• Aralash topologiya (hybrid).
  • Yacheykali topologiya (mesh)




    Download 392,06 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana23.12.2023
    Hajmi392,06 Kb.
    #127208
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-ma’ruza. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mita

    Yacheykali topologiya (mesh). Bu topologiya har bir kompyuterni 
    tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan alohida kabel orqali ulanishini nazarda 
    tutadi. Bu usul ma‘lumotlarni uzatishda qo‘shimcha yo‘llardan foydanalish imkonini 
    beradi. Biror kabel ishdan chiqqanda ma‘lumot boshqa yo‘l orqali uzatiladi va tarmoq 
    normal faoliyat ko‘rsatishda davom etadi. Bunday topologiya global hamda bir 
    necha uzoqlashtirilgan tarmoqlarni optic tolali, ajratilgan yoki yo‘ldosh aloqa 
    liniyalari orqali birlashtirishda qo‘llaniladi. Lekin lokal tarmoqlarda bir mashinada 
    bir nechta tarmoq interfeyslari hamda ko‘p hajmdagi kabellar talab etilgani uchun 
    qo‘llanilmaydi.
    Yacheykali topologiyaning avzalliklari:
     katta ma‘lumot oqimlari bilan samarali ishlash; 
     qo‘shimcha aloqa kanallaridan foydalanish hisobiga tarmoqning yuqori darajada 
    barqarorligi; 
     yuqori darajadagi xavfsizlik; ma‘umotlar oqimi uzatuvchidan to‘g‘ri qabul 
    qiluvchiga uzatilib, nazariy jihatdan ma‘lumotni o‘g‘irlashning imkoni yo‘q. 
    Kamchiliklar: 
     kompyuterlarda tarmoqqa chiquvchi bir nechta tarmoq interfeyslariga 
    bo‘lgan talab; 
    tarmoqni tashkil etishning narxi yuqoriligi. 
    5. 
    Aralash topologiya (hybrid). Aralash topologiya o‘zida ikki yoki 
    undan ortiq topologiyani birlashtiradi ba shu bilan tugallangan tarmoq tuzilmasini 
    hosil qiladi. Hozirda bu topologiya eng keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha 
    yulduzsimon va shina topologiyasi birga qo‘llanadi. Bunda yulduz topologiyasiga 
    ega bir nechta tarmoq bir shinaga ulanadi. 
    Bu topologiyada bir kompyuterdagi nosozlik tarmoq ishiga xech qanday ta‘sir 
    ko‘rsatmaydi, lekin agar markaziy component (konsentrator) ishdan chiqsa, 
    tarmoqlar boshqa aloqa qilolmaydi. 
    ―Yulduz-halqa‖ topologiyasida kompyuterlar markaziy komponentga yulduzsimon 
    tarmoqdagi kabi ulanadi. Shu bilan birga barcha komponentlar tarmoq bilan halqa 
    topologiyasi bo‘yicha birlashgan. 
    Avvalgi holatga o‘xshash bu holatda ham tarmoqdagi biror kompyuterning 
    ishdan shiqishi tarmoq ishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Bo‘sh markerni uzatish usuliga 
    ko‘ra tarmoqning barcha kompyuterlari ma‘lumot uzatishda teng imkoniyatga ega, 
    bu esa tarmoq ichidagi axborot oqimlarining soni ortishiga olib keladi. 


    6. 

    Download 392,06 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 392,06 Kb.
    Pdf ko'rish