• Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
  • 4-Mavzu: Xitoy va Hindiston sivilizatsiyasi (2 soat) Reja




    Download 59.06 Kb.
    Sana03.05.2023
    Hajmi59.06 Kb.
    #55915
    Bog'liq
    4-Mavzu Xitoy va Hindiston sivilizatsiyasi (2 soat) Reja
    12-mavzu. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar, 7, ReadMe UzTransLit, kompyuter savodxonligi, MA`RUZA MASHG`ULOT 7, 3 topshiriq (3), 10-11-1, Islom - Vikipediya, Informatika va axborot texnologiyalari (T.Safarov, Sh.O\'roqov, R.Baxromov), M-14, 00000, Документ Microsoft Word, dasturlash mustaqil ish 2, Ontologik va munosabatdosh kategoriyalarning uyg‘unlig

    4-Mavzu: Xitoy va Hindiston sivilizatsiyasi (2 soat)
    Reja:
    1. Qadimgi Xitoy davlatchiligining taraqqiyoti
    2. Qadimgi Xitoy madaniyati
    3. Hind sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari.
    4. Qadimgi hind madaniyati va uning taraqqiyoti.


    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
    Dongshon sivilizatsiyasi (miloddan avvalgi I-ming yillik). Iqtisodiy va ijtimoiy tuzilish. Madaniyat. San’at. Vetnam davlatlari. Indoneziyaliklar va mon-kxmerlarining davlatchiligining tashkil qilinishi. Madaniyat. San’at.
    YAnshao, Lunshan, Xunshan, SHan va CHjou davri, CHunsyu (bahor va kuz) davri, CHjango (kurashuvchi shohliklar) davri, YUz maktabining raqobati davri, Konfutsiy ta’limoti, dao ta’limoti, moizm ta’limoti, legizm, Sin davlati, Sin SHi Xuandi, To‘ng‘ich Xan saltanati, Kichik Xan saltanati.

    Moxenjodaro, Xarappa, oriylar, “Veda davri”, “Budda davri”, Mauriya davlati, Kushon va Gupta saltanatlari, “Vedalar”, induizm, Bxagavat – Gita, buddizm.


    4.1. Dongshon sivilizatsiyasi m.a. I ming yillikning boshlarida Hindixitoy yarimorolining shimoliy-sharqiy qismidagi Qizil daryoning quyi oqimlarida yashagan austroosiyo til oilasiga kiruvchi tilda so‘zlashuvchi lakvetlar tomonidan barpo etilgan. Dongshonliklarning ma’naviy madaniyatida ajdodlar ruhiga sig‘inish ustunlik qilgan va u asta-sekin sinfiy jamiyatning alohida dinini shakllantirgan. SHolikor lakvet-dongoshliklarda, boshqa dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi xalqlarda bo‘lgani kabi, osmon jismlariga, hosildorlikka topinish ham mavjud bo‘lgan. Dongshonliklar dinining ko‘pgina elementlari boshqa austri xalqlari tomonidan qabul qilingan, rivojlantirilgan va to‘ldirilgan.


    Dongshon sivilizatsiyasining tushkunlikka yuz tutishi uning vakillari diniy tasavvurlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq edi.
    Lakvetlarning xanliklar bilan aloqaga kirishishi xanliklar ma’naviy hayotining ta’sirini olib kelmagan bo‘lsa-da, bilvosita diniy ma’lumotni saqlashda tasviriy vositadan ko‘ra matn rolining oshishiga olib keldi.
    Dongshon sivilizatsiyasi diniy maqsadlarga xizmat qilgan o‘ziga xos realistik san’ati bilan mashhur. Diniy marosimlar odamlar kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan va shu tufayli marosimning realistik tasvirlanishi talab etilgan. Insonlar qat’iy belgilangan kompozitsiyalar doirasida tasvirlangan, ushbu kompozitsiyalar diniy marosim buyumi – “dongshon nog‘oralari” (kesik konus)da aks ettirilgan. Ushbu konuslarda tasvirlangan sahnalar deyarli bir xil: harbiy kema, kemadagi yoki piyoda jangchilar va uchayotgan laylak (dongshonliklarda laylak
    muqaddas qush sanalgan). Ta’kidlab o‘tish lozimki, tasvirlar shunchaki turli real odamlarni emas, belgilab qo‘yilgan mazmunga ega sahnalarni aks ettirgan. Dongshon san’atining ommaviy tarqalgan marosimiy turi mayda bronza haykaltaroshlik bo‘lgan. Demak dongshon san’atining muhim vazifasi marosimni qayd etish bo‘lgan. Bu jihatdan u vazifasiga ko‘ra boshqa dinlardagi marosimni tasvirlovchi matnga mos keladi.
    Dongshon san’ati lakvetlarda sehrgalik, qurbonlik, muqaddas qushga topinish kabi amaliyotlarning bo‘lganligi, rivojlangan harbiy marosimlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Etnograflarning keyingi kuzatuvlariga ko‘ra “nog‘oralar” ni marosimlarda qo‘llash xudolar tasviri va kohinlar ishtirokisiz bajariladigan marosimlar orqali insonlarning narigi dunyo kuchlari bilan munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi lozim bo‘lgan.
    M.a. VI-IV asrlarda gullab-yashnagan dongshon san’ati bir qancha lokal variantlarning yuzaga kelishiga turtki berdi. Uning Janubiy-SHarqiy Osiyoning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan hududlarida yashagan boshqa austri xalqlari tomonidan tez qabul qilinishiga ikkita omil sabab bo‘lgan: sinfiy jamiyatga o‘tayotgan asosiy sholikor vodiylar aholisi rivojlangan mafkura zarur edi va ikkinchidan, bu barcha xalqlarning diniy tasavvurlarining asosi yagona bo‘lgan – ajdodlarga sig‘inish.
