• 5.3. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natijava uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Davr xarajatlarinig tahlili.
  • 5.5. Favqulodda foyda va zararlar tahlili. Sof foyda o‘zgarishining omilli tahlili. 5.6. Rentabellikning ko‘rsatkichlar tizimi. Rentabellikka ta’sir etuvchi
  • 4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja




    Download 126,83 Kb.
    bet10/43
    Sana28.01.2024
    Hajmi126,83 Kb.
    #147599
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
    Bog'liq
    4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi-fayllar.org

    vazifalari va axborot manbalari. 
    5.2. Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, 
    ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy 
    natijalarning shakllanishi va ularning turlari. 





    5.3. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natijava 
    uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Davr xarajatlarinig 
    tahlili.
    5.4. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va 
    xarajatlar tahlili. Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar va 
    yo‘qotishlar tahlili.
    5.5. Favqulodda foyda va zararlar tahlili. Sof foyda o‘zgarishining omilli 
    tahlili.
    5.6. Rentabellikning ko‘rsatkichlar tizimi. Rentabellikka ta’sir etuvchi 
    omillar tahlili.


    5.1.Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi 
    sub’ektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil 
    vazifalari va axborot manbalari. 
    Xalqaro miqyosda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ro‘y berayotgan shiddatli
    o‘zgarishlar bilan bog’liq holda juda ko‘p muammolar yuzaga kelmoqdaki,
    ularning oqibatlari hech kimga sir emas. Ushbu muammolar tufayli xo‘jalik
    yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatini to‘xtatishi, u yoki bu harakatlarga
    o‘zgartirishlar kiritishi va boshqa harakatlarni amalga oshirishga to‘g’ri kelmoqda.
    Atrofimizga nazar solsak, ko‘pincha salbiy oqibatga u ro‘y bergandan so‘ng baho
    berish, uning sabablarini birma bir sanab o‘tishga majbur bo‘lamiz. Biroq endi
    bunday tahlilning foydasi yo‘q ekanligi barchamizga ayon. Xo‘sh, buning sababi
    nimada?
    Yuqoridagi savolga javob berishda turli sohalarda, jumladan iqtisodiy soha
    sub’ektlari, ya’ni ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarda, yoki ta’lim,
    madaniyat kabi ijtimoiy sohalarda ham tizimli fikrlaydigan, ro‘y berayotgan voqea
    hodisalarning turli aspektlarini chuqur o‘rgana oladigan va ana shu asosda qaror
    qabul qila oladigan mutaxassislarning bo‘lishi muhimligini anglab yetamiz.
    Ana shunday tizimli yondashuv asosida tahlil sohasida uning taraqqiyot
    yo‘nalishlariga nazar tashlash maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Fan bo‘yicha
    maxsus adabiyot, xususan, darslik, o‘quv qo‘llanmalar hamda ilmiy maqola va
    xalqaro, respublika miqyosidagi konferentsiyalarda e’lon qilingan tezislar bilan
    atroflicha tanishish hamda ularning tahlili asosida aynan rivojlanish yo‘nalishlarini
    aniqlab olishga muvaffaq bo‘ldik. Mavzuning nazariy aspektlari ilmiy tahlilini
    o‘tkazish asosida fanning rivojlanish sohalarini belgilab olish maqsadida biz
    xorijiy hamda mamlakatimizning yetuk olimlari Bakanov M.I., Sheremet A.D.,
    Savitskaya G.V., Xasanov B.A., Shoalimov A.X., Pardaev M.Q., Shog’iyosov
    T.Sh. va boshqalar tomonidan yozilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola
    hamda tezislardan foydalandik.



