3
1
Matnlarni kiritish va tahrir qilish;
2
Matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko’zdan kechirish;
3
Hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash ;
4
Formatlash usullaridan foydalanish ;
5
Xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;
6
Blankalarni tayyorlash ;
7
Jadvallar bilan ishlash;
8
Zarur holda yordamchi ko’rsatma berish;
9
Formulalar yozish;
10
Imloni tekshirish;
11
So’zlarni bo’g’inlab ko’chirish;
12
Windows ilovalari ma’lumotlaridan foydalanish;
13
Word Art yordamida reklamali matnlar tayyorlash;
14
Diagrammalar va grafiklar, rasmlar va hokazolar chizish.
Matn muharrirlarida matnli hujjatlarni yaratish va
tahrirlash usullarini Microsoft Word 2013 varianti orqali bayon etamiz (word
so’zi inglizchadan o’zbekchaga ― “so’z” degan ma’noni beradi).
Microsoft Word 2013 dasturini ishga tushurishning quyidagi ikki usulini ko’rib chiqamiz.
1.
“Пуск” → “Все программы” → “Microsoft Office 2013” → “Word 2013” va Enter tugmasi bosiladi.
2.
Ish stoli (Рабочий стол) dan “Контекстное меню” → “Cоздать” → “Документ Microsoft Word”
obyekti
tanlanadi va ishga tushuriladi.
Microsoft Word 2013 dasturini ishga tushurgandan keyin foydalanuvchiga quyidagi ishchi oyna hosil bo’ladi.
4
6- rasm. Microsoft Word 2013 dasturining ko’rinishi
Yangi elektron hujjatga matn kiritishdan avval quyidagilarga e’tibor berish kerak:
✓
Toza varaq (list) ni ishga tushurish (MS Word dasturi ishga tushurilgandan keyin u tayyor bo’ladi);
✓
Tilni tanlash (Английский (США), Русский (Россия), Узбекский, криллица (Узбекистан)) [SHIFT]+[ALT];
✓
Shirift o’lchamini tanlash;
✓
Shirift ko’rinishini tanlash;
✓
Hujjat chegaralarini sozlash;
✓
Qator oralig’ini sozlash;
✓
Hujjatni (“Файл”→ “Сохранит как…”), yo’li orqali to’liq nomi va manzilini ko’rsatish.Microsoft Word 2013
dasturi matn muharrirlarining oldingi variantlaridan foydalanuvchilar uchun ancha qulay. Sababi endi matnlar
ustida bajariladigan
amallarni menyu bo’yicha qidirish uchun vaqt sarflanmaydi. Chunki wordda lentalarda hamma amallar ochib berilgan va aniq
bo’limlarga bo’lingan.
Word oynasi 4 qismdan, sarlavha, lentalar, ishchi maydon, holat satridan iboratdir.