tahlilning muxim axamiyati shundan iboratki, bunda natijaviy ko‘rsatkichni
o‘zgarishida, unga ta’sir etuvchi xar bir omil rolini aniq baxolash imkoni buladi.
Omilli tahlilning amalga oshirishda juda kup usullardan foydalaniladi. Ular
shartli ravishda 2 guruxga– an’anaviy va matematik usullarga ajratiladi.
Omilli tahlilning an’anviy usullari guruxiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Zanjirli boglanish metodi,
Tafovutlar usuli;
Indeks metodi;
Balans metodi
Omilli tahlilning matematik usullarini kup tarkalgan va amalda
kullanayoigan usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Korrelyatsion-regression tahlil;
Matematik dasturlash;
Matritsalar usuli;
Immitatsion modellashtirish;
Quyida biz omilli tahlilning an’anaviy usullaridn birini kullash uslubiga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Zanjirli boglanish metodi omilli tahlilning eng sodda va
keng kullanadigan usullaridan biridir. Bu metodni moxiyati shundaki, bunda omil
ko‘rsatikichni bazis darajasini uning haqikiy darajasi bilan navbatma-navbat
almashtirib, ularni o‘zgarishini natija ko‘rsatkichni o‘zgarishiga ta’sir kuchini
aniqlashdir.
Zanjirli boglanish usulini amalda ko‘llanishini quyidagi misol yordamida
ko‘rib chiqishimiz mumkin. Agar korxonaning sotgan mahsulotlari xajmi hisobot
davrida 200 donaga kamaygan va bir dona mahsulotini sotish baxosi 4,0 ming
so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, u xolda sotishdan tushgan daromadni 4000,0 ming
so‘mga ko‘payishiga ularni ta’siri kanday bo‘lgan (Boshlangich ma’lumotlar 5-
jadvalda keltirilgan).
5-jadval