|
4-mavzu: Sovet hukmronligi davrida O‘zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari. Qatag‘onlik siyosati va uning mohiyati
|
bet | 1/3 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 5,61 Mb. | | #155681 |
Bog'liq 4-mavzu 4-mavzu: Sovet hukmronligi davrida O‘zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari. Qatag‘onlik siyosati va uning mohiyati. Tarix fanlari doktori Z.N.Xatamova Reja: - 1. 20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat.
- 2. Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi.
- 3.“Xotira va qadrlash” kuninig milliy bayram sifatida nishonlanishi, uning mohiyati va axamiyati.
- 4.50-80 yillarda o’tkazilgan iqtisodiy isloxotlar, ularning samarasizligi.Mustabid sovet tizimining O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari.
1. 20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat. - 20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat O`zbekistonning ham iqtisodiyotida jonlanishga olib keldi.
- Lekin 20-yillarning oxirida bu siyosat o`zining mohiyatini yo`qota boshladi va 1929-yilda batamom bekor qilindi. Yerkin savdo, xususiy tadbirkorlikka chek qo`yildi.
- O`zbekistonda sovet hokimniyatini mustahkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashtirish siyosatini amalga oshirish boshlandi.
- Sanoati qoloq, malakali ishchi kadrlar mutaxassislari deyarli yo`q, og`ir sanoati rivojlantirish tajribasi yo`q o`lkada industriyalashtirish og`ir kechdi.
- Industriyalashtirishning dastlabki paytida kichik suv elektrostantsiyasi hamda qishloq xo`jaligiga, paxtachilikka qaratilgan xom-ashyoni qayta ishlash korxonalari qurilib ishga tushirildi.
- Chirchiqdagi GESlar Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki. Farg’ona to`qimachilik, Samarqand va Marg`ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir.
- 30-yillarda Toshkent to`qimachilik kombinati, qishloq xo`jalik mashinasozlik zavodi, Chirchiq kimyo kambinati va boshqa ko`plab yirik korxonalar ishga tushirildi. 30-yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil sanoat korxonalari mavjud bo`lib, bularda 142 ming ishchi mehnat qilar edi.
- 1930-yilning boshlaridan yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o`rta hol dehqonlar va kambag`allarning yerlari jamoa xo’jaliklariga birlashtirildi, ularning qo`llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi.
- Davlat, jamoa xo`jaliklari orqali rejalashtirilgan yo`l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig`ib oladigan bo`ldi, buning natijasida dehqonlar xo`jaligi xonavayron bo`ldi.
- Ommaviy jamoalashtirishga suyanib, badavlat xo`jaliklar ayrim o`rtahol dehqonlardan 5,5 mingdan ortig’i o`z oilasi bilan uzoq o`lkalarga surgin qilindi.
- O`z-o`zidan ravshanki jamolashtirish siyosati natijasida qishloq xo`jaligida mehnat unumdorligi pasayib, moddiy manfaatdorlik yo`qoldi, qishloq aholisi qashshoqlashdi, dehqonni espluatatsiya qilishning birdan-bir takomillashgan usuli kashf etildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-mavzu: Sovet hukmronligi davrida O‘zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari. Qatag‘onlik siyosati va uning mohiyati
|