    Ilk bosqichlarda dongshon sivilizatsiyasi Indoneziyaning Malakka yarimoroli tomonga, shuningdek Qizil daryoning yuqori oqimi bo‘ylab tarqalgan. Keyinchalik shimoli-sharqqa, lakvetlarga qardosh bo‘lgan, o‘z davlatiga ega bo‘lgan namvetlar erlariga tarqalgan.Dongshon san’ati ta’sirida shakllangan eng qiziqarli maktablar sirasiga malayya-yava maktablarini, tay-austroosiyo muhitida Dien davlatini (hozirgi YUnnani), shuningdek namvetlarni (Namvet davlati-Guansi va Guandun hududlari) kiritish mumkin. Dienada “nog‘oralar” o‘zgartirilgan holda saqlanib qolgan, ularda mahalliy obrazlar aks ettirilgan. Diena san’atida naqshlar uslubi o‘zgargan, bu erda e’tiqod qilinadigan yo‘lbars va ilon tasviri paydo bo‘lgan. Austroneziyaliklarda (malayalar, yavalilar va boshqalar) diniy sahnadagi asosiy qism – laylak parvozi va patli dubulg‘ali jangchilar saqlanib qolgan. SHu bilan birga mahalliy muqaddas obrazlar paydo bo‘lgan. Namvet maktabida insonlarning mahalliy obrazlari yaratilmagan, yangi elementlar naqshli belgilardan iborat bo‘lgan. Namvetliklarda “yomg‘ir chaqiruvchi” qurbaqalarga sig‘inish rivoj topgan. So‘nggi dongshon davrida (m.a. II-I asrlar) mazkur san’at izlari o‘chib borgan, milodiy asr boshlaridan esa Qizil daryo vodiysi va undan janubdagi vodiylarda diniy marosim buyumlarini ishlab chiqarish ham to‘xtagan. Ammo bu erda ajdodlarga sig‘inish hanuzgacha saqlanib qolgan. Bu Hindistondan buddizmning kirib kelishi va lakvetlarning xanliklar bilan madaniy assimilatsiyalashtirishga urinish bilan bog‘liq edi. Milodiy I-II asrlarda “nog‘oralar” bilan bog‘liq e’tiqod Xan ma’muriyati tomonidan ta’qib qilingan.
    Milodiy I asrdan lakvetliklar orasida buddizmning tarqalishi va asosiy dinga aylanishi dongshon diniy marosim amaliyotining yo‘q bo‘lib ketishiga asosiy sabab bo‘ldi. Ushbu amaliyot uzoqroq vaqtgacha chekka tog‘li hududlarda va Indoneziya orollarining bir qismida saqlanib qoldi. Vetlar e’tiqodida bronza nog‘ora uzoq vaqtgacha vet imperatorlarinning ruhlari kabi vetlar davlatini asrovchi mo‘‘jizaviy kuchlar timsoli sifatida saqlanib qolgan. Markaziy va Janubi-SHarqiy Hindixitoy, Malakka yarimorolining shimoli va G‘arbiy Nusantara orollaridagi mon-kxmerlar va austroneziyaliklar, G‘arbiy Hindixitoydagi protobirmaliklar va monlar, shuningdek zamonaviy YUnnanning bir qancha tay-austroosiyo guruhlarining ajdodlarida ilk sinfiy davlat madaniyati va mafkurasining shakllanishi qadimgi SHarq sivilizatsiyalari bilan aloqalarning kuchayishi sharoitida kechgan. Hindiston hamda SHri-Lankadan hinduiylik va buddizmning kirib kelishi diniy me’morchilik va ikonografiyaning umumqabul qilingan qoidalarining shakllanishiga olib keldi. Arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Hindixitoy yarim orolining janubidagi Bapnoma shahri kabi nisbatan taraqqiy etgan markazlarda, hind markazining yodgorliklari kirib kelishidan avvalroq qurilishning g‘isht va tosh qo‘llanilgan avtoxton an’analari mavjud bo‘lib, ilk kxmer animistik e’tiqodlariga xizmat qilgan ibodatxonalar barpo etilgan. Bu hududlarda o‘ziga xos obrazlar va mavzularga ega diniy va dunyoviy haykaltaroshlik, naqsh-bezak san’ati mavjud bo‘lgan. Milodiy II-V asrlarda Bapnom va Janubiy dengizdagi dengiz kommunikatsiyalarining forpostlari mahalliy madaniyatning hinduiylik va buddizm bilan keng tutashgan zona bo‘lgan. Ushbu dinlar austrik xalqlarning ajdodlarga sig‘inish e’tiqodi va tabiatning iloha-ruhlari, boy diniy-mifologik an’analariga moslashtirilgan. Me’morchilikda bu podsho hokimiyatining vorisiyligi muqaddaslashtirilgan, Tog‘ Podshoning SHiva qiyofasidagi hinduiylashtirilgan e’tiqodi bilan bog‘liq ibodatxonalarning barpo etilishida namoyon bo‘ldi. Bapnom Oy sulolasining so‘nggi podsholari (kurunglar) (V-VI asr boshlari) Angkor-Boreya rayonida SHivaning Podshoning ilohiy timsoli bo‘lgan, muqaddas Tog‘da istiqomat qiladigan Girishi va Maxeshvara qiyofasidagi ibodatxonalarini barpo etishgan. Bu an’ana CHenla (Kambudjadeshining o‘tmishdoshi) tomonidan qabul qilingan va uning bosh ibodatxonasi Lingvi Vat Pxuda aks etgan. Mazkur mafkuraviy tasavvurlar bilan bog‘liq ibodaxona me’morchiligining yana bir markazi milodiy IV asrda SHiva Bxadreshvari sulolaviy e’tiqodi yoyilgan qadimgi Tyampa (Janubiy Vetnamning Markaziy qismidan to shimoligacha) bo‘lgan. Kxmerlarda Tog‘ Podsho eysora nomi bilan ma’lum bo‘lgan va ibodatxonalar shahri Misonda SHivalingi ibodatxonalari barpo etilgan. Demak VI asrdayoq mahalliy mahobatli ibodatxona qurilishining ilk shakllari yaratilgan va u keyinchalik o‘rta asr klassik me’morchiligiga, aynan “tog‘-ibodatxona” shakliga asos bo‘lgan. Mahalliy an’analarning hinduiylik (shivaizm, vishnuizm) va buddaviylik tasavvurlar bilan uyg‘unlashuvi tufayli “tog‘-ibodatxona”ning minorasimon yoki piramidasimon -terassali konstruktsiyasi austroosiyo (monlar, kxmerlar va boshqalar) va austroneziya xalqlari me’morchiligining barqaror modeliga aylandi. Buddizmning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim me’morchilik yodgorligi qo‘ng‘iroqsimon yoki dubulg‘asimon stupalar bo‘lib, ular “tog‘-ibodatxona” bilan bir qatorda qadimgi va o‘rta asr Janubi- SHarqiy Osiyo davlatlari diniy me’morchiligining asosiy tuzilmasini tashkil etdi. Dastlab stupalar Quyi Birma va Tailand monlarida va O‘rta Iravaddagi pyularning ilk Birma podsholigida keng tarqaldi.
