Quyosh energiyasidan issiqlik ta’minotida foydalanishning aktiv va passiv tizimlari




Download 3.15 Mb.
bet8/13
Sana09.10.2023
Hajmi3.15 Mb.
#87386
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-mavzu. Quyosh issiqlik energiyasi
Mobil qurilmalarning dasturiy taminoti OA Vobkent 2 son, treee (3), treeee, Кредит модуль талабаларга, 1-MA\'RUZA, 7-bh-21 guruh talabasi Iskandarov Azizbekning-www.hozir.org, ombor logistikasi 1- amaliy ish, Guliiii, Система графических упражнений как средство творческого развития, djumagulovtin, Chiziqli bir bog, XKM dildara
2. Quyosh energiyasidan issiqlik ta’minotida foydalanishning aktiv va passiv tizimlari
Isitish tizimlarida an’anaviy issiqlik manbalari (ko'mir, gaz va suyuq yoqilg'ilarda ishlaydigan issiqlik chiqarish uskunalari) bilan bir qatorda, an’anaviy bo'lmagan manbalardan, masalan, quyosh va geotermal suvlar energiyasidan foydalanish mumkin. O'zbekiston sharoitida isitish uchun, ayniqsa, quyosh energiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki respublikamiz gelio resurslarga juda ham boydir. Quyosh radiatsiyasi deyarli tugamas va ekologik toza energiya manbayidir. Quyosh energiyasi oqimining quvvati atmosferaning yuqori chegarasida 1,7 x 1014 kVt bo'lsa, yer yuzining sathida l,2xl014 kVt ga teng. Yil davomida yerga tushayotgan quyosh energiyasining umumiy miqdori l,05xl0l8kVt/soatga tengdir, shu jumladan yerning quruqlik yuzasiga 2xl017 kVt/soat to'g'ri keladi. Ekologik muhitga zarar yetkazmasdan turib, umumiy tushayotgan quyosh energiyasining 1,5% gacha foydalanish mumkin. Bu juda katta energiya miqdoridir. Agar bu miqdordan ko‘proq quyosh energiyasidan foydalanilsa, unda parnik effekti natijasida yerning iqlimi o'zgarishi va ekologik muhit buzilishi mumkin. Quyosh nurlanish oqimining o‘rtacha sutkalik intensivligi tropik zonalari va cho'llarda 210-250 Vt/m2 [18-21,2mJ/(m2 sut)], O‘zbekistonda 186-214 Vt/m2 [16,1 +28,47 mJ/(m2 • sut)], maksimal miqdori esa (yer yuzining sathida)-1000 Vt/m2, quyosh doimiysi 1530Vt/m2 teng (atmosferaning yuqori chegarasida quyosh nurlariga perpendikular sirtda). Markaziy Osiyo respublikalarida yil davomida quyosh nur sochishining davomiyligi 2700-3035 soatga teng. Yil davomida 1 m2 gorizontal sirtga Ashxabotda-1720 kVt • soat, Toshkentda-1684 kVt soat, Nukusda-1632 kVt soat, Termizda-1872 kVt • soat energiya tushadi. Quyoshli isitish tizimlari deb, issiqlik manbasi sifatida quyosh energiyasidan foydalaniladigan tizimlarga aytiladi. Quyoshli isitish tizimlari boshqa past haroratli isitish tizimlaridan, quyosh energiyasini qabul qilish va uni issiqlik energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladigan, maxsus elementi-quyosh kolektori mavjudligi bilan farqlanadi.
Quyosh radiatsiyasidan foydalanish usuliga ko‘ra past haroratli quyoshli isitish tizimlari passiv va aktiv turlarga bo'linadi. Passiv quyoshli isitish tizimlarda, quyosh radiatsiyasini qabul qiladigan va issiqlikka aylantiradigan element sifatida binoning o'zi yoki uning alohida qismlari (devorlar, tom va shunga o'xshash) xizmat qiladi (2.1-rasm). Bino-kollektor «turdagi passiv quyoshli isitish tizimda, quyosh radiatsiyasi yorug'lik oraliqlari orqali xonalarga kirib, issiqlik tutqichga tushganday bo'ladi. Qisqa to‘lqinli quyosh nurlari deraza oynalaridan erkin o‘tib (o‘tkazish koeffisiyenti 0,85÷1,0 ga teng), ichki to‘siqlar va mebellarga tushib, issiqlikka aylanadi. Sirtlaming harorati oshadi, issiqlik havoga va xonaning yorug‘lik tushgan sirtlariga konveksiya va nurlanish orqali beriladi. Bunda sirtlar nurlanishi uzun to'lqinli sohada sodir bo'ladi va nurlar deraza oynalaridan yomon o‘tib (o'tkazish koeffisiyenti 0,1÷0,15 ga teng), xonaning ichiga qaytariladi.
Shunday qilib, xonaga kirgan quyosh radiatsiyasi unda deyarli butunlay issiqlikka aylanadi va xonaning issiqlik yo‘qolishlami to‘liq yoki qisman qoplash mumkin. Ichki massiv to'siqlar issiqlik bir qismini akkumulatsiyalashi quyosh radiatsiyasi to‘xtagandan so‘ng uni asta-sekin 6-8 soat davomida xonaga berishi mumkin.
Aktiv past haroratli quyoshli isitish tizimlari deb, quyosh kollektorlari alohida mustaqil binoga tegishli bo‘lmagan qurilmalar ko‘rinishiga kirgan tizimlarga aytiladi. Hozirgi kunda aktiv quyoshli isitish tizimlarida ikki turdagi quyosh 34
kollektorlaridan foydalaniladi: konsentratsiyalaydigan (2.2-rasm) va yassi. Bunday quyosh kollektorlari bilan ishlaydigan quyoshli isitish tizimlari 2.3-rasmda keltirilgan.


Download 3.15 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 3.15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh energiyasidan issiqlik ta’minotida foydalanishning aktiv va passiv tizimlari

Download 3.15 Mb.