    Iqtisodiy tahlil nazariy hamda amaliy jihatlarini tizimli yondashuv asosida


    o‘rganish asosida, fanning rivojlanishiga xalqaro va mamlakatimiz miqyosida ro‘y
    berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot o‘z ta’sirini o‘tkazganligini ta’kidlash
    lozim. Xususan, ishlab chiqarishning texnik hamda texnologik jihatdan
    modernizatsiya
    qilinishi,
    unda
    qo‘llanilayotgan
    robotlashtirish
    va
    avtomatlashtirishning
    turli
    ko‘rinishlari,
    boshqaruv
    tizimida
    axborot
    kommunikatsion texnologiyalardan tobora ko‘proq va samaraliroq foydalanilishi,
    strategik boshqaruv ahamiyatining ortishi, shularning barchasining negizida turgan
    globallashuv jarayonining tobora jadallashuvi fan taraqqiyotiga o‘zining kuchli
    ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi
    sub’ektlarning aktsionerlik jamiyatlari, sherikchilik asosidagi hamda xususiy
    mulkchilikka asoslangan uchta – xususiy mulkka asoslangan yakka tartibdagi,
    sherikchilik asosidagi hamda aktsionerlik jamiyatlari ko‘rinishidagi tashkiliy-
    huquqiy shakllari tarkib topdi hamda rivojlandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
    dastlabki bosqichida ular iqtisodiy tahlilning asosiy foydalanuvchilari hisoblangani
    sababli fanning amaliy soha sifatidagi roli bir tomondan oshdi, bir tomondan
    iqtisodiy tahlil imkoniyatlaridan foydalanishga e’tibor susayganligini tan olishimiz
    kerak. Bu asosan mulkdorlar, tadbirkorlarning iqtisodiy hamda huquqiy
    bilimlarining yetarli emasligi bilan bog’liq edi. Biroq bunday holat uzoqqa
    cho‘zilgani yo‘q. Mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga tobora faol
    kirib borishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonidagi ishtiroki iqtisodiy
    tahlilning fan sifatida rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Mamlakatimizda davlat bosh
    islohotchi ekanligi moddiy ishlab chiqarish sohasining mukammal me’yoriy-
    huquqiy asoslarining ishlab chiqilishi, chet el investitsiyalarining jalb etilishi, bank
    va kredit tizimining xalqaro talablar darajasida taraqqiy etishini har tomonlama
    ta’minladi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar, albatta, iqtisodiy tahlilning boshqaruvning
    samarali vositasi sifatida ma’lum bir darajada siljishiga asos bo‘ldi. Moliyaviy
    tahlil uslubiyotining tobora takomillashuvi bilan birga ekspress tahlil, SWOT-
    tahlilning keng tarqalishiga, o‘rganilishi va qo‘llanilishiga olib keldi.
    Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida esa korxonalar va tashkilotlarning
    moliyaviy mablag’lari, xususan, pul oqimlarini samarali boshqarish tahlil hamda
    menejmentning eng asosiy muammolaridan biriga aylandi.
    Bozor
    munosabatlarining
    tobora
    rivojlanishi,
    talab
    va
    taklif,
    iqtisodiyotimizda tobora sezilib borayotgan raqobat muhiti korxonalar
    rahbarlarining boshqaruv qarorlari qabul qilishda mas’uliyatini yanada oshirdi.
    Bunday vaziyatlarda xo‘jalik sub’ektlari o‘zining moliyaviy holatini uni yanada
    mustahkamlash, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini kuchaytirish nuqtai
    nazaridan baholash ehtiyojini tug’dirdi. Shu bilan birga strategik boshqaruv



    tizimini joriy etish ehtiyoji iqtisodiy tahlilning strategik vazifalarni hal qilishdagi