    Hindixitoy yarimoroli va Nusantara orollarida ma’lum bo‘lgan diniy ikonografiyada dastlab Budda tasvirlari milodiy II- III asrlardagi Amavarati maktabi va uning SHri-Lanka mahalliy variantlari ta’sirida yaratilgan. Dong – Ziong (Vetnam), Pong-Tuk (Tailand), Sungey Budjang (Malakka yarimoroli) dagi haykallarni esa Gupta davri hind obrazlarining mahalliy an’analar bilan uyg‘unlashgan budda ikonografiyasi namunalari sifatida baholash mumkin. V-VI asrlardagi
    so‘nggi Bapnom budda ikonografisida qadimgi kxmer mahobatli haykaltaroshligining ilk namunalaridan bo‘lgan yirik yog‘och haykaltaroshlik ajralib turadi. Mahalliy toshga va yog‘ochga ishlov berish va bronza quyish san’ati chuqur ildizlarga ega bo‘lganligi sababli antrpomorf tosh va metall budda haykaltaroshligi tez rivoj topdi. VIII asrning birinchi yarmida yuzaga kelgan Pnom Da uslubidagi Budda, Vishnu va boshqa hinduiylik xudolarining tasvirlarida mahalliy va antik an’analar uyg‘unligi ko‘zga tashlanadi.
    Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar chegarasida Janubi-SHarqiy Osiyo xalqlarining klassik san’ati xarakterini belgilab bergan alohida siyosiy mafkuraviy omillarni sanab o‘tish lozim. Birinchidan, yirik davlat birlashmalarining mavjudligi - CHenla (Kambudja), Tyao-Pray havzasidagi monlarning Dvaravat davlati, Iravad vodiysidagi Tarekkitar (SHrikshetra) ilk Birma podsholigi, hozirgi Janubi-G‘arbiy
    Xitoydagi Dal (Nanchjao), Tyampa austroneziya davlati, SHrividjay (markazi Sumatra orolida) va YAva orolidagi Mataram. Navbatdagi omil hinduiylik va buddizm qobig‘ida hukmdor-xudo rasmiy e’tiqodining, ajdodlarga sig‘inish e’tiqodining turli an’anaviy shakllarining yanada rivojlanishidir. ”Keng yo‘l” (maxayana) buddizmining va ayniqsa vajrayana buddizmi afsonaviy mafkurasining tarqalishi yana bir muhim omil bo‘lgan.
    Badiiy madaniyatning muhim yutuqlari bu omillar bilan bog‘liq bo‘lgan va ilk o‘rta asrlar klassik me’yorlariga asos bo‘lgan. 1. “Tog‘-Ibodatxona” me’morchilik obrazi kxmerlarlarning prasat, tyamlarning kalan, yavaliklarning chandi, malayyaliklarning biaro modellariga asos bo‘lgan. Bu me’morchilik shakllarining barchasi zinapoyasimon piramida “tog‘” ning yuqorisida barpo etilgan minorasimon, terassa-minorali ibodatxonalardir. Me’morchilikning ahamiyatga ega mahalliy yo‘nalishlarining barchasida ibodatxona qurilishiga o‘z an’analariga mos holda o‘zgarishlar kiritilgan. 2. Haykaltaroshlikning etakchi yo‘nalishlari yuqorida qayd etilgan me’morchilik, ya’ni ibodatxona majmualari bilan bog‘liq bo‘lgan. Kxmerlarning Sambor Prey Kuk va Prasat Andetdagi hinduiylashtirilgan xudolari va ayniqsa mashhur Xarixara (SHivaVishnu) haykallarida hukmdor hokimiyatining muqaddasligi va uning o‘limidan so‘ng ilohiylashtirilishi bilan bog‘liq g‘oyalar aks etgan. 3. Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar chegaralarida mahobatli
    san’atning budda aqidalari doirasidagi mahalliy me’yorlari ishlab chiqilgan. Masalan, Markaziy YAvadagi Borobudur ibodatxoan majmuasida (VIII asr oxiri - IX asr boshi) muqaddas Tog‘, stupa va piramida obrazlari birlashtirilgan. 4. Vetnam madaniy arealida “shimoliy mustaqillik” davrida (m.a. I asr – milodiy IX asrlar) xitoy sivilizatsiyasining ta’siri Dongshon sivilizatsiyasi vakillari-lakvetlar an’analari bilan to‘qnash keldi. Dxyana buddizmining qabul qilinishi va adaptatsiya qilinishi o‘ziga xos qirralarga ega alohida me’morchilik, haykaltaroshlik va naqsh san’ati yodgorliklarining paydo bo‘lishi bilan birga borgan (Dayla va Lyuilaudagi budda va fuqarolik insho otlari, Tenzudagi stupalar modellari, turli dafn buyumlari).
    Qadimgi Janubi-SHarqiy Osiyo sivilizatsiyalarining badiiy merosi
    hozirda ushbu hududda istiqomat qiladigan etnoslar an’anaviy madaniyatining ajralmas qismini tashkil etuvchi madaniy qadriyatlarni etkazishda katta rol o‘ynadi.


    4.2. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi tarixi m.a. Xuanxe vodiysida protoshaharlar paydo bo‘lgan III-II ming yilliklarga borib taqaladi. Uning yakuni esa Xan imperiyasining qulashi bilan belgilanadi. Xitoyning tabiiy sharoiti ma’lum ma’noda qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. M.a. I ming yillikning ikkinchi yarmiga qadar Xitoyning boshqa sivilizatsiyalardan uzilgan holda rivojlanganligi ham bu o‘rinda muhim rol o‘ynadi.
    Xuanxe daryosi havzasida mahalliy paleolit va mezolit madaniyatlari asosida m.a. V ming yillikda Xunshan, naqshinkor sopolli YAnshao neolit madaniyatlari shakllandi. III ming yillikda u qora sopolli Lunshan madaniyati bilan o‘rin almashdi. M.a. II ming yillikda Xitoyda shahar-davlatlar tipiga kiruvchi ilk sinfiy tuzilmalar paydo bo‘ldi. Ilk shahar madaniyatlari Xenani, SHansi, SHensi, SHandun va boshqa hududlarda topilgan. Ularning orasida Xenandagi Anyan shahri rayonida topilgan “Buyuk shahar SHan” ajralib turgan. SHan (In) shahar davlati anchagina yirik birlashmaning boshida turgan. SHan hukmdori van deb atalgan. Ular harbiy vakolatlarga va oliy kohinlik funksiyalariga ega bo‘lgan. SHanliklar doimiy urushlar olib borgan, harbiy asirlar ommaviy ravishda ilohiylashtirilgan ajdodlar va ruhlarga qurbonlik qilingan.
