• 4. Soliq to‘lagunga qadar foyda (zarar)=
  • 4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja




    Download 126,83 Kb.
    bet21/43
    Sana28.01.2024
    Hajmi126,83 Kb.
    #147599
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
    Bog'liq
    4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi-fayllar.org

    1. Yalpi foyda= Sof tushum – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish
    tannarxi.
    2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kelgan foyda (zarar) = yalpi foyda
    – davr xarajatlari ± asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat).
    3. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar)= asosiy faoliyatdan
    olingan foyda + olingan dividendlar + boshqa olingan dividendlar ± olingan va
    berilgan qarzlar bo‘yicha foizlar ± boshqa olingan va to‘langan foizlar ± valyuta
    kursi farqi ± moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromad (xarajat).
    4. Soliq to‘lagunga qadar foyda (zarar)= umumxo‘jalik faoliyatidan kelgan
    foyda ± favquloddagi foyda (zarar).
    5. Sof foyda (zarar) = soliq to‘lagunga qadar foyda – foydadan soliq –
    boshqa soliqlar va ajratmalar.
    5.3. Mahsulot (ish va xizmatlar)ni sotishdan olingan moliyaviy natija va 
    uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. 
    Xo‘jalik 
    yurituvchi subьektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini 
    belgilovchi mezon - sof foydadir. Sof foyda miqdorini aniqlash uchun “Mahsulot 
    (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi, 
    mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo‘shiladigan va moliyaviy natijalarni 
    tarkib topishi haqidagi” Nizomga asosan oraliq foyda ko‘rsatkichlarini aniqlash
    kerak bo‘ladi. Tahlil qilish avvalambor, korxona yalpi foydasi va uning
    o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan boshlanadi.
    Mahsulotlar sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija foyda yoki zarar
    quyidagi bog’lanishlar asosida aniqlanadi. Ya’ni, mahsulot (ish, xizmat)larni 
    sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab 
    chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy
    natijalari tarkibida asosiy o‘rinni mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan
    yalpi foyda tashkil etadi. Moliyaviy natijalarning asosiy qismi mahsulot, ish ,
    xizmatlarni sotishdan shakllanganligi sababli tahlildaasosiy e’tibor ushbu qatorning
    rejaga vao‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishi va omilli ta’siriga qaratiladi.
    Ishlab chiqarishning cheklangan resurslaridan foydalanish samaradorligini
    oshirish ichki imkoniyatlarni izlab topishni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida,
    omilli tahlil usullaridan keng miqyosda foydalanishni talab qilmoqda.Shu



    boisdan,mahsulot sotishdan olingan foyda yoki zarar o‘zgarishida omilli tahlilga


    alohida ahamiyat beriladi.

    Download 126,83 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




    Download 126,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja

    Download 126,83 Kb.