|
IATlar bir necha qo’rsatgichlar asosida sinflanishi
|
bet | 4/6 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 190,03 Kb. | | #103531 |
Bog'liq 4-mavzu3. IATlar bir necha qo’rsatgichlar asosida sinflanishi
Ma’lumotlarni qayta ishlash prinsiplariga ko’ra IATlar quyidagicha bo’lish mumkin:
haqiqiy vaqt tizimlari;
mustaqil ravishda ishlash tizimlari;
markazlashtirilgan va masofaviy taxsimlangan xolatda ish olib boruvchi tizimlar
Kompyuter vositalarining tuzilishiga ko’ra IAT
- avtomatilashtirilgan yagona ish joyi ko’rinishda (bo’lim va laboratoriya ichida);
- lokal tarmoq ko’rinishda (universitet, idora, bankning bosh binosi, kutubxona);
- korporativ tarmoq ko’rinishda (katta ishlab chikarish korxonasi, davlat kumitasi, xizmat ko’rsatish tizimi).
Bajaradigan funksiyasiga ko’ra IATlar
-aholiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan axborot-ma’lumot tizimlari;
- tayer maxsulot ishlab chiqaruvchi axborot-boshqaruv tizimlari;
- interaktiv rejimida ishlaydigan ta’lim tizimlari (masofaviy o’qitish, malaka oshirish markazlar);
- qaror qabul qilish tizimlari (davlat idoralari, moliya, soliq xizmatlari).
Ishlash faoliyatiga ko’ra IAT
ishlab chiqarish IAT,
tijorat IAT,
moliya IAT,
reklama va marketing IAT.
4.1 – rasm. Ishlash faoliyatiga qo’ra IAT.
IATni boshqarish jarayonida bajaradigan funksiyalari
hisoblash funksiyasi (o’z vaqtida ma’lumotlarni belgilangan tartibda qayta ishlash);
kommunikatsion funksiyasi (belgilangan no’qtalarga o’z vaqtida ma’lumotlarni etqazib berish);
axborot funksiyasi (ilmiy, iqtisodiy, moliyaviy va texnikaviy axborotdan tezkor foydalanish);
saqlash funksiyasi (ma’lumotlarni jamlash, saqlab turish, yangilash va etkazib berish);
diagnostik funksiyasi (boshqarish ob’ektni doimiy tekshirish va joriy xolatini nazorat qilish);
hujjatlashtirish funksiyasi (kerakli hisob-kitob, rejalashtirish, moliyaviy hujjatlar, buyruqlar va hisobotlarni o’z vaqtida tayerlash.
|
| |