    M.a. II-I ming yilliklar chegaralarida SHanga g‘arbdan, Vey daryosi havzasidan kelgan chjou qabilalari tomonidan bosib olingan. Istilo oqibatida chjouliklar katta, ammo mustahkam bo‘lmagan davlat birlashmasi tuzganlar. U an’anaviy ravishda G‘arbiy CHjou deb ataladi. Uning tepasida CHjou podsho urug‘idan bo‘lgan va shanliklardan “van” unvonini qabul qilgan merosiy hukmdorlar turgan. Bu davrda podsholikning kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. Van Osmon O‘g‘li (Tyan-szi) va uning erdagi de sehrli kuchiga ega “YAgona” timsoli deb e’lon qilingan. Van hokimiyatni Osmondan olgan va u Tyansya – Osmon ostining hukmdori deb hisoblangan. G‘arbiy CHjou davlati despotik shaklga ega bo‘lmagan, vanlar hokimiyati uning huzuridagi amaldorlar kengashi bilan cheklangan.
    M.aIX asrdan G‘arbiy CHjouda davlati ichki siyosiy inqirozlar davri boshlandi. CHjou zodagonlari – chjuxou separatizmining o‘sishi bilan vanlarning harbiy qudrati susaygan. M.a. VIII asr boshlarida shimoli-g‘arbdan kirib kelgan ko‘chmanchilar hujumining kuchayishi sharoitida G‘arbiy CHjou tashqi xavfga qarshi tura olmagan. CHjouliklarning Vey daryosi havzasidagi erlari syuanjunlar tomonidan bosib olingach, m.a. 770 yilda CHjou poytaxti sharqqa (hozirgi Loyan hududi) ko‘chirilgan. Endi manbalarda SHarqiy CHjou deb atala boshlagan davlatning hududi keskin qisqargan. Xitoyda bir qancha mustaqil podsholiklar paydo bo‘ldi. Ular orasida Xuanxening o‘rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligidagi madaniy an’analarining yagonaligi bilan mashhur bo‘lgan podsholiklar ajralib turgan. Bu podsholiklar mamlakatning an’anaviy birligini ramzi sifatida CHjou vanining Osmon O‘g‘li sifatidagi oliy hokimiyatini rasman tan olardilar.
    Bu podsholiklar hududida xuasya madaniy-genetik mushtarakligining shakllanish jarayoni borar edi, natijada m.a. Iming yillik o‘rtalarida o‘rta podsholiklarning (chjungo) barqaror etnomadaniy-siyosiy majmui tashkil topdi. CHjungojen (o‘rta podsholik odamlari) larning madaniy ustunligi g‘oyasi qadimgi xitoyliklar o‘z-o‘zini anglashining muhim komponentiga aylandi. CHjou an’anasiga ko‘ra Xitoyda mahalliy etnik asosda tashkil topgan va o‘rta podsholiklardan til va madaniyat jihatidan farq qiladigan, ammo hudud va taraqqiyot jihatidan kam bo‘lmagan boshqa davlatlar “varvarlar” sifatida talqin qilingan. CHunsyu (Bahorlar va kuzlar) davrida o‘z hukmini butun Osmon ostiga o‘tkazgan “Besh gegemon” orasida to‘rttasi “varvar” podsholiklardan edi. M.a. V-III asrlarda, CHjango (kurashayotgan podsholiklar) davrida eng kuchli etti podsholiklar uchtasi xuasya podsholiklari emas edi: YAn, CHu va Sin.
    O‘rta podsholiklar qo‘shni xalqlar bilan doimiy aloqada bo‘lgan, bunda assimilyasiya va o‘zaro ta’sirning murakkab jarayoni ham borgan.
    CHunsyu davridagi podsholiklarda etakchi mavqe merosiy aslzodalarga tegishli edi. Yirik podsholiklarda asta-sekin markaziy siyosiy-ma’muriy tizim joriy etila boshlandi. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuch erkin dehqon-jamoachilar edi. Jamoalar orasida mulkiy tengsizlik jarayoni kuchaydi. Qarz uchun qullik paydo bo‘ldi.
    M.a. I ming yillik o‘rtalarida Xitoyning siyosiy xaritasi CHunsyuning boshlanish davriga ko‘ra o‘zgarib ketdi. 200 ga yaqin davlat birlashmalaridan 30 dan ozi qoldi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, temir eritishning o‘zlashtirilishi, hunarmandchilik va dehqonchilikning, sug‘orish tizimlari barpo etishning rivojlanish davri edi. Sin podsholigi tomonidan IV asr oxiri- III asr boshlarida yirik suv xo‘jalik tadbirlarining o‘tkazilishi bilan sug‘orma dehqonchilik uning ravnaqi garoviga aylandi.
    CHjango davrida qariyb yarim million aholiga savdo-hunarmandchilik shaharlari paydo bo‘ldi. Erga jamoa mulkchiligi tizimi tugadi. M.a.. 1000 yillik o‘rtalaridan erni sotish va olish huquqi bilan erga xususiy mulkchilik paydo bo‘ldi. Davlat er egalaridan er solig‘ini olishni joriy qildi, boy hunarmand-savdogarlar tabaqasi shakllandi.
    M.a. IV asrda ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarni barqaror holatga keltirish uchun ko‘pgina podsholiklarda islohotlar o‘tkaziladi. Ana shunday islohotlardan biri m.a. 350 yilda Sin podsholigida oliy amaldor SHan YAn tomonidan o‘tkaziladi. Mamlakat uezdlarga bo‘linadi, er sotib olishga ruxsat beriladi, o‘lchov birliklari unifikatsiya qilinadi, urug‘ zodagonlarning ayrim imtiyozlari bekor qilinadi. Ushbu islohotlardan so‘ng Sin qudratli davlatga aylandi. Ichki ziddiyatlardan foydalangan Sin vanlari butun Xitoyni birlashtirdilar. M.a. 221 yilda Sin so‘nggi mustaqil podsholik- SHandun orolidagi Si podsholigini bosib oldi. Sin vani In CHjen yangi “xuandi” - imperator unvonini oldi va tarixga Sin SHixuandi – “Sinning birinchi imperatori” sifatida kirdi. Sin poytaxti Syayan imperiya poytaxtiga aylandi.
    Sin SHixuandi shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta’minlash uchun misli ko‘rilmagan qurilish: minglab kilometr uzunlikdagi Buyuk Xitoy devorni bunyod qilishga kirishdi. Janubiy Koreya va SHimoliy Vetnamga borsqinchilik yurishlari uyushtirildi. Sin SHixuandi yakka hukmdor boshchiligidagi harbiy-ma’muriy imperiyani barpo etdi. Sinliklar unda imtiyozli o‘rin egalladi. Qonun bilan teng huquqli erkin fuqarolar uchun yagona bo‘lgan “qora boshlar” nomi joriy etildi.
