a-rasm. Bug‘ trubinali quyosh issiqlik elektr stansiyasining sxemasi




Download 3.15 Mb.
bet13/13
Sana09.10.2023
Hajmi3.15 Mb.
#87386
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-mavzu. Quyosh issiqlik energiyasi
Mobil qurilmalarning dasturiy taminoti OA Vobkent 2 son, treee (3), treeee, Кредит модуль талабаларга, 1-MA\'RUZA, 7-bh-21 guruh talabasi Iskandarov Azizbekning-www.hozir.org, ombor logistikasi 1- amaliy ish, Guliiii, Система графических упражнений как средство творческого развития, djumagulovtin, Chiziqli bir bog, XKM dildara
2.1a-rasm. Bug‘ trubinali quyosh issiqlik elektr stansiyasining sxemasi:
1-geliostatlar, 2-bug‘ qozoni, 3-bug‘ o‘tkazgich quvur, 4-turbina, 5- elektrogenerator, 6-kondensator, 7-issiqlik jamlagich (akkumrlyator), 8- ta’minlovchi bak, 9-ta’minlovchi nasos.
hk -kondensatning entalpiyasi (suv va suv bug‘ining termodinamik jadvali asosida aniqlanadi).
Bug‘ turbinali QEQ ning nazariy quvvati:
Nbt = nt noi Пе Q, Vt (2.4) ni tashkil qiladi.
Bu yerda n0i - turbinaning ichki nisbiy FIK, ne - elektrogeneratorning FIK (0,92.. .0,96 ko‘lamida).
QIES ning real quvvati nazariy hisoblangan quvvatdan kichik, chunki energiyaning bir qismi xususiy ehtiyojlarga ham sarf bo‘ladi, masalan nasos yuritmalari va sh.k.
Bug‘ turbinali QIESlarni barpo etish katta kapital xarajatlarlarni talab qiladi, uning asosiy sababi avtomatlashtirilgan ko‘zgular-geliostatlarning narxi yuqori ekanligidadir. Masalan, Krimda barpo qilingan minorali QIES «Solar - 1» ni 1 kilovatt o‘rnatilgan quvvatining narxi an’anaviy qurilmalar uchun xarakterli bo‘lgan narxdan 10 barobar ziyoddir.
1985-yilda AQShda taklif qilingan va amalga oshirilgan boshqa texnik yechim iqtisodiy tomondan tejamliroq hisoblanadi. Unda qimmat shisha ko‘zgular- geliostatlar o‘rniga metall changitilib, diametri 1,5 metr bo‘lgan chambarakka tortilgan plenkalardan foydalanilgan. Plenka tagida vakuum hosil qilinib, unga parabolik shakl beriladi. Bu botiq ko‘zgular quyosh nurini quvurlarga fokuslaydi, quvurdagi suv qizib bug‘landi va bug‘ turbinali qurilmani harakatga keltiradi. Shunday qilib, bunday QIES ga bak-bug‘ generatorli minora kerak emas. O‘rnatilgan quvvatni bir kilovattining narxi «Solar-1»ga nisbatan 4 marta kam va ishlab chiqilgan energiyani bir kilovatt-soatining tannarxi ko‘mir bilan ishlaydigan stansiyalar uchun xarakterli bo‘lgan narxga yaqinlashadi.
«Almeriya» (Ispaniya) QIES da issiqlik eltuvchi sifatida quyosh minorasining tepasidagi bug‘ generatorini birinchi konturida suyuq natriy, ikkinchi konturida esa oddiy suv ishlatiladi. Germaniyada ishlab chiqilgan QIESning variantida esa quyosh nuri siqilgan havoni 800 0S gacha qizdiradi, havo gaz turbinasini haraktga keltiradi. Gaz turbinali qurilmada ishlatilgan havodan keyin bug‘ turbinali siklda foydalaniladi. Pirovardida quyosh nurining issiqligidan foydalanish FIK ortadi. Turli quvvatli bug‘ turbinali QIESlari Fransiyada va Italiyada barpo qilingan. Shu bilan birga, berk gaz turbinali qurilma bilan ishlaydigan QIESlarining loyihalari ishlanmoqda. Ularda ishchi modda sifatida geliy xizmat qiladi. Geliyli issiqlik eltuvchining turbina kirishidagi parametrlari: temperaturasi 6000S ga yaqin, bosim 0,8 MPa; qurilmani ishlanma loyihasining FIK 25% ga yaqin.
Hozirgi kunda dunyoda maxsus parabolik ko‘zgular bilan quyosh energiyasi yig‘ilib ishlaydigan bir nechta quyosh elektrostansiyalari ishlatilmoqda. Ulardan biri Ispaniyadagi Andasol stansiyasidir. Bu stansiyaning kollektorida eritilgan tuz solingan quvurlar bo‘lib, ular quyosh nuridan qizib, issiqlik almashtirgichda issiqligini suvga uzatadi. O‘z navbatida suv qaynaydi va hosil bo‘lgan bug‘ issiqlik energiyasini elektrga o‘zgartiruvchi odatiy bug‘ turbinalarining kuraklarini aylantiradi. Qaynoq tuz bug‘ turbinasi ishlashi uchun keragidan ancha ko‘p bo‘lganligi sababli, uning bir qismi maxsus izotermik sig‘imlarda saqlanadi va undan kechasi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Download 3.15 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 3.15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



a-rasm. Bug‘ trubinali quyosh issiqlik elektr stansiyasining sxemasi

Download 3.15 Mb.