Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari




Download 126,83 Kb.
bet18/43
Sana28.01.2024
Hajmi126,83 Kb.
#147599
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi-fayllar.org

Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, 
ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy 
natijalarning shakllanishi va ularning turlari. 
Foyda korxonaning kelgusi ravnaqi, xodimlarni ijtimoiy himoyalashni
ta’minlovchi asosiy manbadir. Bozor iqtisodiyoti lug’atida foyda – bu 
buxgalteriya tushunchasida daromadning ko‘payganlgini anglatadi, deb
ta’riflangan.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalarni xarakterlovchi foydani
o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlarni va xarajatlarni,
ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash- korxona o‘z omliyaviy hisobotini tayyorlashda
foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog’liq
bo‘ladi.
Daromadlar – bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi
yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitalidagi
omonatlardan farq etuvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishdir.
Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning chiqib ketishi
yoki ulardan foydalanish shaklini kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida
kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Shuningdek, foyda xo‘jalik sub’ektlarining mahsulot sotishdan, asosiy va
umumxo‘jalik faoliyatlari natijasidan hamda favquloddagi vaziyatlardan so‘ng o‘z
barcha xarajatlarini qoplab, qo‘shimcha olgan daromadlar yig’indisidan iboratdir,
deb tushunish ham mumkin. Demak, olingan foydani tahlil qilishda, daromadning
ko‘paygan yokikamayganligi, buning o‘zgarish sababalari hamda ta’sir etuvchi
omillar o‘rganilishi lozim.



Moliyaviy natijalar tahlili moliyaviy tahlilning tarkibiy qismi hisoblanadi.


Ushbu mavzuni tahlil qilishda bevosita korxonaning oxirgi natijasi, ya’ni foyda va
rentabellikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o‘zaro farqlashidagi
holatiga ham baho beriladi. Moliyaviy natijalarni tahlil qilishdafoyda va zararning
shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari o‘rganiladi. Foyda va zararning omilli
tahlili olib boriladi. Korxonada moliyaviy natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki
imkoniyatlarning mavjudligi va ularni yo‘lga qo‘yishning chora va tadbirlari
belgilanadi. Korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik
ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili o‘tkaziladi.
Tahlil moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotni o‘qish, vertikal tahlil,
gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarida olib boriladi.
Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotni o‘qishda uning satrlar bo‘yicha
ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy
qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha
ma’lumotlariga umumiy izoh beriladi.
Moliyaviy natijalarni tahlil qilishning asosiy vazifalari quydagilardan iborat:

korxonaning yalpi foydasi va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy
omillarni tahlil qilish;

asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kelgan foydani o‘zgarishiga ta’sir
qiluvchi omillarni tahlili;

umumxo‘jalik faoliyatidan kelgan foyda foydani o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi
omillarni tahlil qilish;

soliq to‘langunga qadar foyda va uni o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni
tahlili;

sof foyda hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillarni
hamda foyda miqdorini oshirish bo‘yicha ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash;

korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir etuvchi
omillarga baho berish;

korxonaning rentabellik darajasini oshirish chora-tadbirlrini ishlab chiqish.
Moliyaviy natijalarni tahlil qilishda asosiy axborot manbasi sifatida 2-shakl
«Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot» dan foydalaniladi. “Moliyaviy natijalar
to‘g’risida hisobot” (2-shakl) mahsulot ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)
jarayonining yakuniy mahsuli bo‘lib, u ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun tegishli
boshqaruv qarorlarini qabu’l qilishda asosiy axborot manbai hisoblanadi.Shu bilan
birga tahlil jarayonida korxonaning «Buxgalteriya balansi», «Debitorlik va
kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma», «Pul oqimlari to‘g’risidagi
hisobot»,«Xususiy kapital to‘g’risidagi hisobot», “Moliyaviy-iqtisodiy holat



bo‘yicha ma’lumotnoma» kabi hisobotlari ma’lumotlari va hisob-kitoblari


qo‘llaniladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalari bu keng qamrovli
tushunchadir. Ularning shakllanishi va taqsimlanishi bo‘yicha to‘liq va har tomonlama
asoslangan xulosa chiqarish uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Ko‘rsatkichlar haqida to‘g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalo, ularni ilmiy jihatdan
tasniflash kerak. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlar g’oyat ko‘pbelgilar bilan tasniflanadi.
Chunonchi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni iqtisodiy mazmuni, foydalanish darajasi,
ifodalanish shakli, umumlashtirish darajasi, xo‘jalik faoliyatining bo‘g’inlari va
shakllanish holati bo‘yicha kabi belgilar bo‘yicha tasniflash qabo‘l qilingan.
Moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini, ularning «Moliyaviy
natijalar to‘g’risidagi hisobot»da ifodalanishini, har bir ko‘rsatkichning aniqlanish
yo‘llarini, moliyaviy natijalarning umumlashgan ko‘rsatkichlari tahlilini yoritishdan
iborat. Ushbu mavzuni tahlil qilishda bevosita korxonaning oxirgi natijasi, ya’ni,
foyda va rentabellikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Ammo ushbu
ko‘rsatkichlar bozor munosabatlari sharoitida bir qancha omillar ta’sirida, ko‘pgina
manbalar hisobidan shakllanadi. Shu tufayli, korxona moliyaviy natijalarini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilining ko‘lami ancha kengaygan.
Moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlartizimi uning daromadlari, foydasi
va rentabelligi bilan bog’liq ko‘rsatkichlardir.

Download 126,83 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Download 126,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari

Download 126,83 Kb.