    M.a. 210 yilda Sin SHixuandi vafotidan so‘ng boshlangan xalq qo‘zg‘oloni Sin sulolasini agdarib tashladi. Qo‘zg‘olon boshliqlaridan biri mayda amaldor Lyu Ban m.a 202 yilda «Xan imperatori» unvonini qabul qilib, Xan imperiyasiga asos soladi. Bu sulola Xitoyda eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Xan imperiyasi tarixi ikki davrga bo‘linadi: To‘ng‘ich Xan (m.a.202 yildan – milodiy 8 yilgacha) va Kichik Xan (milodiy 25-220 yillar) imperiyasi.
    Imperator U-Di (m.a. 140-87 yy) boshqaruvi yillari Xan imperiyasining eng gullab - yashanagan davri edi. U-Di markazlashtirish siyosatini olib boradi. Konfutsiylik davlatning yagona mafkurasi sifatida qabul qilingan. U-Di faol istilochilik siyosatini olib boradi. Xitoy Hindistonga boradigan yo‘lda YUanyan va Sichuanni, m.a. 108 yilda Koreya yarim orolidagi CHoson davlatini bosib oladi.
    U-Di shimolda ko‘chmanchi xunnlar hududini bosib olishga harakat qiladi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy O‘rta Osiyo bilan birinchi aloqalarni o‘rnatadi. U-di m.a 139 yilda o‘z elchisi CHjan Syanni O‘rta Osiyo («G‘arbiy o‘lka»)ga yuborgan, elchi o‘n yildan keyin Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg‘ona (Dovon), Baqtriya (Dasya) va Parfiya (Ansi) to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatadilar. Ana shu vaqtda Xitoy O‘rta Osiyodan uzum, loviya, beda, anor va yong‘oq daraxti, musiqa asboblari, idish-tovoqlarni o‘zlashtirib oladi. Keyinchalik Xitoy O‘rta Osiyodan budda dinini qabul qiladi.
    Imperator U–Dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida «oltin davr» deb hisoblandi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. M.a. II-I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yana og‘irlashadi, er va boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi. Milodiy asr boshlarida yillarida yirik amaldor Van Man (9-23 yy) imperator hokimiyatiga ega bo‘lib, er egaligi va quldorlik munosabatlarida islohot o‘tkazadi. Bu vaqtda dehqonlarning ersizlanishi kuchayib, katta-katta er maydonlari alohida qullarda to‘planib qolgan edi. Van Man barcha erlarni imperator mulki deb e’lon qilib, erni sotishni ta’qiqlaydi. Qul savdosi ham ta’qiqlanadi, ammo bu islohotlar amalga oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy hayoti tobora tushkunlikka yuz tuta boradi. 18 yilda boshlangan “Qizil qoshlilar” qo‘zg‘aloni tufayli Van Man halok bo‘ldi.
    Kichik Xan imperiyasi davridagi taraqqiyot zamirida chuqur ziddiyatlar yashirin edi. Imperiyadagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz sharoitida 184 yilda Qadimgi Xitoy tarixidagi eng yirik qo‘zg‘olon – “Sariq ro‘molliklar” qo‘zg‘oloni boshlanib ketdi. Qo‘zg‘olon bostirildi, ammo ichki ziddiyatlar tufayli zaiflashgan Xitoy 220 yilda uch mustaqil davlat Vey, SHu va U ga bo‘linib ketadi.
    Qadimgi Xitoy mifologiyasi to‘g‘risidagi manbalar asosan m.a. XI asrga oid. Bu afsonalar mazmuniga ko‘ra kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy konepsiya, bo‘linish va aylanish berilgan. Ulardan birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning boshlanishi YAn va qorong‘ulik (ayol) ning boshlanishi - In paydo bo‘lgan. Ikkinchi konsepsiya barcha mavjudotlarning paydo bo‘lishi bu transformatsiya natijasidir deb tushuntiradi.
    Tabiat kuchlari va ulardan odamlarni qutqargan qahramonlar to‘g‘risida afsonalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg‘oqchilik hodisalari afsonalarda ko‘p tilga olinadi.
    Qadimgi xitoyliklar u dunyo to‘g‘risidagi tushunchalarida erda mavjud bo‘lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Erda hokimiyat vanga tegishli, osmonda hamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. Di qudratli, u odamlarga marhamat qiladi yoki ularni baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg‘a qiladi, qurg‘oqchilik yuboradi, yomg‘ir va shamol Diga bog‘liq. Dining yaqinlarini Vanning vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning erdam berish to‘g‘risidagi iltimosini Diga etkazadi. Vanning oliy kohin sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunyosi o‘rtasida vositachi bo‘lgan o‘z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdir.
    II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko‘ra, birinchi budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida budda «Oq ot ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI asrlarga tegishlidir.
    Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari m.a. XIV-XI asrlarga oid fol ko‘rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko‘pchilik qismi buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yoki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko‘pgina tasvirlar qo‘shilmasi - ideogramma ko‘rinishidadir.
    In belgilarining hozirgi Xitoy ierogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko‘p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan belgini qatorning nisbiy yo‘nalishiga tomon harakati hali barqaror bo‘lmagan. In yozuvining m.a. I ming yillikda CHjoular tomonidan o‘zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo‘ymadi. M.a. II-I ming yilliklarda ierogliflarning mahalliy variantlari unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo bo‘ldi.
    Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog‘och yoki bambuk taxtachalariga yozilgan. Tushli mo‘yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. M.a. I ming yillikning o‘rtalarida ipak matoga ham yozilgan. YAngi era boshida qog‘oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog‘oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.
    CHjango davri an’anaviy ravishda Xitoy ma’naviy madaniyati tarixida klassik davr hisoblanadi. Manbalarda ta’kidlanganidek “YUz maktab raqobati” davri bo‘lgan bu davrda qadimgi Xitoyning asosiy ta’limotlari: konfutsiylik, legizm, daosizm vujudga keldi. Konfutsiy (Kun-size m.a. 551-479-yillar) ta’limoti bo‘yicha inson tabiatan ezgulik xislatiga ega va o‘z burchini sidqidildan o‘tashga tayyor. Konfutsiy barcha ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna hisoblaydi. Oilada kattalar kichiklarga g‘amxo‘rlik qiladilar va ularni tarbiyalaydilar, kichiklar ularni hurmat qiladilar va ularga bo‘ysunadilar. Davlatga xalq farzandlar o‘rnida, hukmdor ota o‘rnida bo‘ladi, hukmdor o‘z shaxsiy manfaati emas xalq farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi lozim.
    Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari m.a. XI-VI asrlarda jez ko‘zalardagi yozuvlarda etib kelgan. “Qo‘shiqlar kitobi” qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo‘limga bo‘lingan («Podsholik ahloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.
    Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan. Xitoy me’morchilik san’atida yog‘och asosiy xom-ashyo edi. Xan davrining noyob me’morchilik yodgorligi imperiya poytaxti CHanyan shahri 12 darvozali devor bilan o‘rab olingan. Ma’muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil rangda bo‘yalgan. Xan davrida portret san’ati yuksak darajada bo‘lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
    Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa, matematika rivojlangan. M.a. II asrda to‘qqiz kitobdan iborat «Matematika» traktati tuzildi. Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. M.a. 104-yilda bir yil 365 kunga tengligi hisoblab chiqildi va kalendar ishlab chiqildi. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi. M.a. III asrda Xitoy vrachlari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar, 280 davolash usulini qo‘llaganlar.


    4.3.. Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo‘lgan hind sivilizatsiyasi m.a. III ming yilliklardayoq, ibtidoiy-jamoa tuzumining emirilishi va sinfiy jamiyatning yuzaga kelishi davrida asosan Hindistonning shimoliy qismida, Hind daryosi vodiysida (hozir asosan Pokiston hududida, taxminan m.a. XXII-XVI asrlar) shakllana boshlagan.
    Qadimgi Hind sivilizatsiyasi tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:
    1. Eng qadimgi Hind sivilizatsiyasi. Bu davr taxminan m.a. XXIII-XVIII asrlar bilan belgilanadi. (Ilk shaharlarning paydo bo‘lishi).
    2. «Veda» davri. M.a. XIII-VII asrlar. SHimoliy Hindistonda ilk davlatlarning yuzaga kelishi.
    3. «Budda davri». M.a. VI-III asrlar. Bu davr buddaviylik dinining paydo bo‘lishi va tarqalishi, umumhind davlatining tashkil topishi bilan xarakterlanadi.
    4. «Klassik davr». M.a. II asrdan eramizning V asrigacha. Janubiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan davri.
    Hind daryosining g‘arbida m.a. VII-VI ming vujudga kelgan Moxenjodaro va Xarappa madaniyati m.a. 2 ming yillikning o‘rtalarida, Hind vodiysiga g‘arbdan rivojlanishda pastki pog‘onada turgan oriylar qabilalarining bostirib kirishi natijasida halok bo‘ldi.
    Ikkinchi davr bizga asosan Hindistonning qadimgi adabiy yodgorligi – “Veda” lar (m.a. 2 ming yillik) orqali ma’lum. «Veda davri» (m.a. XIII-VII asrlar) SHimoliy Hindistonda ilk davlatlarning tashkil topishi bilan xarakterlanadi. So‘nggi veda matnlari shakllangan paytda oriy qabilalari Hind-Gang tekisligining butun markaziy qismiga tarqalgan edi. “Rigveda” (hind-oriylarning vedalarining eng qadimgi qismi) yaratilgan davrida oriylarda sinfiy jamiyat va davlat hali shakllanmagan edi. Iqtisodiyotda yirik qoramolchilikka asoslangan chorvachilik rivojlangan, dehqonchilikka e’tibor berilmagan.
    Veda davrida avvalgidek yirik shaharlar qurilmagan. Odamlar katta bo‘lmagan manzillarda yashaganlar. Lekin qadimgi paytlardagidek, shaharda binolar rejalashtirish prinsipida joylashgan. Veda davri tasviriy va amaliy san’at namunalari bizgacha kam etib kelgan. Bular, asosan, loydan, oltindan ishlangan kichik hajmdagi haykallardir.
    Gang daryosining yuqori qismi, Gang va Jamna o‘rtasidagi erlardagi kechgan hayot “Maxabxarata” epik asarining syujetini tashkil qiladi. Ijtimoiy tashkilot qabila bo‘lgan, qabila boshlig‘i roja-harbiy boshliq va yo‘lboshchi sifatida o‘z qarindoshi va xizmatkorlariga tayangan. Qabila uch tabaqa: kohinlar, harbiylar va oddiy jamoachilarga bo‘lingan. Ilk veda davrida qulchilik mavjud bo‘lgan. Qadimda hindcha “dasa” - qulni bildirgan so‘z ko‘pgina veda madhiyalarida uchraydi. Asirlar qulga aylantirilgan.
    So‘nggi veda davrida iqtisodiyot, ijtimoiy siyosiy tuzumda keskin o‘zgarishlar yuz bergan. Dehqonchilik rivojlanib, Hind-Gang vodiysida keng dalalar o‘zlashtiriladi, daraxtning qattiq yog‘ochidan omoch yasay boshlanadi.
    M.a. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlaridaSHimoliy Hindistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti jamiyatning “kohinlar”, qabila harbiy zodagonlari-“kshatriylar”, to‘la huquqli xalq- “vayshilar” jamoaning pastki to‘la huquqli bo‘lmagan aholi qismi - “shudra” (qullar) kabi to‘rt qatlamini vujudga keltiradi. Har bir qatlam epik toifalar – varna (so‘zma-so‘z “nav”) ga aylanadi. Har bir varna (kasta) vakilining merosiy mavqei ularning mashg‘uloti va diniy majburiyatlarini belgilagan. Kohinlik va o‘qituvchilik majburiyati braxmanlarga, jang qilish va boshqarish kshatriylarga, vayshiylarga mehnat qilish, shudralarga uch oliy varnalarga so‘zsiz xizmat qilish majburiyati yuklatilgan. Bu toifaviy mavqe meros bo‘lib o‘tgan. M. a. VI-III asrlar, “Budda davri” da shimoliy Hindiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar to‘grisida arxeologik va yozma manbalar ayniqsa, budda manbalari boy ma’lumot beradi.
    Bu davrda shaharlar aholisining soni keskin oshadi. Tovar – pul munosabatlarining o‘sishi natijasida er. avv. I ming yillik o‘rtalarida tanga pul zarb qilina boshlaydi. Qishloqda oila etakchi o‘rin tutgan. Oila boshlig‘i ota er-chorvani oila nomidan boshqargan. Ayollar hurmat qilinsada, lekin mulk huquqiga ega bo‘lmaganlar. Patriarxal oilada bir necha avlod yashagan. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi mulkiy tengsizlikka olib kelgan. M.a. I ming yillik o‘rtalarida hokim (roja) lar davlat boshqaruvida shakllanayotgan ma’muriy apparat va xizmatga tortilayotgan aslzoda bo‘lmagan kishilarga tayanganlar. Hokim uchun asosiy tayanch kuch qo‘shin edi. Armiyada engil jang aravalari o‘rnini og‘ir kvadrigalar egallaydi, otliq qo‘shinlardan keng foydalanildi, jangovar fillardan qo‘shin tuzila boshlanadi.
