• 1. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi
  • 4.1-rasm. Transformatorning a) tuzilishi; b) shartli belgilanishlari
  • 4-Mavzu. Transformatorlar. Reja




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/14
    Sana02.04.2022
    Hajmi1.42 Mb.
    #19222
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


    4-Mavzu. Transformatorlar. 
    Reja:
    1. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi. 
    2. Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti va undagi quvvat isrofi. 
    3. Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari. 
    4. Uch fazali transformator chulg’amlarining ulanish sxemalari. 
    5. Avtotransformatorlar, o’lchov trtansformatorlari, payvandlash transformatorlari. 
    6. Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o’zgarishi. 
    7. Transformatorlarning parallel ishlashi. 
    1. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash 
    prinsipi
     
    Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan 
    ikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste’molchilari aksariyat 
    hollarda yoqilg‘i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr 
    stansiyalaridan bir necha o‘nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr 
    energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo‘ladigan isrofi
    ΔP= I
    2
     R
    l
    va kuchlanishning pasayuvi ΔU=IR
    l
    doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi 
    ortgan sari bu ko‘rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to‘la quvvati (S=I ·U) ni 
    o‘zgartirmagan holda uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat 
    formulasidan ko‘rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori bo‘lsa
    S = const tok kuchi shunchalik kichik bo‘lib, u bilan bog‘liq isroflar ham shunchalik 
    kam bo‘ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko‘ndalang kesimini kichik 
    olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi.
    a)
    b) 
    4.1-rasm. Transformatorning a) tuzilishi; b) shartli belgilanishlari 
     
    bu yerda:
    V
    p
    - Boshlang‘ich kuchlanish bo‘ladi (U
    1

    V
    S
    - Chiqish kuchlanishi bo‘ladi (U
    2

    N
    p
    - Birlamchi o‘ram simlarining soni (w
    1

    N
    S
    - Ikkilamchi o‘ram simlarining soni (w
    2

    Ф (phi) - Magnit oqimi bo‘ladi. 


    Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning 35, 110, 220, 500, 750 va 1150 kV 
    kuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o‘ta yuqori kuchlanishlarni bevosita 
    generatorlardan olib bo‘lmaydi. Odatda, elektr stansiyalaridagi generatorlaming 
    nominal kuchlanishi ko‘pi bilan 21 kV dan oshmaydi. Elektr energiyasining 
    iste

    molchilari esa bir fazali 220 V; va uch fazali 380 V nominal kuchlanishlarga 
    mo‘ljallangan. Shuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining 
    nisbatan past kuchlanishli, ammo katta tok kuchiga ega bo‘lgan quvvatini (hozirgi 
    vaqtda 150, 300, 500, 800 va 1200 ming kVt li generatorlar ishlab chiqariladi) yuqori 
    kuchlanishli va nisbatan kichik tok kuchiga ega bo‘lgan quvvatga o‘zgartirish kerak. 
    Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi.
    Transformatorning ixtirochisi rus olimi P.N. Yablochkov hisoblanadi. U 1876 
    yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor trasformatordan foydalangan.
    Elektr energiyasining bir pog‘onada bo‘lgan u
    1
    , i
    1
    kuchlanish va tokini boshqa 
    pog‘onadagi u
    2
    , i
    2
    kuchlanish va toka aylantirib beradigan statik (harakatlanuvchi 
    qismlari bo‘lmagan) elektromagnit apparati transformator deyiladi. Yoki bir xil 
    chastotali o‘zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini o‘zgartirib beruvchi 
    elektrostatik apparat transformator deyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda 
    qo‘llanilishidan tashqari, kuchsiz toklarda ishlovchi hisoblash mashinalari, 
    avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televidenie qurilmalari zanjirlarida 
    va umuman, elektr kuchlanishini o‘zgartirib berish kerak bo‘lgan barcha joylarda 
    ishlatiladi.
    Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
    - elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan katta quvvatli 
    (uch fazali) transformatorlar; 
    - kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada o‘zgartirib berish va dvigatellarni 
    ishga tushirish uchun mo‘ljallangan avtotransformatorlar; 
    - taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanishni rostlab turish uchun mo‘ljallangan 
    induksion rostlagichlar: 
    - o‘lchov asboblari va himoya vositalarini sxemalarga ulash uchun mo‘ljallangan 
    o‘lchov transformatorlari; 
    - payvandlash, qizdirish pechlari sinov, to‘g‘rilash va hokazolar uchun 
    mo‘ljallangan maxsus transformatorlar. 
    Transformator turlarining ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda bo‘ladigan 
    elektromagnit jarayonlar umumiy o‘xshashlikka ega
    bo‘lib, ularning ishlash prinsipi 
    bir xildir. 4.1 - rasmda bir fazali ikki chulg‘amli transformatorning sxemasi va shartli 
    belgilanishi ko‘rsatilgan. Transformator po‘lat o‘zak (magnit o‘tkazgich) 1 dan va 
    ikkita mis chulg‘amlar 2 dan iborat. Po‘lat o‘zakning induksion toklar hisobiga qizib 
    ketishini kamaytirish maqsadida u qalinligi 0,35‚0,5 mm bo‘lgan elektrotexnika 


    po‘lat plastinalardan yig‘iladi. Plastinalarning ikki tomoniga izolyatsion lok surtiladi 
    yoki ular tegishlicha qizdiriladi 4.2 - rasm. Po‘lat o‘zak plastinalarni yig‘ish tartibi 
    4.3-a) va b) rasmlarda ko‘rsatilgan. Qatlam plastinalarining choklari ustma-ust 
    tushmasligi kerak. Po‘lat o‘zak magnit zanjirini hosil qilish uchun xizmat qiladi va 
    shu tufayli assosiy magnit oqimi 
    Ф 
    po‘lat o‘zak bo‘ylab harakatlanadi. Po‘lat 
    o‘zakning miss chulg‘amlar o‘ralgan qismi sterjen deyiladi. Shuning uchun birlamchi 
    chulg‘amga (zanjirga) oid kattaliklar 1 indeksiga ega, masalan, birlamchi 
    chulg‘amning o‘ramlar soni w
    1
    qismlaridagi kuchlanish zanjirdagi tok i va h.k. 
    shuningdek, ikkilamchi chulg‘amga oid kattaliklar 2 indeksiga ega, masalan, w
    2
    , u
    2
    , i
    2
    va h.k.

    Download 1.42 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish