• 2-sonli «Moliyaviy natijalar tug’risidagi hisobot» shakl
  • 4-sonli «Pul oqimlarining harakati to‘g’risidagi hisobot» shakl
  • 5-sonli «Xususiy kapitalning xarakati to‘g’risidagi hisobot» shakl
  • -sonli «Buxgalteriya balansi» shaklda




    Download 126,83 Kb.
    bet11/43
    Sana28.01.2024
    Hajmi126,83 Kb.
    #147599
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
    Bog'liq
    4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi-fayllar.org

    1-sonli «Buxgalteriya balansi» shaklda korxonaning xo‘jalik mablag’lari
    va ularning joylashishi hamda tarkib topish manbalari o‘z ifodasini topadi. Kor-
    xonaning mulki - bu uning mablag’lari summasining o‘z mablag’lari manbalari
    sum-masiga to‘g’ri keluvchi qismidir. Korxona moliyaviy barqarorligi esa uning
    mul-kiy holati hamda to‘lov qobiliyati bilan baholanadi. To‘lov qobiliyatini aniq-
    lashda esa korxona majburiyatlarini uning aylanma mablag’lari summasi bilan so-
    lishtirish lozim.
    2-sonli «Moliyaviy natijalar tug’risidagi hisobot» shaklda korxonaning
    mahsulot sotishdan ko‘rgan moliyaviy natijasi, asosiy faoliyat, umumxo‘jalik fao-
    liyati bo‘yicha moliyaviy natijasi va sof foydasi ko‘rsatiladi. Bu shakl ma’lu-
    motlari buxgalteriya balansini tuzishda ishlatiladi.
    4-sonli «Pul oqimlarining harakati to‘g’risidagi hisobot» shakl  korxona
    pul mablag’lari harakatini baholash nuqtai nazardan nihoyat darajada katta



    ahamiyatga ega. Bu hisobotni o‘qishni bilgan kishi ma’lum bir darajada


    korxonaning moliyaviy natijalari shakllanishi haqidagi ma’lumot bilan tanishishi
    va uni 2-shakl ma’lumotlari bilan solishtirishi mumkin. Bu hisobot korxonaning
    naqd va naqd pulsiz muomalalarining umumiy aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni
    beradi. Hisobot davri boshiga qoldiqqa hisobot davridagi kirim qo‘shilib, hisobot
    davridagi chiqim chegirilib yuborilsa, pul mablag’lari qoldigini hisobot davri
    oxiriga aniqlash mumkin.
    5-sonli «Xususiy kapitalning xarakati to‘g’risidagi hisobot» shakl 
    korxona-ning o‘z mablag’lari manbalari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va
    ular-ning harakati haqida batafsilroq ma’lumot berish uchun tuziladi.
    Shunday qilib, moliyaviy hisobot bu moliyaviy hisobning eng yakuniy bos-
    qichi va uning asosiy maqsadidir. Qonunga muvofiq 1 yanvardan 31 dekabrgacha
    qadar bo‘lgan taqvimiy yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi.
    Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:

    soliq idoralariga;

    ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;

    makroiqtisodiyot va statistika idoralariga;

    qonun xujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarga.

    Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan qo‘shilib boruvchi jamlama tartibda
    yilning har choragida taqdim etiladi.

    Download 126,83 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




    Download 126,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -sonli «Buxgalteriya balansi» shaklda

    Download 126,83 Kb.