    M.a. I ming yillik o‘rtalarida Hindistonda yirik davlatlar paydo bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligida alohida sulolalar, faqat ayrimlarida oligarxiya hukmron edi. Magadxa va Koshala Gang daryosining quyi oqimida, Gang va YAmun oralig‘ida Vatsa, Avanti davlatlari o‘rtasida etakchilik uchun kurash olib boradilar. M.a. IV asrda Magadxa davlati kuchli ta’sirga ega bo‘ladi va yuz yil o‘tgach u birinchi umumhind davlatiga asos soladi.
    SHimoliy Hindistonda Panjobdan to Bengaliyagacha bo‘lgan erlar Mauriya urug‘idan bo‘lgan Magadxalik zodagon CHandragupta (m.a. 317-yil hokimiyatni egallagan) tomonidan bo‘ysundiriladi. Uning vorisi davrida Mauriyalar hokimiyati Dekan hududigacha etib boradi. Ashoka (m.a. 264-231-yillar) davrida Mauriyalar davlati gullab-yashnaydi. Podsho hokimiyati poytaxtda oliy mansablarni egallagan zodagonlar va podsho qarindoshlaridan tuzilgan podsho kengashi bilan cheklangan. O‘z navbatida podsholar ham urug‘ zodagonlari kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga, ularni o‘z tarafdorlari bilan almashtirishga harakat qiladi.
    Hindistondagi barcha davlatlarning hukmdorlari noan’anaviy dinlarga, asosan budda diniga homiylik qilganlar. Mauriylar budda dini targ‘ibotiga jiddiy e’tibor berganlar. Turli mamlakatlarga budda g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun missionerlar yuborilgan. Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin aloqa bo‘lgan viloyatlarda budda ta’limoti tez qabul qilinadi. M.a. IV-III asrlarda sekin-asta umumhind davlati tashkil topa boshlaydi. Bu butun janubiy Osiyoning barcha hududlarining sivilizatsiyalashuvida muhim rol o‘ynagan. M.a. II asr boshlarida bu siyosiy birlashma parchalanib ketadi, lekin u to‘g‘risida xotira qoldi. Ashokia kapitelidagi to‘rt sher hozirgi kunda Hindiston Respublikasining milliy ramzi hisoblanadi. Madaniy birlik, davlat paydo bo‘ladi.
    Klassik davr (m.a. II asrdan- milodiy V asrgacha) boshlarida Maurilarning so‘nggi vakili hukmronligi tugab, shu vaqtdan mamlakatda uzoq siyosiy tushkunlik boshlandi. SHimoliy-g‘arbiy Hindistonda yunon-baqtriyaliklar paydo bo‘ldi va ular Gandxarada o‘rnashib qoldilar. M.a. I asrlarda sak qabilalari kirib kelib, shimoliy-g‘arbda bir necha davlatlarni barpo qiladilar. Sak podsholari o‘zlarini «buyuk podsholar podshosi» deb ataydilar. Yirik davlat birlashmalarida noiblik, satrapliklar joriy qilinib, hududlarda satrap (kshatrap) ancha mustaqil bo‘lgan.
    Eramizning boshlarida shimoliy–g‘arbiy Eronning ba’zi viloyatlari parfiyaliklarga bo‘ysundi. Eramizning I asrida Markaziy Osiyoda Kushon davlati etakchi rol o‘ynaydi. Kushonlar Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismida o‘rnashib oladilar.
    Eramizning IV-V asrlarida Magadha Gupta sulolasi hukmronligi ostida yana rivojlana boshladi. IVasr o‘rtalarida Samudragupta (335-380-yillar) davrida Magadxa qudratli davlatga aylanadi. Samudragupta SHimoliy Hindistonda unga yaqin davlatchalarni, Dekanda o‘n besh davlatchani tugatadi. Dekan viloyati g‘olibona yurishga qaramasdan Gupta davlati tarkibiga kirmaydi. CHandragupta II (380-445 yillar davrida) Gupta davlati gullab-yashnadi. Uning davri hind tarixining “oltin davri” hisoblanadi. Uning vorislari davrida o‘zaro urushlar kuchayib ketadi. O‘rta Osiyodan kelgan eftalitlar V asrda Gupta davlatini qulatdi. V asrda shimoliy Hindiston kichik davlatchalarga bo‘linib ketadi. Dekan mamlakatlari tarixida Satavaxan sulolasi alohida o‘rin tutadi. Eramizning ikkinchi asrida Satavaxanlar davlati o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Uning asosiy markazlari g‘arbiy Dekanda edi. III asrda bu davlat parchalanib ketadi.
    4.4. Ko‘p asrlar davomida taraqqiy qilib kelgan qadimgi hind madaniyati bir qator qo‘shni xalqlarning madaniy taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. O‘z navbatida Hindiston tasviriy san’ati va me’morchiligida (ayniqsa eramizning birinchi asrlarida) qadimgi YUnoniston san’ati, shuningdek O‘rta Osiyo mamlakatlari san’ati bilan bog‘liq qirralar ko‘zga tashlanadi. Hind madaniyatining yodgorliklari bo‘lgan Moxenjodaro va Xarappa xarobalaridan topilgan ko‘plab miqdordagi qattiq tosh, yumshoq steatit, fil suyagi va sopoldan qilingan muhrlarda muqaddas qayvonlarning suratlaridan tashqari yozuvlar o‘yib ishlangan. Hind yozuvining eng qadimgi asarlari SHimoliy Hindistonda urug‘chilik tuzumining emirilish davridan boshlab eng qadimgi quldorlik davlatlarining paydo bo‘lganiga qadar ilmiy bilimlarning paydo bo‘lishi va juda qadimgi shakllanishi jarayonini kuzatish imkonini beradi. Moxenjodaro va Xarappadan topilgan ieroglif yozuvlar shuni ko‘rsatadiki, m.a. 3 ming yilliklardayoq Hindistonda o‘ziga xos ravishda vujudga kelgan suratli yozuv mavjud bo‘lgan. Hindistonda alifbo-bo‘g‘inli yozuv m.a. 3 asrda tarqalgan. Kxaroshti yozuvidagi bitiklar shu davrga oid. Bu yozuv oromiy yozuvini qo‘llash negizida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ashoka yozuvlarining ko‘pi braxma yozuvining original qadimgi hind tizimida ko‘lamida yozilgan bo‘lib, bu yozuvdan devanagari, shuningdek, ko‘p sonli boshqa hind alifbolarining ancha keyingi tizimlari taraqqiy etgan.