    rolining kuchayishiga sabab bo‘ldi.
    Shunday qilib, O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil rivojlanishining asosiy
    yo‘nalishlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
    1. Moliyaviy tahlil, xususan moliyaviy holat va moliyaviy natijalar tahlili
    uslubiyotining takomillashuvi.
    2. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi tahlili uslubiyotlarining
    rivojlanishi.
    3. Moliyaviy hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning sifati tahliliga e’tibor
    qaratilishi.
    4. Strategik iqtisodiy tahlil elementlarining kirib kelishi hamda nazariy jihatdan
    asoslanishi.
    5. Strategik boshqaruv elementi sifatida SWOT-tahlilning amaliyotda qo‘llay
    boshlanishi.
    6. Makroiqtisodiy darajada ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda tizimli
    tahlilning keng qo‘llanilishi.
    Yuqoridagi yo‘nalishlar xususida qisqacha sharhlar berishimiz maqsadga
    muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz.
    Moliyaviy tahlil axborotning ichki foydalanuvchilari bilan bir qatorda
    korxonalar keyingi faoliyatini belgilashda muhim rolь o‘ynaydigan tashqi
    foydalanuvchilar ehtiyojlari tufayli shakllandi, rivojlandi va takomillashib
    bormoqda. Adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, moliyaviy tahlilda urg’u
    yangidan yangi ko‘rsatkichlar tizimini belgilash, ularning o‘zgarishiga ta’sir
    etuvchi omillarni sabab-oqibat bog’lanishlarini o‘rganish hamda ma’lumotlarni
    umumlashtirish asosida optimal qarorlar qabul qilish pozitsiyasidan chuqurlashib
    bormoqda. Biroq asosiy e’tibor tashqi foydalanuvchilar tomonidan amalga
    oshiriladigan moliyaviy tahlil uslubiyotiga qaratilmoqda. Bunda omilli tahlil biroz
    ikkilamchi tus olib, taqqoslama tahlil asosida istiqbolni baholash birlamchi, deb tan
    olinmoqda.
    Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi tahlili uslubiyotlarining
    rivojlanishi nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda gorizontal, trend tahlil
    kabi uslubiyotlarning tobora ko‘proq qo‘llanilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
    Shunisi e’tiborga sazovorki, moliyaviy tahlil va dinamikani o‘rganishda maxsus
    kompьyuter dasturlaridan foydalanish imkoniyati ishni osonlashtirilishi hisobiga
    tahlildan unumli foydalanish imkonini yaratmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik
    yurituvchi subektlar belgilangan tartib, muddat va shakllarda hisobotlar taqdim
    kilishlari shart. Respublikamizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar
    talablari darajasiga yaqinlashtirish va soddalashtirish ustida jiddiy ish olib



    borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subektlarning ma’lum davr


    ichidagi moliyaviy–xo‘jalik faoliyati natijalari, asosiy vositalari harakati, pul
    oqimlari to‘g’risidagi va ma’lum sanadagi aktivlari, majburiyatlari va xususiy
    kapitalining holati haqida axborotlar beradi.
    Moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari unda aks ettirilishi lozim
    bo‘lgan axborotlarning turi, nomi va ko‘lamini belgilab beradi. Moliyaviy hiso-
    botlardan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilishlari uchun xo‘jalik yurituvchi
    sub’ekt haqida quyidagi axborotlarni taqdim etish talab qilinadi:

    korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari va kapitali;

    korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari hamda kapitalida sodir
    bo‘lgan o‘zgarishlar;

    korxonaning iqtisodiy holati.
    Boshqacha hilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri
    uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma’lumotlar moliyaviy
    hi-sobotda aks ettirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi-
    ning «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks
    ettirish tavsiya etiladi:
    Buxgalteriya balansi – 1-son; shakl
    Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot -2-son; shakl
    Pul oqimlarining harakati to‘g’risidagi hisobot – 4-son shakl
    Xususiy kapitalning xarakati to‘g’risidagi hisobot -5-son ; shakl
    Moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob-kitoblar va izohlar.
    Bu moliyaviy hisobotlar O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi
    milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan va «Korxonaning hisob siyosati»ga
    asosan tuzilishi va foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha moliyaviy
    ax-borotni qamrab olishlari kerak.


    Download 126,83 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




    Download 126,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja

    Download 126,83 Kb.