|
Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi
|
bet | 2/3 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 5,61 Mb. | | #155681 |
Bog'liq 4-mavzu2. Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi. Insoniyat juda ko’p urushlarni boshidan kechirgan bo’lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 milliondan ortiq kishining yostig’ini quritgan, XX asr fojiasi bo’lmish ikkinchi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr - 1945 yil sentyabr) davom etgan bu urush yer sharining 80% aholisi joylashgan hududni, 61 ta mamlakatni o’z ichiga qamrab olgan. - Urush butun mamlakat xo’jaligi, uning hayotini tubdan o’zgartirib yubordi. 1941 yil 30 iyunda Davlat mudofaa Qo’mitasi (DMK)ning tuzilishi bilan mamlakatdagi butun siyosiy, harbiy va xo’jalik hokimiyati uning qo’liga o’tdi. Ushbu qo’mitaning raisi I.V.Stalin 19 iyuldan SSSR mudofaa xalq komissari, 8 avgustda SSSR qurolli kuchlari Oliy Bosh qo’mondoni lavozimini egalladi. U ayni paytda SSSR XKS raisi va VKP (b) MK Bosh kotibi bo’lgan.
- Ikkinchi jahon urushi davrida respublikaga rahbarlik qilgan O’zbekiston Kompartiyasi MKning 1-kotibi Usmon Yusupov (1937-1950 yy.) O’zbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilishda bosh-qosh bo’ldi.
- Umumiy axvolning keskin yomonlashuvi oziq-ovqat borasida qiyinchilik tug’dirdi. SHaharlarda oziq-ovqat kartochkalari joriy qilindi.
- Urush yillarida aholining yangi ijtimoiy guruhlari - harbiy xizmatchilar oilalari, ko’chib kelgan kishilar, Urush nogironlari, yetim bolalar paydo bo’ldi. Urush yillarida respublikaga bir millondan ortiq kishi, shu jumladan 200 ming yetim bola evakuatsiya qilindi. O’zbekiston ularga boshpana ber di.
- O’zbeistonliklar ko’chirib keltirilgan bolalarga mehribonlik va hamxo’rlik ko’rsatdilar. 15 nafar yetim bolalarni farzandlikka olgan SHomahmudovlar oilasining oliyjanobligi hammamizga ma’lum.
- Urush nog’ironi Kattaqo’rg’onlik Hamid Samadov oilasi 13 bolani o’z panohiga oldi.
- Samarqandlik kolxozchi Fotima Qosimova 10 bolani qabul qildi.
- Urush yillarida 4,5 ming nafardan ziyodroq bolalar O’zbekistonlik oilalar tomonidan qabul qilinib olindi. Ko’chirib keltirilgan bolalarning asosiy qismi bolalar uylariga joylashtirildi. Urush yillarida bunday uylarning soni ikki barobardan ziyod ko’paydi.
- 1941 yil oxirigacha 300 ga yaqin korxona harbiy izga solindi, jangovor texnika, qurollar, o’q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurildi. SHulardan 100 tasi urush bo’layotgan hududlardan ko’chirib keltirildi va qayta qurildi.
- 1941 yil 1 oktyabrgacha O’zbekiston sog’liqni saqlash xalq komissarligi tizimida 47 gospital barpo etildi va zarur uskunalar bilan jihozlandi.
- Iqtisodiyotni jadal harbiy izga solish eng muhim vazifa edi. Bunda front orqasi mehnatkashlarining xizmatini aloxida ta’kidlash lozim. 1941 yil 26 iyundan boshlab ishchi va xizmatchilar uchun ish vaqtidan tashqari majburiy ortiqcha ishlar joriy qilindi, haftasiga mavjud besh kunlik o’rniga olti kunlik, bir kunda 11 soatlik ish kuni joriy qilindi. Aslida ish kuni 12-14 soatga cho’zilardi. Bu ishchi va xizmatchilar sonini oshirmasdan, ishlab chiqarish quvvatini ko’tarish imkonini berdi. Biroq ishchi kuchi baribir yetishmasdi. O’zboshimchalik bilan korxonadan ketib qolganlarga 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi belgilab qo’yildi.
- 1941 yil sentyabr-deqabr oylarida respublika hukumati xalq xo’jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon ishga tushirilishi to’g’risida, ichki resuslarni to’la safarbar etish to’g’risida aniq vazifalarni belgilab berdi. Kadrlar, sanoat xom ashyosi, yoqilg’i, stanoklar, uskunalar keskin yetishmasligiga qaramay, 1941 yil deqabriga kelib Toshkentdagi 63 ta, respublika hududidagi 230 ta sanoat korxonalari mudofaa mahsulotlari ishlab chiqara boshladilar. Ko’chirib kelingan zavodlar ham o’z quvvatini oshirib bordilar.
- Elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida 7 ta yirik va 30 ga yaqin kichik GESlar qurildi. Ayniqsa, O’zbekistonning eng yirik gidrostansiyasi bo’lib qolgan Farxod GES ko’rilishi umumxalq qurilishga aylantirilib, 10 oy ichida Sirdaryo to’silib, GES ishga tushirildi.
- Elektr energiyasi 1940 yilga qaraganda 1943 yil 3,5 barobar oshdi, 1945 yilda esa 1187 ml.kilovat soatga ko’paydi. Yangi ko’mir va neft qonlari ochildi, eskilaridan ko’proq foydalaniladigan bo’lindi (Angren, SHargun, Qizilqiya qonlari va boshqalar). Bekobodda metallurgiya zavodi barpo etildi. Olmaliq mis qoni ishga tushirildi.
- Urush yillarida O’zbekistonda indo’striyaning barcha sohalariga taalluqli bo’lgan 280 ta yangi sanoat korxonasi qurildi. Respublikaning sanoat quvvati 1945 yili 1940 yildagiga nisbatan 2 marta, neft ishlab chiqarish 4 marta, metallni qayta ishlash 4,5 marta, mashinasozlik 13,4 marta, ko’mir ishlab chiqarish 30 marta oshdi, kimyo sanoati ishlab chiqaradigan yalpi ma’sulotlar 5 barobar ko’paydi. SHular qatorida yengil va oziq-ovqat kooperativ sanoatining ham ishlab chiqarish ko’lami ancha kengaydi.
- Temir yo’l ham harbiy xizmatga o’tkazildi. Toshkent temir yo’li ko’chirib kelinayotgan korxonalarning asbob-uskunalari Garbdan SHarqqa yetkazib beriladigan asosiy yo’llaridan biri bo’lib qoldi, SHarqdan Garbga esa qurol-yarog’lar yuborilardi.
- 1941-1945-yillardagi urushning barcha jabhalarida O’zbekistonlik jangchilar qahramonlik va mardlik ko’rsatdilar. Ikkinchi jahon urushida fashistlar va Yaponiya militarizmi kuchlariga qarshi kurashdagi jasorati, mardlik va qahramonligi uchun 120 ming kishi orden va medallarga, 280 kishi esa Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldi, ulardan 75 tasi o’zbek jangchilari edi, 82 O’zbekistonlik askar har uchala darajali «SHuhrat» ordenini olishga muyassar bo’lgan.
|
| |