    Moddiy madaniyat va san’at yodgorliklari asosida, Hind vodiysi aholisining diniy tasavvurlari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mumkin. Muhrlardagi tasvirlar bu erda yashagan aholining daraxtlar, hayvonlar, osmon jismlariga e’tiqod qilganidan guvohlik beradi. Ona ma’buda haykalchasi dinning dehqonchilik xususiyatini ko‘rsatadi. To‘rt hayvon qurshovida yog holatida turgan erkak ma’bud dunyoning to‘rt tomonini hukmdori deb qaraladi.
    Qadimgi Hindistonning ko‘pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. YOzma manbalar bizgacha juda ko‘plab etib kelgan. Sanskrit tilini o‘rganish qadimgi til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (m.a.IV asr) asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar (Rigveda” va boshqa Vedalar) ritual sharhlar, nasihatlar to‘plamidan iborat.
    Ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish uchun asosiy manba bo‘lib, diniy-ahloqiy majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari»), siyosat san’ati to‘g‘risidagi (“Artxashastra”), muhabbat to‘g‘risidagi (Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko‘p hollarda yarim afsonaviy qissalarda aks etadi. Yilnomalar eramizning I asrlarida Seylondagi budda ibodatxonalarida tuzilgan va boshqa asosan budda ta’limotiga oid siyosiy-xo‘jalik hujjatlari bo‘lgan. Davlat va xususiy arxivlar etib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po‘stloq yoki mato parchasi kabi mo‘rt asosda yozilgani uchun saqlanmagan. Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid o‘qish qiyin bo‘lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (m.a. III asr) yozuvlarigina etib kelgan. Ashoka ediktlari deb atalmish bu yozuvlar diniy-ahloqiy nasiqatlarni hamda buddizmning keng yoyilishini, shuningdek Ashokaning diniy faoliyatini tasvirlaydi.
    Bu erda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomlik san’ati bir-biri bilan uyg‘unlashgan holda rivoj topgan. Adabiy manbalarga ko‘ra m.av. birinchi ming yilliklarda, bu erda dastlabki davlat paydo bo‘lgan davrda shu davlatlarda ajoyib, hashamatli yog‘och me’morchiligi ravnaq topgan.
    Qadimgi Hindiston san’atining gullagan davri Ashoka imperatorligi davrida (er.av.272-232) sodir bo‘ldi. Ashoka hukmronlik qilgan davrda buddizm keng yoyildi. Bu din ibodatxonalar qurilishiga, tasviriy san’at namunalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Buddaga bag‘ishlangan me’morchilik kompozitsiyalarida qadimgi hind me’morchiligida mavjud an’analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti va faoliyati bilan qo‘shilib ketgan afsonalar o‘z ifodasini topdi. Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog‘och ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo‘lgan. YAna shuningdek, hind qadimiy obidalarini o‘rganish asosan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjodaro, Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan.
    Kundalik hayotda bo‘ladigan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi zamonlardayoq tabiatda bo‘ladigan turli hodisalarni tartibli suratda kuzatib borishga majbur etgan. Tibbiyot, astronomiya va matematika sohasidagi dastlabki bilimlar ana shu tariqa vujudga kelgan. Diniy-sehrgarlik dunyoqarashi hukmronlik qilgan davrda qadimgi SHarqdagi boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi, qadimgi hindlarda ham fanning boshlang‘ich shakllari diniy e’tiqodlar va tasavvurlar bilan chirmashib ketgan. SHuning uchun tibbiyot fani to‘g‘risidagi eng qadimgi ma’lumotlar diniy “Veda” to‘plamlarida, jumladan, “Rigveda”da madhiyalarida va “Atxarvaveda”da saqlanib qolganini ko‘ramiz. Qurbonliklar qilishning vaqtini aniqlash uchun osmon jismlarining harakatini kuzatish talab etilardi, bu astronomiya bilimlarining rivojlanishiga olib keldi. Murakkab mehroblar, diniy inshootlarning qurilishi esa geometriya fanining taraqqiyotida muhim omil bo‘ldi.
    Vaqt o‘tishi bilan qadimgi azayimxon, bxishaj (jinlarni quvlovchi) garchi o‘zining qadimgi nomini saqlab qolgan bo‘lsa-da, sekin-asta tabibga aylanadi. Vedalar tuzilayotgan davrdayoq hind tabiblari anatomiyadan bir qadar xabardor bo‘lganlar va ba’zi anatomik atamalarni qo‘llaganlar. Hali primitiv bo‘lgan bu meditsinaning taraqqiy eta borishi bilan, tabiblikning ba’zi bir ixtisoslari, chunonchi, ichki kasalliklarni, ko‘z kasalliklarini davolash, jarrohlik paydo bo‘ladi. Meditsina bilimlarining to‘plana borishi eramiz boshlarida meditsina sohasida dastlabki traktatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Eramizgacha bo‘lgan VIII-VII asrlarda Hindistonda Lokayati (faqat shu lokayani tan oluvchi kishilarning qarashlari) falsafiy ta’limoti shakllana boshlaydi. Bu ta’limot asoschisi Brixaspati va uning izdoshlari erdan boshqa tarzda hayotning bo‘lishi mumkin emas, degan fikrni olg‘a surdilar.
    CHarveka nomi bilan ataladigan qadimgi hind falsafiy oqimi tarafdorlari esa, dunyoni tabiat hodisalarini qanday bo‘lsa o‘shanday tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari surgan edilar.
    Ular nuqtai nazaricha, butun olam olov, suv, havo, tuproq yigindisidan iborat, inson ham ana shu to‘rt unsur birikmasidan tashkil topgan. CHarvekalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning zaminida moddiy elementlar birikishi yotadi, deb hisoblaydilar. Hind xalqlari fan sohasida ham ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Masalan, matematika, astronomiya fanlari bo‘yicha V asrda mashhur olim Ar’iyabxattaxa harakatning nisbiyligi asosida erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida aylanishini faraz qiladi. Matematikada nolning kiritilishi, arab raqamlari deb aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi.Hindlar yuqori nav po‘lat ishlashni o‘zlashtiradilar. Metall san’atining noyob namunasi sifatida Sandra temir ustuni (o‘tgan bir yarim ming yil davomida bu temir ustunda biror zang paydo bo‘lmagan, bu yodgorlik hozirgacha etib kelgan).
    Download 59.06 Kb.




    Download 59.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Mavzu: Xitoy va Hindiston sivilizatsiyasi (2 soat) Reja

    Download 59.06 Kb.