Mualliflik dasturiy ta`minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta`minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin.

A rticulate Storyline kurslar yaratish uchun mo`ljallangan eng mashhur dasturlardan biri bo`lib, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan. Articulate Storyline — uch utilitli (Presenter, Quizmaker, Engage) paket, o`rgatuvchi kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko`rish va masofali ta`lim tizimlariga integ­rallanishi mumkin bo`lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini beradi. Dastur murakkab interfaol senariylarni amalga oshirish uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o`quv kursining murakkab interfaol senariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki flashni qo`llashni bilish shart emas — Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi. Ushbu dasturning xusu­siyati oson o`zlashtirilishida, shuningdek, yaratilayotgan loyihalar­ning yorqin vizual uslubida: Articulate mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa e-learning muharrirlaridan ko`ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq ko`rinadi. Dastur Microsoft Office 2007ga o`xshash interfeysga ega, ishlab chiquvchilar, foydalanuvchilar, o`rganichlari oson bo`lishi maqsadida tashqi ko`rinishini PowerPointga maksimal o`xshashligini ta`minlangan. YUqorida buyruqlar to`plamidan iborat klassik Ribbon-panel joylashgan.


Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-ob`yektlarni qo`yishni qo`llab-quvvatlaydi. Barcha ko`p tarqalgan video (flv, avi, wmv, mov, mpeg, dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac, aiff, ogg) formatlari importlanadi, bundan tashqari, Internetdagi rolikning HTML-kodini yoki veb-kameradan video-yozish, ovozni esa mikrofondan yozib qo`yish mumkin. SWF — roliklari ham muammosiz qabul qilinadi, bu esa boshqa multimediya muharrirlarining loyihalari bilan integrasiyalash bo`yicha cheksiz imkoniyatlarni ochadi. Veb-sahifalar slaydlarda freymlar ko`ri­nishida aks etadi. Ulardan foydalanish mumkin va bu ham roliklarni lo­yihalash imkoniyatlarini kengaytiradi.
A dobe Captivate— Mic­rosoft Windows va dasturiy ta`minotni namoyish etish, video-darslarni yozish, dastur simulyasiyasini yaratish, o`quv taqdimotlarni yara­tish va .swf formatda turli testlarni yaratish uchun qo`llanilishi mumkin bo`lgan Mac OS Xning 5 versiyalari uchun elektron ta`limda qo`llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga konvertasiya qilish imkoniyati mavjud. Dastur simulya­siyalarini yaratish uchun Captivateda chap va o`ng sichqoncha tugmasini bosish va klavishalarni bosish mumkin. SHuningdek, Adobe Captivateni skrinkastlarni, podkastlarni yaratish va Microsoft PowerPoint taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun qo`llash mumkin.
Captivate yordamida dasturlarning interfaol namoyishlari, simulyasiyalar, yordamchi ma`lumotlar, skrinkastlar, o`yinlar va darslar yaratish va tahrirlash mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar ekrandan qilingan yozuvlarga nisbatan ancha kam joy egallaydi. Foydalanuvchilar Captivateda taqdimotlarga effektlar, faol nuqtalar, matnli sohalar, video va hokazolarni qo`shib tahrirlashlari mumkin. Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo`lish vaqtlarini tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o`tish, shuningdek, tashqi murojaatlarga o`tishni ta`minlashi mumkin. Captivate tasvirlarni, PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni loyihaga import qilishni qo`llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi materiallarni yaratish va namoyish etishning qulay vositasidir. Captivate keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: Microsoft PowerPointda yaratilgan taqdimotlar asosida o`quv materiallarni yaratish, monitordagi suratni olib, savolga berilgan javobga bog`liq ravishda o`tish imkoniyatli testlar yaratish.

Download 243.41 Kb.
1   2   3   4   5




Download 243.41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-ma’ruza Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha

Download 243.41 Kb.